Oyoqlarni asrang! Qulay hamda zamonaviy bo‘lishi uchun qanday poyabzal tanlash kerak? (foto)

Oyoqlarni asrang! Qulay hamda zamonaviy bo‘lishi uchun qanday poyabzal tanlash kerak? (foto)

Barmoqlarning joylashuvi

Yassi oyoq

Yassi oyoq — oyoq panjasi gumbazining yalpayib, tekis boʻlib qolishi. Oyoq boʻyiga yoki eniga yassi boʻlishi mumkin, goho har ikkisi birga uchraydi. Oyoq eniga yassi boʻlsa, uning tagi eniga yalpayadi, ogʻirlik esa oyoqning 1 va 5 barmoqlariga tushmay, barmoq tagiga, kaft suyaklarining boshchasiga tushadi. Oyoq boʻyiga qarab yassi boʻlsa, uning tagi yerga bir tekis tegib turadi. Oyoq yassiligi tugʻma (juda kam) yoki hayotda orttirilgan boʻladi. Hayotda orttirilgani koʻproq uchraydi. Asosan oyoq panjasi muskulboylam apparatining zaiflashishi (mas, raxit yoki haddan tashqari zoʻr kelishi oqibatida), poyabzalning noqulay boʻlishi, maymoqlik, oyoq shikastlanishi yoki falajlanishi (koʻpincha poliomiyelitda) sabab boʻladi. Baʼzan kasallik ish kunining koʻp qismini oyoqda tik turib oʻtkazadigan kishilar (sartaroshlar, sotuvchilar va boshqalar)da paydo boʻladi. Kasallikning dastlabki belgisi: oyoq tez toliqadi, tagi ogʻriydi, boldir, son sohasida ham ogʻriq seziladi; keyinchalik ogʻriq tizza boʻgʻimlari va belga ham tarqaladi. Kechqurunga borib oyoq shishadi, kechasi shish qaytadi. Oyoq juda yassi boʻlsa, oyoq panjasi uzun, oʻrta qismi esa serbar tortadi.

YA.o. kishilar oyogʻini kerib, tizza va chanoqson boʻgʻimini sal bukib, qoʻllarni silkib yurishadi, ularda koʻproq poyabzalning poshnasi va tagcharmi (ichki yuzasi) yeyiladi. Yassi oyoqning oldini olishda poyabzalning oddiy va qulay boʻlishi (siqmasligi, poshnasi juda baland boʻlmasligi) nihoyatda muhim.

Bolalarda uchraydigan Yassi oyoqning oldini olish uchun ularning qadqomatiga eʼtibor berish, boshi va tanasini toʻgʻri tutishga oʻrgatish lozim. Oyoqning muskul va boylamlarini mustahkamlashda badan tarbiya va sport bilan shugʻullanish, shuningdek, yozning issiq kunlari tuproqda oyoq yalang yurishning foydasi bor. Oyogʻi yassi kishilarni ortoped vrach davolaydi. Davoni iloji boricha erta boshlagan maʼqul.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Oyoqlarni asrang! Qulay hamda zamonaviy bo‘lishi uchun qanday poyabzal tanlash kerak? (foto)

Go‘zallik qurbonlik talab qiladimi? Doim ham bunday emas. Quyida nafaqat zamonaviy ko‘rinishga ega, balki oyoqlarga noqulaylik tug‘dirmaydigan poyabzal tanlashni o‘rganish mumkin.

Juda baland poshnalardan saqlanish lozim

Imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashga harakat qilish kerak. Odatda bo‘yi pastroq qizlar baland poshnali oyoq kiyim bilan vizual ravishda baland ko‘rinishni xohlaydi. Lekin kechasi oyoq og‘rig‘idan azob chekishga to‘g‘ri keladi. Balki shundan so‘ng baland poshnada harakatlanish ham biroz noqulay kechishi mumkin. Shuning uchun oyoq kiyim tanlashda kichik yoki o‘rtacha qalin poshnaga ko‘proq ahamiyat qaratish zarur.

Zamonaviylik oddiylikdadir

Oyoq kiyim tanlashda odatda bezak va toshlariga e’tibor bermaslik tavsiya etiladi. Sababi eng oddiy poyabzallargina hamisha trendda hisoblanadi. Oyoq kiyimdagi ortiqcha detallar esa tez orada ko‘chib tushishi hech gap emas. Sababi poyabzallar insonning butun tanasini ko‘tarib yuradi va shuning uchun ham tez fursatda eskira boshlaydi.

Tag qismi tor bo‘lmasligi kerak

Shuningdek, taglikning kengligi oyoqlarning kengligidan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda oyoq yon tomonlarga osilib qoladi. Bu sog‘liqda ham muammolar paydo qiladi, chunki bu holatda oyoqning yuki to‘g‘ri taqsimlanmaydi. Do‘konda poyabzal tanlashda buni hisobga olishni unutmaslik kerak.

Haddan tashqari tor

Oyoq kiyimlar mos bo‘lsa ham, bog‘lagichlarning juda qattiq emasligiga ishonch hosil qilish zarur. Qattiq siqilgan oyoqlar juda tez charchaydi va jarohatlanadi, shuningdek, ular shishib ketadi va qon aylanishida muammolar yuzaga keladi.

To‘piq joyida bo‘lishi kerak

Ko‘pgina qizlar bu holatda oyoqlarining ishqalanish ehtimoli pastroq deb hisoblab, qasddan bir o‘lcham katta tuflilarni xarid qiladi. Biroq bunday poyabzal oyoqlar uchun yetarlicha qulaylikni ta’minlamaydi va tasodifan shikastlanish xavfi ortadi.

Barmoqlarning joylashuvi

Buning bir nechta sababi bor: juda qisqa taglik, baland poshna va shu bilan birga keng tasma. Natijada oyoq old qismga chiqib keta boshlaydi. Shuning uchun xarid chog‘ida bosh barmoqqa e’tibor qaratish zarur. Agar yurish paytida chegaradan tashqariga chiqmasa, u holda ularni sotib olish mumkin.

Oyoq bilan moslashuvchanlik

Oyoqning egriligi poyabzalnikiga to‘g‘ri kelmasa, oyoq taglikka suyanmaydi. Bunday modelda yurish uzoq vaqt davomida qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari, uni muntazam ravishda kiyish oyoqlarda muammolarni paydo qiladi.

Yassi oyoq kiyimlar ham zararli bo‘lishi mumkin

Yassi oyoq kiyimlarning zarari ham baland poshnadan kam emas. Tez-tez va qulay harakat bilan mushak-skelet tizimida boshqa bir qator kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bunday modellarda oyoq va bo‘y biroz kalta ko‘rinadi.

  • Foto: Bahor va yozgi obrazni ultrazamonaviy ko‘rsatadigan poyabzal modellari
  • Krossovka va shippak uyg‘unligidagi oyoq kiyimlar bahor—yoz mavsumida urfga kirmoqda (foto)
  • Bo‘yni baland ko‘rsatishga yordam beradigan kiyinish bilan bog‘liq 9 tavsiya

Yassi oyoqlik

Yassi oyoqlik – kasalligida oyoqning deformatsiyasi yuzaga keladi. Hozirgi kunda katta yoshdagi kishilarning deyarli yarmi (45%) bu kasallikdan aziyat chekmoqda.

Yassi oyoqlikni davolovchi barchalarni ko’rish

Yassi oyoqlik – kasalligida oyoqning deformatsiyasi yuzaga keladi. Hozirgi kunda katta yoshdagi kishilarning deyarli yarmi (45%) bu kasallikdan aziyat chekmoqda.

Kasallikning quyidagi turlari bor:

  • bo`ylama yassi oyoqlikda oyoq bo’ylama yoyi yassilanadi va oyoq yerga oyoq panjasining deyarli butun yuzasi bilan tegadi, oyoq uzunligi ortadi;
  • ko’ndalang yassi oyoqlikda esa oyoqning ko’ndalang yoyi yassilanadi, uning old qismi barcha beshta kaft suyaklarning boshchalariga tayanadi, oyoq panjasi uzunligi kaft suyaklarning yelpig’ich shaklidagi tarqalishi, birinchi barmoqning tashqariga og’ishi va o’rta barmoqning bolg’acha shaklidagi deformatsiyasi tufayli kamayadi.

Kamdan-kam holatlarda yassi oyoqlik tug’ma bo’lishi ham mumkin.

Sabablari

Kasallik oyoq shaklidagi buzilishlar tufayli rivojlanadi. Sabablari:

  • tug`ma, buning natijasida bolada zaif suyaklar, zaif mushaklar (ayniqsa, oyoq mushaklari), zaif oyoqlar, ortiqcha vazn kuzatilishi mumkin. Shuningdek, yassi oyoqlikni harakatsiz turmush tarzi, noqulay poyabzal, baland poshnalar (bu travmatik yassi oyoqlik deb ataladi) ham ta’sir ko`rsatadi;
  • oyoqlarning sinishi, xususan, oyoq kafti, to’piq yoki tovon suyagining sinishi (travmatik);
  • raxit tufayli (raxitik yassi oyoqlik);
  • poliomielit tufayli (paralitik yassi oyoqlik).

Kasallikning belgilari

Kattalar va bolalarda yassi oyoqlik kasalligida paydo bo’ladigan belgilar:

  • yurish paytida oyoqlarning tez charchashi;
  • kechqurun oyoqlarda og’irlik, tortishish, shish;
  • oyoq kiyimlar juda tez buziladi va ichki tomondan yemiriladi;
  • baland poshnali poyabzal kiyish qiyin kechadi, og’riq va noqulaylik paydo bo’ladi;
  • oyoq kengligi (ko’ndalang yassi oyoqlikda) yoki uzunligi (bo’ylama yassi oyoqlikda) kattalashadi;
  • sonlar, oyoqlar, belning orqa qismida og’riq.

Diagnostika

Yassi oyoqlikni davolash usullarini aniqlash uchun shifokor quyidagi tekshiruvlardan o`tishni buyuradi:

  • to’liq tekshiruv;
  • oyoqlarning rentgenologik tekshiruvi;
  • oyoqlarning plantografiyasi.

Yassi oyoqlikni davolash

Faqat bolalarda yassi oyoqlikni to’liq davolashi mumkin. Kattalar uchun kasallikdan butunlay qutulish mumkin emas. Davolash:

  • massaj;
  • qo’l terapiyasi;
  • fizioterapiya;
  • ortopedik poyabzallardan foydalanish;
  • maxsus gimnastika;
  • oyoq vannalari;
  • jarrohlik (agar bosh barmoq qattiq deformatsiyalangan bo’lsa).

Kasallikni davolash ham bolalar, ham kattalar uchun bir xil.

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Agar yassi oyoqlik davolanmasa va kasallikka tegishli e’tibor berilmasa, shuningdek, davolanish o’z vaqtida belgilanmagan bo’lsa, quyidagi asoratlar yuzaga kelishi mumkin:

  • deformatsiyalangan oyoq barmoqlari;
  • artroz;
  • skolioz;
  • menisklarning yallig’lanishi;
  • osteoxondroz;
  • umurtqa churrasi;
  • radikulit;
  • tovon to’nkalari.

Xavf ostidagilar

  • ayollar (ayniqsa homiladorlik davrida);
  • ortiqcha vaznli bemorlar;
  • kamharakat turmush tarzini olib boradigan bemorlar;
  • asosan tik oyoqda ishlaydigan bemorlar (ofitsiantlar, sartaroshlar).

Profilaktika choralari

Kasallikning oldini olish uchun shifokorlar quyidagi profilaktik choralarni tavsiya etadilar:

  • o’t va qumda, tekis bo’lmagan yuzalarda tez-tez yalangoyoq yurish;
  • tanani to`g`ri tutish va to`g`ri yurish;
  • oyoq mushaklarini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish;
  • poyabzal tanlashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, oyoq kiyimda taglik tayanchi (supinator) mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish;
  • uzoq vaqt davomida bir xil holatda bo’lmaslik.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Qiziqarli malumotlar
Oyoqlarni asrang! Qulay hamda zamonaviy bo‘lishi uchun qanday poyabzal tanlash kerak? (foto)