Oyoq zamburug’i (gribok) qanday kasallik? Va uni davolash usullari
Skvamatoz-giperkeratotik – teri qipiqlanishi natijasida ayrim sohalar terisi qalinlashadi, terida qadoqlar hosil boʻladi. Barmoqlar orasida qichishish kuzatiladi.
Yassi oyoqlik
Yassi oyoqlik – kasalligida oyoqning deformatsiyasi yuzaga keladi. Hozirgi kunda katta yoshdagi kishilarning deyarli yarmi (45%) bu kasallikdan aziyat chekmoqda.
Yassi oyoqlikni davolovchi barchalarni ko’rish
Yassi oyoqlik – kasalligida oyoqning deformatsiyasi yuzaga keladi. Hozirgi kunda katta yoshdagi kishilarning deyarli yarmi (45%) bu kasallikdan aziyat chekmoqda.
Kasallikning quyidagi turlari bor:
- bo`ylama yassi oyoqlikda oyoq bo’ylama yoyi yassilanadi va oyoq yerga oyoq panjasining deyarli butun yuzasi bilan tegadi, oyoq uzunligi ortadi;
- ko’ndalang yassi oyoqlikda esa oyoqning ko’ndalang yoyi yassilanadi, uning old qismi barcha beshta kaft suyaklarning boshchalariga tayanadi, oyoq panjasi uzunligi kaft suyaklarning yelpig’ich shaklidagi tarqalishi, birinchi barmoqning tashqariga og’ishi va o’rta barmoqning bolg’acha shaklidagi deformatsiyasi tufayli kamayadi.
Kamdan-kam holatlarda yassi oyoqlik tug’ma bo’lishi ham mumkin.
Sabablari
Kasallik oyoq shaklidagi buzilishlar tufayli rivojlanadi. Sabablari:
- tug`ma, buning natijasida bolada zaif suyaklar, zaif mushaklar (ayniqsa, oyoq mushaklari), zaif oyoqlar, ortiqcha vazn kuzatilishi mumkin. Shuningdek, yassi oyoqlikni harakatsiz turmush tarzi, noqulay poyabzal, baland poshnalar (bu travmatik yassi oyoqlik deb ataladi) ham ta’sir ko`rsatadi;
- oyoqlarning sinishi, xususan, oyoq kafti, to’piq yoki tovon suyagining sinishi (travmatik);
- raxit tufayli (raxitik yassi oyoqlik);
- poliomielit tufayli (paralitik yassi oyoqlik).
Kasallikning belgilari
Kattalar va bolalarda yassi oyoqlik kasalligida paydo bo’ladigan belgilar:
- yurish paytida oyoqlarning tez charchashi;
- kechqurun oyoqlarda og’irlik, tortishish, shish;
- oyoq kiyimlar juda tez buziladi va ichki tomondan yemiriladi;
- baland poshnali poyabzal kiyish qiyin kechadi, og’riq va noqulaylik paydo bo’ladi;
- oyoq kengligi (ko’ndalang yassi oyoqlikda) yoki uzunligi (bo’ylama yassi oyoqlikda) kattalashadi;
- sonlar, oyoqlar, belning orqa qismida og’riq.
Diagnostika
Yassi oyoqlikni davolash usullarini aniqlash uchun shifokor quyidagi tekshiruvlardan o`tishni buyuradi:
- to’liq tekshiruv;
- oyoqlarning rentgenologik tekshiruvi;
- oyoqlarning plantografiyasi.
Yassi oyoqlikni davolash
Faqat bolalarda yassi oyoqlikni to’liq davolashi mumkin. Kattalar uchun kasallikdan butunlay qutulish mumkin emas. Davolash:
- massaj;
- qo’l terapiyasi;
- fizioterapiya;
- ortopedik poyabzallardan foydalanish;
- maxsus gimnastika;
- oyoq vannalari;
- jarrohlik (agar bosh barmoq qattiq deformatsiyalangan bo’lsa).
Kasallikni davolash ham bolalar, ham kattalar uchun bir xil.
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Xavfli jihatlari
Agar yassi oyoqlik davolanmasa va kasallikka tegishli e’tibor berilmasa, shuningdek, davolanish o’z vaqtida belgilanmagan bo’lsa, quyidagi asoratlar yuzaga kelishi mumkin:
- deformatsiyalangan oyoq barmoqlari;
- artroz;
- skolioz;
- menisklarning yallig’lanishi;
- osteoxondroz;
- umurtqa churrasi;
- radikulit;
- tovon to’nkalari.
Xavf ostidagilar
- ayollar (ayniqsa homiladorlik davrida);
- ortiqcha vaznli bemorlar;
- kamharakat turmush tarzini olib boradigan bemorlar;
- asosan tik oyoqda ishlaydigan bemorlar (ofitsiantlar, sartaroshlar).
Profilaktika choralari
Kasallikning oldini olish uchun shifokorlar quyidagi profilaktik choralarni tavsiya etadilar:
- o’t va qumda, tekis bo’lmagan yuzalarda tez-tez yalangoyoq yurish;
- tanani to`g`ri tutish va to`g`ri yurish;
- oyoq mushaklarini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish;
- poyabzal tanlashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, oyoq kiyimda taglik tayanchi (supinator) mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish;
- uzoq vaqt davomida bir xil holatda bo’lmaslik.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Oyoq zamburug’i (gribok) qanday kasallik? Va uni davolash usullari
Oyoqlardagi zamburugʻli kasallik dermatovenerologiya sohasida eng keng tarqalgan kasallik boʻlib barcha teri kasalliklari orasida ikkinchi oʻrinda turadi.
Oyoq zamburug’i (griboki) tovonning kam holatlarda butun oyoqning yuza terisi zararlanishi bilan kechadi.
Patologik zamburugʻ bemor inson bilan muloqot vaqtida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmaslik natijasida yuqadi.
Foto: iStock
Shifokor konsultatsiyasi
Muolajalar va diognostika
Quyida oyoqda uchraydigan zamburugʻli kasallikning yuqish yoʻli, kasallik simptomlari va uning davo chora tadbirlari haqida batafsil maʼlumot keltiramiz.
Kasallik sabablari
Kasallik qoʻzgʻatuvchisi Trixofiton (Trichophyton) turkumiga kiruvchi mikroskopik zamburugʻlardir. Ushbu zamburugʻlarning bir necha turi sogʻlom inson terisida ham uchraydi, ammo ular kasallik chaqirmaydi. Ayrim holatlardagina kasallik yuzaga chiqishi mumkin. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
- Oyoq terisi jarohatlanishi;
- Noqulay oyoq kiyim kiyish;
- Oyoq terlashi;
- Oyoqlarda qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi surunkali kasalliklar (Reyno kasalligi, ateroskleroz va boshqalar);
- Oyoqlarning sovuq qotishi va sovuq urishi;
- Immunitetning zaiflashuvi ;
Oyoq zamburugʻli kasalligi koʻpincha tirnoqlarda kuzatiladigan zamburugʻli kasallik bilan birga kechishi mumkin. Kasallik erkaklarda koʻproq qayd etiladi. Bunga sabab erkaklar oyoq terisining oʻziga xos tuzilganligi, koʻp terlashi va koʻproq noqulay oyoq kiyimlar kiyishidir.
Zamburugʻlar koʻproq oyoq yalang yuradigan joylarda: suv havzalari, sauna, hammom va goʻzallik salonlarida yuqish ehtimoli yuqori boʻladi.
Oyoq zamburug’i belgilari
Oyoq terisining zararlanishi turli xil koʻrinishida boʻlishi mumkin. Kasallikning bir necha shakllari mavjud, aynan shular kasallikning bosqichlari boʻlib ham hisoblanadi.
Skvamatoz – barmoqlar orasi, barmoqlar asosi va kaft yuzasi terisining qipiqlanishi bilan namoyon boʻladi. Bemorlarni bu bosqichda kasallik bezovta qilmaydi.
Skvamatoz-giperkeratotik – teri qipiqlanishi natijasida ayrim sohalar terisi qalinlashadi, terida qadoqlar hosil boʻladi. Barmoqlar orasida qichishish kuzatiladi.
Intertrigioz – qattiqlashgan va qadoqlangan terida yalligʻlanish jarayoni boshlanadi, terida chuqur yaralar paydo boʻladi. Qichishish bilan birgalikda achishish hissi bemorlarni bezovta qila boshlaydi. Ushbu bosqichda koʻpincha tirnoqlarda ham zamburugʻli kasallik rivojlanadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Issiqlik toshmasi sabablari, turlari va davolash
Disgidrotik – yalligʻlanish oʻchogʻida seroz pufakchalar paydo boʻladi, ularning ichi suyuqlik bilan toʻladi. Pufakchalar yorilgandan soʻng yarali iz qoldiradi. Bunda bemor achishish va ogʻriq hissini sezadi. Tana harorati koʻtarilishi mumkin. Kasallikning bunday koʻrinishi yiringli asoratlar qoldirishi bilan xavfli hisoblanadi.
Oyoq zamburug’i (griboki) kasalligining davosi
Zamburugʻli kasallik davosining samaradorligini oshirishi uchun shifokor mutaxassis bilan maslahatlashish zarur. Shifokor kasallikka aniq tashxis qoʻyadi va davo muolajalarini ham toʻgʻri tanlashda yordam beradi.
Zamburugʻlarga qarshi preparatlar:
- Maz va kremlar – kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻldiruvchi moddalardan iborat boʻladi.
- Boltushkalar – zamburugʻlarga qarshi qoʻllaniladigan maxsus dori vositasi boʻlib tarkibida ogʻriq qoldiruvchi, shishga qarshi, zamburugʻlarga qarshi, qurituvchi va boshqa moddalarni saqlaydi.
- Antiseptik mazlar – yalligʻlanishga qarshi va teri, tirnoqlarda yiringlash ehtimolini kamaytirish uchun qoʻllaniladi. Antiseptik vositalardan tayyorlangan eritmada oyoqlarni vannochkalar qilish davo muolajalar samaradorligini yana-da oshiradi.
- Tizimli taʼsir etuvchi preparatlar – kasallikning ogʻir kechishida ayniqsa, disgidrotik shaklida bemorlarda ichga qabul qilish uchun dori vositalari buyuriladi.
- Har qanday mahalliy qoʻllaniladigan preparatlar zararlangan sohaga suriladi.
Zamburugʻli kasallikka qarshi xalq tabobati yordamida kurashish
Teri qipiqlanishi va yaralar hosil boʻla boshlaganda och pushti rangli kaliy permanganat eritmasi (margansovka) da vannochkalar qilish oyoq zamburug’i bezovta qilganda ancha samaralidir.
Foto: LiveInternet
Bundan tashqari quyidagi bir necha usullar yordamida oyoqlarda kuzatiladigan zamburugʻli kasalliklardan xalos boʻlish mumkin:
- Chistotel. Yarim litr qaynoq suvga 3-4 osh qoshiq chistotel sokidan solamiz. Oyoq terisining zararlangan sohalarini botirgan holatda har kuni 25-30 daqiqa davomida vannochka qiling. Odatda muolaja 20 marotaba takrorlanadi.
- Dengiz tuzi. 1 litr suvga 1 osh qoshi dengiz tuzi soling. Har kuni oyoqlarni ushbu eritma bilan yuvib turing.
- Sirka kislotasi. Sirka kislotasi kislotali muhit hosil qilganligi uchun zamburugʻlarni nobud qiladi. Buning uchun 1 litr suvga 100-150 ml 9 % li sirka kislotasini qoʻshing va tayyor boʻlgan eritmada oyoqlarni vannochka qiling.
Ehtiyot boʻling – kuchli konsentratsiyali sirka kislotasi oyoq terisi kuyishiga olib kelishi mumkin! - Qariqiz bargi bilan bogʻlam qoʻyish. Qariqiz bargini maydalang va oyoqning zararlangan sohalarini bint yordamida oʻrab qoʻying. Bunday bogʻlamni kun davomida 2 marotaba takrorlang. Muolaja odatda 3 haftagacha davom etadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Teri saratoni sababi, turlari va davolash
Oyoq griboki profilaktikasi
Oyoq zamburug’i kasalligining eng samarali davosi – kasallik yuqmasligiga harakat qilishdir. Qoʻzgʻatuvchi oyoqlaringizga tushmasligi uchun bir necha chora tadbirlarni qoʻllang:
- Begona insonlarning oyoq kiyimlarini kiymang va oʻzingizning oyoq kiyimingizni ham ularga bermang;
- Agar oila aʼzolaringizdan birida zamburugʻli kasallik kuzatiladigan boʻlsa, shaxsiy gigiyena vositalarini alohida-alohida holda saqlang, Hojatxona va vannalardan foydalanganda ham shaxsiy oyoq kiyimi alohida boʻlishi shart;
- Oyoq kiyimlarni muntazam ravishda sirka kislotasi yoki 1 % li xlorgeksidin eritmasi bilan artib turing;
- Oʻzingizga qulay boʻlgan “nafas oladigan” oyoq kiyimini tanlang;
- Har kuni toza paypoq kiying;
- Agar oyoqlaringizda koʻp ter ajralsa, talk yoki boshqa kukunlardan foydalaning;
- Oyoqlarni har kuni kamida 2 marotaba yuvib turing.
Qiziqarli malumotlar
Oyoq zamburug’i (gribok) qanday kasallik? Va uni davolash usullari