Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash

Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash

Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash

Mundarija скрыть

DO`STLARGA ULASHING:

Issiq yoz kunlarida yengil poyabzalda yurish tanaga huzur bag‘ishlaydi. Amm shuning bilan birga ayrim kishilarda tovonlarning yorilishi kuzatiladi. Quyida oyoq yorilishini davolash borasida xalqona usullardan ma’lumotlar berib o‘tamiz:
hqdefault
  • Oyoq yorilishida uni uzoq vaqt issiq suvga solish, hayvon yog‘lari, ayniqsa, echki va qoramol yog‘i hamda mum bilan biroz quyuqtirilgan iliq yog‘ni surtilsa ketadi.
  • Kanakunjut yoki pocha yog‘i surtilsa, juda yaxshi foyda qiladi (10 kun 3 mahaldan surtish).
  • Dumba yog‘ini olovda tutib tomizilsa ham juda yaxshi foyda qiladi.
  • Xinaning isiriq qaynatmasi aralashganini surtib bog‘lansa ham yaxshi bo‘ladi.
  • Uzum shirasi ham shunday xususiyatga ega.
  • Agar ular foyda bermasa, yoriqlarga kirib, ularni yopishtiradigan narsalarni tiqishga ehtiyoj tushadi, oyoqni issiq suvda yuvgandan so‘ng yanchib ezilgan andiz sepiladi.
  • Mum, kunjut yog‘i, saqich va suyuq miya yelimini olib hammasini aralashtirib oyoqning yorilgan joylariga 10 kun 2 mahal tiqilsa ajoyib foyda qiladi.
  • Yanchilgan kanakunjut unini ozgina suv bilan xamir qilib, yorilgan tovonga yopishtirib qo‘yiladi.
  • Uzoqqa cho‘zilgan, yaraga aylangan yoriqqa kanakunjut kunjarasining o‘zi yaxshi dori.
  • Yana qo‘rg‘oshin talqoni, mum, zaytun yog‘i va asaldan barobar miqdorda olib quyuq dori yasab surtilsa, foyda qiladi.
soglom.uz/tavsiya/oyoq-yorilishini-tabiiy-usulda-davolash/

Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash