Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari
Organizmning umuman ter ajratish xususiyati ikki muhim vazifani bajaradi: organizmdan ter orqali zaharli (toksin) moddalarni chiqarish va tana haroratini me’yorlashtirish. Oyoqlar terisida ham ter ajratuvchi bezlar bo‘lib, ular uzoq muddat yopiq oyoq kiyim kiyganda va paypoqlar toza bo‘lmaganda funksiyasi kuchayib ketadi. Bunday holat esa bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Sog‘lom odam terisida maxsus hidlar beruvchi fermentlar ajralib chiqmaydi. Qandaydir bir patologik holatlarda ushbu fermentlar ter bilan ajralib chiqa boshlaydi va ular kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Bakteriyalarning hayot faoliyati davomida ajratgan toksinlari tashqi muhitga ajraladi: poyabzal, paypoqlarda yoqimsiz hid tarqatadi. Ayniqsa, poyabzal sifatsiz materialdan tayyorlangan va shamollash (ventilyatsiya) tizimi yo‘q bo‘lsa, terlash va hidlanish darajasi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ter ajralishi ortishi jismoniy mashq bajarganda, stress vaqtida, issiq sharoitda, uyquda qalin yopinchiqlardan foydalanganda ham kuzatiladi. Xo‘sh, qaysi holatda oyoq terlashiga qarshi jiddiy chora ko‘rish kerak? Agar oyoqlar toza paypoqlar va sifatli materialdan tayyorlangan poyabzalda bo‘lsa, gigiyena qoidalariga rioya qilinganda ham ter ajralishi ko‘p bo‘lsa, demak bu patologik holatdan dalolat beradi. Gipergidroz (ter ko‘p ajralishi) ko‘pincha ikkilamchi, ya’ni kasallik natijasida kelib chiqadi. Bu holatga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: Ayollarda oyoqlarning terlashi ularning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqadi ya’ni hayz ko‘rish paytida gormonlar nisbati o‘zgaradi, moddalar almashinuvi buziladi, nostabil kayfiyat, uyquning buzilishi va ichki organlar funksiyasida o‘zgarishlar bo‘ladi. Nasliy omil ham oyoqlar terlashida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari ayrim dori preparatlari, antibiotiklar va antidepressantlarni uzoq muddat qabul qilish ham oyoqlarda ter ajralishini kuchaytirib yuboradi. Ter ajratuvchi bezlarning funksiyasini ayrim iste’mol mahsulotlari ham buzishi mumkin: achchiq, sho‘r, dudlangan mahsulotlar, shirinliklar, sarimsoq kabilar. Vitaminlar yetishmasligi organizmda umumiy ish faoliyatini buzilishiga olib keladi. Oyoqlarning ko‘p terlashini davolash uchun uning keltirib chiqargan sababini yo‘qotish kerak. Bunda dermatolog shifokor davo chorasini buyuradi yoki boshqa mutaxassisga yuborishi mumkin. Asl sababni aniqlash uchun quyidagilar o‘tkaziladi: Oyoq terlashini yo‘qotish uchun maxsus preparatlardan va xalq tabobatidan foydalaniladi: Dorixonalarda kosmetik preparatlarni dezodarant va sprey ko‘rinishida yoki maz va kremlar ko‘rinishida topish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi: Yuqoridagi preparatlarni keragidan ortiq qo‘llash mumkin emas. Chunki ular ter bezlari yo‘lini berkitib, tiqilmalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar oyoqlar juda ko‘p terlashda davom etaversa, ionoforez yordamida davolash mumkin. Muolaja har kuni ter ajralishi kamaygunga qadar olib boriladi. Kamdan-kam hollarda operativ chora qo‘llaniladi. Operatsiyada ter bezlarini innervatsiya qiluvchi nerv tolalarini yo‘qotish bajariladi.Bundan tashqari bir necha oylarga yordam beruvchi lazerterapiya ham o‘tkazilishi mumkin. Muammoni bartaraf etishdan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq. Ayniqsa, ichki organlar surunkali kasalliklari, endokrin sistemasi kasalliklarini davolash zarur. Kunlik gigiyenik qoidalarga rioya etish, prisipka (kukun)dan foydalanish, toza paypoqlar, sifatli poyabzallar tanlash, sport oyoq kiyimlarini faqatgina jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanayotganda kiyish zarur. Oyoqlarning kuchli terlashiga ko‘plab sabablar bor. Shuning uchun o‘z boshimchalik bilan diagnoz qo‘yib, uni davolashni boshlab yuborish mumkin emas. Shifokor dermatolog yoki endokrinolog tavsiyalarini olish kerak. Chunki ular kasallikning aniq sababini aniqlaydi va aniq davo choralarini qo‘llaydi. Doimo salomat bo‘ling!Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari
DO`STLARGA ULASHING:
Oyoq terlashi va hidlanishi haqida umumiy ma’lumot
Oyoq terlashi va hidlanishi sabablari
Oyoq terlashi sababini aniqlash
Oyoq terlashini yo‘qotish usullari
Oyoq terlashini uy sharoitida davolash
Oyoq terlashiga qarshi krem va mazlar
Oyoq terlashini oldini olish choralari
Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari