O‘zbegimning qizlari
O‘zbegimning qizlari Oydin Abdullayeva musiqasi Gulzorlar ko‘p, chaman ko‘p, Shamshod, sarvu suman ko‘p. Boshqa bog‘ning bormi xo‘p, Nilufar, Nargizlari. O‘zbegimning qizlari. Bibixonim zehnidan, Mohlaroyim mehridan, Uvaysiz so‘z sehridan Suv ichgan ildizlari – O‘zbegimning qizlari. NAQORAT: Dil sofligi zilolda, Bunday ko‘rk yo‘q hilolda. Sadoqatu kamolda Zulfiyaning izlari – O‘zbegimning qizlari. Qarang qalb dunyosiga, Andisha hayosiga. Teng bo‘lmas ziyosiga Falakning yulduzlari – O‘zbegimning qizlari. Bibixonim zehnidan, Mohlaroyim mehridan, Uvaysiz so‘z sehridan Suv ichgan ildizlari – O‘zbegimning qizlari. NAQORAT: Dil sofligi zilolda, Bunday ko‘rk yo‘q hilolda. Sadoqatu kamolda Zulfiyaning izlari – O‘zbegimning qizlari.O‘zbegimning qizlari
DO`STLARGA ULASHING:
Iqbol Mirzo she’ri
O‘zbegimning qizlari