Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash to’liq malumot oling

Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash to’liq malumot oling

Issiq yoz kunlarida yengil poyabzalda yurish tanaga huzur bag‘ishlaydi. Amm shuning bilan birga ayrim kishilarda tovonlarning yorilishi kuzatiladi. Quyida oyoq yorilishini davolash borasida xalqona usullardan ma’lumotlar berib o‘tamiz:

oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash 1

Oyoq yorilishida uni uzoq vaqt issiq suvga solish, hayvon yog‘lari, ayniqsa, echki va qoramol yog‘i hamda mum bilan biroz quyuqtirilgan iliq yog‘ni surtilsa ketadi.

Kanakunjut yoki pocha yog‘i surtilsa, juda yaxshi foyda qiladi (10 kun 3 mahaldan surtish).

Dumba yog‘ini olovda tutib tomizilsa ham juda yaxshi foyda qiladi.

Xinaning isiriq qaynatmasi aralashganini surtib bog‘lansa ham yaxshi bo‘ladi.

Uzum shirasi ham shunday xususiyatga ega.

Agar ular foyda bermasa, yoriqlarga kirib, ularni yopishtiradigan narsalarni tiqishga ehtiyoj tushadi, oyoqni issiq suvda yuvgandan so‘ng yanchib ezilgan andiz sepiladi.

Mum, kunjut yog‘i, saqich va suyuq miya yelimini olib hammasini aralashtirib oyoqning yorilgan joylariga 10 kun 2 mahal tiqilsa ajoyib foyda qiladi.

Yanchilgan kanakunjut unini ozgina suv bilan xamir qilib, yorilgan tovonga yopishtirib qo‘yiladi.

Uzoqqa cho‘zilgan, yaraga aylangan yoriqqa kanakunjut kunjarasining o‘zi yaxshi dori.

Yana qo‘rg‘oshin talqoni, mum, zaytun yog‘i va asaldan barobar miqdorda olib quyuq dori yasab surtilsa, foyda qiladi.

soglom.uz/tavsiya/oyoq-yorilishini-tabiiy-usulda-davolash/

Foydali Maslahatlar
Oyoq yorilishini tabiiy usulda davolash