O‘zbek xalq milliy amaliy-bezak san’ati haqida to’liq ma’lumot oling
O‘zbek xalq milliy amaliy-bezak san’ati
O‘zbekiston xalq san’ati va amaliy bezak san’ati mustaqillik yillarida erkin rivojlanish palatasiga kirdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan san’atning ushbu yo‘nalishlariga e’tibor kuchaytirildi. Jumladan, milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atining ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan madad ko‘rsatish maqsadida 1997-yil 31-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi. Unga muvofiq xonadon sharoitida badiiy hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar 5yil mobaynida davlat solig‘i to‘lashdan ozod qilindi. Shuningdek, bunday shaxslar o‘z mahsulotlarining narxlarini iste’mol bozoridagi talab va takliflardan kelib chiqqan holda mustaqil belgilashlari, bunday buyumlar respublikadan tashqarida satilishi chog‘ida ulardan olinadigan boj haqqi bekor qilinishi va boshqa vazifalar belgilab qo‘yildi. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” unvoni tasis etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2008-yil 1- aprelda qavul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishni rag‘barlantirishga oid qo‘shimcha chora –tadbiri to‘g‘risida”gi farmonlariga binoan xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy bezak buyumlarini xonadon sharoitida ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 2010-yilning 1- apreligacha ozod etildi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida xalq san’atining o‘ziga xos markazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq san’atining ramzi bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan kulolchilik ( sirkor va guldor, sopol buyumlar), yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va haykaltaroshlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholchado‘zlik va chitgarlik, zargarlik san’ati, charmga bezak tushirish san’ati, lokli miniatura hamda kitob miniaturasi hozir ham mavjud. Zangori- lojuvard, cho‘g‘dek, qip qizil sopol ko‘zalar, laganlar, yog‘ochdan o‘ymakori va naqshinkori qilib yasalgan milliy xontaxtalar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, miniaturalar, marg‘ilonlik, xivalik, toshkentlik ustalar tomonidan qizil misdan yoki tillarang jezdan yasalgan, qimmatbaho metaldek yarqirab, shakli nafis hamda naqshinkorligi bilan ajralib turuvchi buyumlar va ayniqsa qandakori idishlar mehmon bo‘lib kelgan turistlar e’tiborini tortgan. Ustalarimiz yaratga nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, “Temir xonim”—Margarert Tetcherga, Indira va Rajiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko‘plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan.
“Musavvir” xalq san’atini ilmiy ishlab chiqarish markazi, “Nigoriston” Respublika xalq san’ati firmasi mutaxassislarining ko‘p yillik g‘ayrat shijoati natijasida O‘zbekiston ko‘hna san’atining o‘ttizdan ziyod turi qayta aniqlandi. Unutilgan kandakorlik sanati milliy zargarlik buyumlarini tayyorlash qayta rivojlantirildi. Kulolchilikda shisha hamda sirkorlik bilan bog‘liq sohalarida foydalaniladigan pishiq-puxta bo‘yoqlarni mahalliy resurslardan tayyorlash texnologiyasi ham aniqlandi.
manba:komilaxon.blogspot.com
Malumotlar
O‘zbek xalq milliy amaliy-bezak san’ati