OYTOSH
OYTOSH — dala shpatlari guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K2OAl2O3-6SiO2. Qattikligi 6, zichligi 2,6 g/sm1. Koʻpincha yarim shaffof (oydek tovlanadi — nomi shundan) koʻkim-tir Oytosh uchraydi. Kristallari prizmatik, tabletkasimon donador agregatlardan iborat. Oytosh kvars slyuda, nodir mine-rallar (topaz, turmalin) bilan birga (pegmatit yoki alp tipli tomirlarida) uchraydi. Shri Lanka, RF (Kareliya, Ural togʻlari oʻrta qismi)da Oytoshning sifat turlari bor. O. qimmatbaho va bezak buyumlar yasashda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
OYTOSH