Oyoqlarning yoqimsiz hidini yo’qotish to’liq malumot oling
Oyoqlarning yoqimsiz hidini yo’qotish
Bakteriyalar uchun ozuqa muhitini yo’qoting.
Yoqimsiz hid chiqaradigan bakteriyalarning aksariyati tirnoqlar ostida va terining qattiqlashgan qismlarida joylashadi. Oyoqlarni yuvganda ularning ostini pemza bilan ishqalashni, shuningdek tirnoqlar tozalagiga amal qilishni unutmang va ularni kalta qilib kesing.
Oyoqlarni yuvgandan so’ng, barmoqlar orasini yaxshilab arting.
Podologlar dush qabul qilgandan keyin oyoqlarni shunchaki artishni emas, balki barmoqlar orasini ham artishni tavsiya qiladilar, chunki u yerda qolgan namlik zamburug’ rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oyoqlaringiz uchun choy damlang.
Choy barglarida mavjud oshlovchi moddalar bakteriyalarni yo’qotib, terlashni kamaytiradi. Oyoqlar uchun choyli vannalarni har kuni qilish mumkin. 1 litr qaynoq suvga 3 choy qoshiq choyni damlang. 2 litr sovuq suv bilan aralashtiring. Oyoqlarni bu aralashmada 15-30 daqiqa tuting.
Paypoqlar ichini o’girib yuving.
Bu usul matoni teri parchalari va bakteriyalardan yaxshilab tozalash imkonini beradi. Tabiiyki, paypoqlar materiali ham sintetik bo’lmasligi kerak.
Uyda yalang oyoq yuring yoki ko’chaga kiyiladigan paypoqlarni yeching.
Yurganda paypoqlar poldagi bakteriyalar yig’ib oladi. Ular poyabzalning nam muhitiga tushgach, ko’paya boshlaydi.
Antiperspiratndan oyoqlar uchun ham foydalaning.
Antiperspirantlar tarkibidagi kimyoviy moddalar ter ajralishini kamaytirishga yordam beradi. Uni kechqurun dush qabul qilgandan so’ng, quruq teriga surting. Shifokor bilan maslahatlashing Agar yoqimsiz hiddan tashqari, qichishish va teri ko’chishi paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qiling. Bu alomatlar kesuvchi temiratki, infeksiyali yallig’lanish, mikoz (parazit zamburug’lar tufayli paydo bo’ladigan kasallik) kabi xastaliklardan darak berishi mumkin.
Yoqimsiz hidli poyabzalni dezinfeksiya qiling.
Poyabzalni tashqaridan yaxshilab yuving. Bog’lamlar va pataklarini xlorgeksidin (antiseptik) eritmasida iviting. Xlorgeksidinga botirilgan paxtali tampon bilan poyabzalning ichki yuzasini arting.
Poyabzalni quruqlikda tuting.
Albatta, muntazam ravishda alishtirish uchun mavsumga mos 2 juft poyabzal bo’lgani ma’qul. Biroq, ikkinchi juft bo’lmasayu, botinkalar xo’l tortgan bo’lsa, eski sinalgan usul – g’ijimlangan gazeta varaqlari foyda beradi. Ularni poyabzal ichiga qo’ying va tun davomida gazeta jami namlikni singdirib oladi. Shuningdek, elektr quritgichdan ham foydalanish mumkin.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Boshqa mavzular
Oyoqlarning yoqimsiz hidini yo’qotish