O’zbekiston banklarida avtokreditlar foizlari qanday
O’zbekiston banklarida avtokreditlar foizlari qanday
DO`STLARGA ULASHING:
O’zbekiston banklarida avtokreditlar foizlari qanday va kredit hisoblash turlaridan qaysi biri qulayroq?
24-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 5 ta bank: Ziraat bank, Kapitalbank, Mikrokreditbank, O‘zmilliybank va Turonbank boshqa banklarga qaraganda kam foizli avtokreditlarni taklif qilmoqda.
O’zbekistonda avto kreditlar foyizlari o’tgan yilgiga qaraganda bu yil ancha ko’tarildi. Quyida biz avtokreditlarning foizlari bilan tanishib chiqamiz:
Aloqa bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 50%
Foizi — 26%
Muddati — 12 oyAsia alliance bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 27%
Muddati — 36 oyAJ Ziraat bank Uzbekiston:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi 23-24-25%
Muddati — 12-24-36 oyInfin bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 25%
Foizi — 26,99%
Muddati — 24 oyIpak yo‘li banki:
Boshlang‘ich to‘lov — 36%
Foizi — 26,9%
Muddati — 48 oyIpoteka bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 26%
Muddati — 36 oyKapitalbank:
Boshlang‘ich to‘lov — o‘zgaruvchi
Foizi — 23%
Muddati — 12 oyMikrokreditbank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 23-24-25%
Muddati — 12-24-36 oyOrient finance bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30-40%
Foizi — 26,9-25,9%
Muddati — 36 oyO‘zmilliybank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30-40-50%
Foizi — 19-24%
Muddati — 36 oyTenge bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50%
Foizi — 24-25%
Muddati — 48 oyTuronbank:
Boshlang‘ich to‘lov — 25%
Foizi — 23%
Muddati — 36 oyHamkorbank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 26-28%
Muddati — 24-36 oyXalq banki:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 27-28-29%
Muddati — 12-24-36 oyAksariyat tijorat banklarida avtokreditlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar uchun avtosalon shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi va kredit oluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lishi, «salbiy» kredit tarixiga ega bo‘lmasligi lozim.
Misol uchun 95 mln 768 ming so’m turadigan Cobalt avtomobilini O’zmilliy bankdan 2 yilga boshlang’ich to’lov 50% asosida olsak 22% li kredit ajratilar ekan.
Demak:
Oddiy hisoblash turi asosida: 3 oylik imtiyoz davrda 877 ming 873 so’m to’lasak, qolgan oylarda pasayish tartibida 2 mln 871 ming so’mdan 3 mln 116 ming so’mgacha to’lanadi. Bankning umumiy foydasi 12 mln 290 ming so’mni tashkil etadi.Annautiet hisoblash turi asosida: 3 oylik imtiyoz davrda 877 ming 873 so’m to’lasak, qolgan oylarda birxil tartibida 2 mln 767 ming 808 so’mdan to’lanadi. Bankning umumiy foydasi 12 mln 874 ming so’m bo’ladi.
Yuqoridan ma’lumki banklar kredit hisoblash turiga qarab foydasi ko’payishi yoki kamayishi mumkin.
Manba: review.uz
O’zbekiston banklarida avtokreditlar foizlari qanday