O’zbek xalq maqollari kitobidan kasb hunarga oid atamalar
Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
O’zbek xalq maqollari O’ZBEK XALQ MAQOLLARI
Til, falsafa va badiiy ijodning o’ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo’lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko’rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko’p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, O’zi va O’zligi to’la namoyon bo’lgandir. Shuning uchun ham maqollar g’oyatda keng tarqalgan bo’lib, asrlar davomida jonli so’zlashuv va o’zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo’llanilib kelgan va qo’llanmoqda. Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining — jonli muomalada, tilda mavjudlarining ma’no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning muayyan qismi unutilib ketgan. Chunki o’zbek xalqining bunday ulkan folklor merosi folkloristik nuqtayi nazardan keyingi asrlargacha deyarli to’planmay va o’rganilmay kelgan. Bundan xalq maqollari o’tmish adiblari, shoirlari, tarixchilari e’tiboridan mutlaqo chetda ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so’z san’atkorlarining diqqat markazida bo’lgan. Qodiriy, Oybek, G’afur G’ulom va boshqa o’nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o’rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba’zan aynan, ba’zan o’zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Tariximizda hatto maqolga maxsus, agar ta’bir joiz bo’lsa, folkloristik nuqtayi nazardan, garchi epizodik xarakterda bo’lsa-da, munosabatda bo’lingan hollarga ham duch kelamiz. XI asrning ulkan tilshunos olimi, folklorshunos va etnograf Mahmud Koshg’ariyning to’plovchilik faoliyati va uning «Devoni lug’otit turk» asari bunga yorqin misol bo’la oladi. «Devon»da turli munosabatlar bilan turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan 400 ga yaqin maqol va matallar ham keltiriladiki, ularning aksariyati bugun ham ayrim o’zgarishlar bilan tilimizda muvaffaqiyatli ravishda ishlatilmoqda. Bu o’rinda adabiyotimiz tarixida maqollar asosida yaratilgan asarlar ham mavjudligini ta’kidlab o’tish zarur. Masalan, Muhammad Sharif Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari tarkibida 300 dan ortiq
Read Full Text Download PDF
Read Full Text Download PDF
O’zbek xalq maqollari kitobidan kasb hunarga oid atamalar
Avval bil, keyin qil.
Avval o’rgan, keyin o’rgat.
Avom tabib — ofati jon.
Avrasang, oqil bo’lar,
Bovrasang, botir bo’lar.
Aql ko’pga yetkazar,
Hunar — ko’kka.
Barakat — mag’izda,
Hunarli qo’l — og’izda.
Baxt belgisi — bilim.
Behunaming hunari — yalqovlik.
Bilagi zo’r birni yiqar,
Bilimi zo’r — mingni.
Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.
Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmog’in tishlar.
Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.
Bilgan o’zar,
Bilmagan to’zar.
Bilgan o’qir,
Bilmagan to’qir.
Bildirish uchun bihsh kerak.
Bilim — aql chirog’i.
Bilim baxt keltirar.
Bilim — davlatdan qimmat.
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
BilimJi — olim.
Bilimsiz — zohm.
Bilimliga dunyo yorug’,
Bilimsizga — qorong’u.
Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.
Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.
Bilimsiz kishiga ish yo’q,
Ilmsiz kishiga osh yo’q.
Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.
Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.
Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.
Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
To’g’ri ishni qilgan yaxshi.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Bilmaganning bilagi tolmas.
Bilmas tabib jon olar.
Bilmasang, bilgandan so’ra.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Bir yigitga qirq hunar oz.
Bol tutgan barmog’ini yalar,
Hunari bor — ermagini.
Go’zallik — ilm-u ma’rifatda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Didli yigit — ilmli yigit.
Dorboz dordan o’lar,
Morboz — mordan.
Joni borning g’ami bor,
Kasbi-kori nomi bor.
Zehn qo’ysa, ong qo’nar,
Hunar ortsa, ish unar.
Zehn qo’ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.
Ilm — aql bulog’i,
Aql — yashash chirog’i.
Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.
Ilm — yorug’lik,
Jaholat — zuimat.
Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.
Ilm istasang, takror qil.
Ilm ko’p, umr oz,
Keragini o’qi.
Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Ilm olishning erta-kechi yo’q.
Ilm topmay, maqtanma.
Ilm — tubsiz quduq.
Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — do’st,
bilmaganga — yov.
Ilm o’lchovi — aql,
Zehn o’lchovi — naql.
Ilm qog’oz qatida emas, miya qatida.
Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo’qni bosh dema.
Ilmi yo’qning ko’zi yumuq.
Ilmli odam — ilikli suyak.
Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.
Ilmli uy — charog’on,
Ilmsiz uy — zimiston.
Ilmlining so’zi — o’q.
Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas.
limning avvali achchiq,
So’ngi — totli.
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.
Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgo’y gap tashir.
Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
Ilmsiz kishi o’limga yaqin.
Ilmsiz olim — to’qimsiz eshak.
Ilmsizga ishonch yo’q,
Hunarsizga quvonch yo’q.
Ilm-u hikmat suvni yondirar.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
Imoni yo’qning burdi yo’q.
Yigit husni — hunar.
Kasbning yomoni yo’q.
Kitob — aql qayrog’i.
Kitob ko’rmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.
Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
Ko’rib bilish yaqinni,
O’qib bilish uzoqni.
Meros moli to’zadi,
Merosli hunar o’zadi.
Miltiq ko’targan bilan ovchi bo’lmas,
Dag’dag’a solgan bilan — dovchi.
Mulla bilganin o’qir,
Bo’zchi bilganin to’qir.
Mulla bilganin o’qir,
Tovuq ko’rganin cho’qir.
Mulla bo’lsang, takror qil,
Dehqon bo’lsang, shudgor qil.
Ogohlikni ko’rdan o’rgan,
Donolikni — ilmdan.
Oz-oz o’rganib usta bo’lur.
Ozdan yig’ilib daryo bo’lar,
So’rab-so’rab dono bo’lar.
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
Ota kasbi — davlat kasbi.
Ota hunari — bolaga meros.
Otolmagan yoy tanlar.
Otolmagan ovchi yoyidan ko’rar.
Piligi yo’q chiroq yonmas,
Biligi yo’q yigit yaramas.
Piling kuchli bo’lguncha,
Biliming kuchli bo’lsin.
Poxoldan somon chiqmas,
Qo’poldan olim chiqmas.
Sa’va ishi — sayramoq,
Ho’kiz ishi — xirmon yanchmoq.
Tasbeh ag’darganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail cho’pon emas.
Tekin boylik axtarguncha,
O’zingga bop hunar top.
Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi — sinovda.
Tikansiz gul bo’lmas,
Mashaqqatsiz — hunar.
Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.
Til bilgan yo’lda qolmas.
Usta, ishni qilar puxta.
Usta ko’rmagan shogird
Har maqomga yo’ig’alar.
Ustadan shogird o’zar.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — po’choq.
Ustoz ko’rgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchishga qanot kerak,
O’qishga — toqat.
Uchqundan qo’rqqan temirchi bo’lmas.
Uquvsiz ishboshi bo’lsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.
Chalasavod — chirik rabot.
Chechanning — tili,
Chevarning — qo’li.
Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ysin.
Shayxning hunari bo’lmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan o’tmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Shogirding oqil bo’lsa, boshingda toj,
Shogirding erka bo’lsa, boshga tayoq.
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
Er yigit deb kim aytar,
Yovda yalov yiqmasa.
Chechanhgin kim maqtar,
Dovda uni chiqmasa.
Er ko’rki — bilik,
Suyak ko’rki — ilik.
Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to’la bil.
Yuzga kirsang, yuz yil o’qi.
Yuzga kirsang ham, hunar o’rgan.
Yuziga qarama, bilimiga qara.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Yaxshi bilsang ishingni,
Yaxshilar silar boshingni.
O’lmagan — qo’shiqchi,
Erinmagan — eshikchi.
O’nga olgin, birga sot,
Oting chiqsin savdogar.
O’rganish — bir hunar,
O’rgatish — ikki hunar.
O’rdak bo’lmay, g’oz bo’l,
Bilim olib, soz bo’l.
O’qigan — guliston,
O’qimagan — go’riston.
O’qigan — yorug’,
O’qimagan — choriq.
O’qigan — olim,
O’qimagan — o’ziga zolim.
O’qigan o’qdan oshar,
Nodon turtkidan shoshar.
O’qigan o’qigan emas,
Uqqan — o’qigan.
O’qigan o’g’il otadan ulug’.
O’qiganning oshi — pishirig’lik.
O’qiganning oshig’i — olchi.
O’qiganning tili — ikki.
O’qimagan shu damda,
Turtinar har qadamda.
O’qimagan — yalang oyoq,
Baayni bir quruq tayoq.
O’qimay mulla bo’lgan,
Cho’qimay qarg’a bo’lar.
O’qish boshqa, uqish boshqa.
O’qish — jafoli, keti — vafoli.
O’qish yaxshi,
Uqish undan ham yaxshi.
O’quvi bor ulg’ayar,
Uquvi yo’q sarg’ayar.
Qadam qo’y asta-asta,
Qadam yetguncha ilm ista.
Qaig’aning hunari bo’lsa, tezak yemasdi.
Qattiq baqirgan bilan qo’shiqchi bo’lmas.
Qiz bilagini shimarar,
Turli ipakhimarar.
Qizning ko’rki — noz,
Yigitning ko’rki — hunar.
Qirsiz yer bo’lmas,
Hunarsiz — er.
Quyma aql bo’lmasa,
Turtma aql hech bo’lar.
Qunt bilan o’rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Qo’yingni qassobga so’ydir,
O’likni murdasho’ga yuvdir.
Qo’yni qassob so’ysin,
Oshni oshpaz pishirsin.
Qo’li hunarsiz — non gadoyi.
Har ish o’z ustasidan qo’rqar.
Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Har kasbning o’z gashti bor.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,
Madrasaga borib tuproq yalamoq.
Har kimning kasbi — o’ziga.
Har hunarning o’z siri bor,
Har ishning o’z yeri bor.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Hunar — bir, pardoz — qirq.
Hunar bo’lsa qo’lingda,
Non topilar yo’lingda.
Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Hunar oshxo’rga osh berar,
Nonxo’rga — non.
Hunar — oqar buloq,
Ilm — yonar chiroq.
Hunar tagida hunar bor.
Hunar — tuganmas xazina.
Hunar to’yg’izar,
Ot mindirib, to’n kiygizar.
Hunar, hunardan unar.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Hunari yo’q kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Hunari yo’q kishining,
Mazasi yo’q ishining.
Hunari yo’q erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Hunarli kishi och qolmas.
Hunarli moy oshar,
Hunarsiz loy oshar.
Hunarli er xor bo’lmas,
Do’st-dushmanga zor bo’lmas.
Hunarli o’lmas,
Hunarsiz kun ko’rmas.
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
Hunarmandning noni — butun.
Hunarni o’rgan,
O’rganda, chiran.
Hunarni o’rganib qo’ysang,
Sendan osh-non tilamaydi.
Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining — bichimi.
O’zbek xalq maqollari kitobidan kasb hunarga oid atamalar
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
O‘zbek xalq maqollari
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Qog’ozli kitob
Сотувчи – KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26, +998 90 976-99-88
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Mundarija
- Fikr va mulohazalar
Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifi, axloqiy-estetik va falsafi qarashlari, qisqasi, O‘zi va O‘zligi to‘la namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va qo‘llanmoqda.
Maqollar to‘plami bir zabt bilan o‘qib chiqiladigan asar emas. Unga barcha soha kishilari turli munosabat bilan har doim, har kuni murojaat qilishlari mumkin. Ana shunda to‘plam unga murojaat qiluvchilarning biror-bir hojatini chiqara olsa, tuzuvchilar o‘z maqsadlariga erishgan bo‘ladilar.
SO‘ ZDAN SO‘ ZNING FARQI BOR . 3
Vatan va vatanparvarlik . 11
Jamoatchilik va xudbinlik . 15
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik . 26
Halollik va tekinxo‘rlik . 48
To‘g‘rilik va egrilik . 53
Yaxshilik va yomonlik . 62
Yaxshi so‘z va yomon so‘z . 93
Adolat, insof va insofsizlik . 105
Do‘stlik va dushmanlik . 111
Tinchlik va notinchlik. 122
Botirlik va qo‘rqoqlik . 125
Tenglik va tengsizlik . 134
Donolik va nodonlik . 141
Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik . 160
Mardlik va nomardlik . 172
Tarbiya va odat . 180
Odob va odobsizlik . 186
Mehmon va mehmondo‘stlik . 192
Saxiylik va baxillik . 196
Go‘zallik va xunuklik . 205
Kamtarlik va manmanlik . 211
Baxt, omad va omadsizlik . 224
Epchillik va noshudlik . 232
To‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik . 241
Sabr-qanoat va sabrsizlik . 248
Mehr-oqibat va oqibatsizlik . 258
Qadr-qimmat va qadrsizlik . 263
Muhabbat va bevafolik . 277
Oila va qo‘shnichilik . 285
Qarindosh-urug‘chilik va begonalik . 301
Farzand va befarzandlik . 312
Tajribakorlik va kaltabinlik . 312
Tamagirlik va ochko‘zlik . 332
Umid va umidsizlik . 341
Ishonch va ishonchsizlik . 346
Erk va erksizlik . 356
Barqarorlik va beqarorlik . 353
Ahillik va noahillik . 357
Or-nomus va nomussizlik . 366
G‘urur va xushomad . 373
Samimiylik va nosamimiylik . 374
Andisha va andishasizlik . 377
Farosat va farosatsizlik . 381
Sabab, bahona va natija . 396
Samaradorlik va besamarlik . 401
Rizq-nasiba va benasiblik . 406
Tejamkorlik va isrofgarchilik . 415
Naqd va nasiya . 420
Ehtiyoj va zaruriyat . 424
Reja va rejasizlik . 430
Me’yor va me’yorsizlik . 433
Qudrat va ojizlik . 437
Foyda va zarar . 444
Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik . 453
Taqdir va tadbir . 455
Vaqt va fursat qadri . 461
Imkon va imkonsizlik . 466
Farovonlik va yetishmovchilik . 477
Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik . 485
Qiziqarli malumotlar
O’zbek xalq maqollari kitobidan kasb hunarga oid atamalar