Oyoq kiyimlar 2023 erkaklar uchun
Odatda erkaklar, to‘g‘ri kiyinish faqatgina ayollarga taalluqli deb hisoblaydilar. Ammo bunday fikr favqulodda noto‘g‘ri bo‘lib, erkaklar kiyimidagi mutanosiblik ham ma’lum did va malakani talab qiladi.
Oyoq kiyimlar 2023 erkaklar uchun
Maktab paytida barchamiz jismoniy tarbiya darsida yugurish bo‘yicha yuklamalarni topshirganmiz. Tan olish kerakki, bu majburiy talab bo‘lgani uchun ham bizga uncha ma’qul mashg‘ulot emasdi. Ba’zan esa yaxshi baho olish uchun ham bu topshiriqni a’lo darajada bajarganmiz. Aslida esa bu sport turi odam organizmi uchun koni foyda. Shuningdek, fikrlashni ham rivojlantiradi, xotirjamlikni ta’minlaydi.
Tonggi yugurish—tanga butun kun uchun quvvat, kechki yugurish—miyaga dam berib, kun intihosida yengil charchoq beradi. Aytgancha, pleyer bunda sizga munosib yo‘ldosh bo‘lishi mumkin.
Albatta, siz sportdan yiroq bo‘lsangiz, buning foydasini birdaniga sezishingiz qiyin. Shuning uchun sizga yugurishni boshlashingiz uchun ba’zi bir tavsiyalar bermoqchimiz.
Mashqni dastlab yengil yugurish bilan boshlash talab etiladi. Belgilab olgan marrani birdaniga, tezlik bilan bosib o‘tishga urinmang, tana zo‘riqishi mumkin. Shuning uchun kuchni tejab, asta-sekin yuguring, burundan nafas olib, og‘izdan chiqaring. Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yugurishga vaqt ajrating. Unutmang, bu birinchi galda sizning sog‘ligingizga foyda.
Yugurishga tayyorgarlik
Yugurishdan avval, albatta, tanani qizdiruvchi mashqlar talab etiladi. Bunda mushaklar qiziydi va qotib qolmaydi. Bunga e’tiborsiz bo‘lmang. Yugurishga kirishgan dastlabki kunlarda tanani qizdirish 10-15 daqiqa davom etadi. Keyinchalik bu vaqt qisqarib borishi mumkin. Qolaversa, bunda odam o‘z tanasiga “quloq tutishi” kerak. Chunki odam tanasi qizigan-qizimaganini o‘zi sezadi.
Yugurish chog‘ida nafas olish qoidasi
Yugurish paytida to‘g‘ri nafas olish juda muhim. Chunki noto‘g‘ri nafas olinganda kislorod yetishmasligi sababidan biqinda og‘riq turishi mumkin. Nafasni chuqur va bir me’yorda oling. Burunda nafas olib, og‘iz va burundan chiqarish kerak. Chuqur nafas olinganda kislorod organizmga yaxshi singadi va havo yetishmaslik bo‘lmaydi.
Yugurish paytidagi og‘riqlar
Biqinda og‘riq turganda yugurish tempini pasaytiring va chuqur nafas oling. Og‘riq bosilgan, bir tempda yugurishni davom ettirish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, og‘riq organizmda kislorod yetishmasligidan kelib chiqadi.
Yugurish uchun krossovkalar
Yugurish paytida oyoq kiyimning to‘g‘ri tanlovi muhim ahamiyatga ega. Sport oyoq kiyimlari savdo do‘koniga kirganingizda sotuvchiga yugurish joyini ayting. Chunki sport zalidagi yugurish yo‘lakchasidagi yugurish bilan asfaltda yugurishning farqi bor.
Sport oyoq kiyimidagi eng asosiy xususiyat — bu amortizatsiya. Oyoq kiyim qanchalik egiluvchan bo‘lsa, zarbni shuncha yaxshi qisqartiradi, turli jarohatlarning oldini oladi. Zamonaviy sport oyoq kiyimlarida turli amortizatsion materiallardan foydalaniladi. Yuguruvchining vazniga ko‘ra, uning qalinligi tanlanadi. Odam qanchalik katta vaznda bo‘lsa, oyoq kiyimning tag qismi ham shuncha qalin bo‘lishi kerak. Yoki buning aksi.
Yugurish uchun kiyimlar
Kiyimning farqi yo‘q. Eng muhimi, yugurishga qulay, egiluvchan va harakatga halaqit bermaydigan bo‘lsin. Keyin bunda maqsad ham ahamiyatga ega. Agar siz vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, unda maxsus kiyim kiyish talab etiladi. Masalan, ozish uchun shim yoki bridji. Ular yaxshi terlatadi va vazn kamayishi sabab bo‘ladi. Shuningdek, suvning rejimiga ham e’tibor qiling. Organizm chanqoq sezmasin!
Hammasi juda oddiy. Eng muhimi, erinmaslik va erta turib, yugurishni boshlab olish. Keyin bu o‘zingizga ham yoqib qoladi va odatga aylanadi. O‘qish va ish unumdorligi oshganini aniq sezasiz. Har tomonlama chiniqib borasiz. Bunga oilangiz, farzandlaringizni ham jalb qilsangiz, nur ustiga nur. Xo‘sh, ertadan yugurishni boshlaymizmi?!
Yugurishning foydasi:
Abbosbek
Yildan yilga erkaklarning modaga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Bugun moda namoyishlarida ko‘plab erkaklarni uchratish mumkin, hattoki besh yil avval ham bu holat kuzatilmas edi. Erkaklar tashqi ko‘rinish, bu — barchasi haqida bir so‘z ham demay ko‘p narsani tushuntira oluvchi tashrif qog‘ozi ekanini juda yaxshi bilishadi. Aks holda hosil bo‘lgan noto‘g‘ri ilk taassurotni o‘zgartirish juda murakkab kechadi…
Bahorda uzunligi son yarmigacha yoki undan salgina balandroq bo‘lgan trenchkot, kamzul yoxud kardiganlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Bunday uzunlik universal hisoblanadi. Agarda kiyim javoningizda bazaviy modellar bo‘lmasa, qora, ko‘k, kul rang, jigar rang yoki mosh rangdagi ustki liboslarni tanlang. Shuningdek, joriy mavsumda ommaviyligini yo‘qotmaydigan charm kamzul (kosuxa) va bomberlarga ham e’tibor qaratishingiz mumkin. Zamshli kosuxa yoki qavilgan bomberni tanlasangiz, yaqqol ko‘zga tashlanib turishingiz tabiiy.
Printlar
Yangi mavsumda dizaynerlar erkaklar garderobiga printlarni kiritishni targ‘ib qilishmoqda. Ehtimol, katakchali shimlar yoki geometrik printlar tushirilgan ko‘ylaklar yoxud dengiz tematikasidagi pololar bilan cheklanishingiz mumkin. Tadqiqot o‘tkazing, kundalik ko‘rinishingizni print, ya’ni turli shakl va chiziqlarga ega liboslar bilan boyitishdan cho‘chimang.
Kamzullar (kostyumlar)
Erkaklar kamzullari mavzusi allaqachon ko‘plab dizayner hamda erkaklarning aqli va qalbini zabt etgan. Bu bekorga emas. Axir kostyum-shimdagi erkaklar qanchalik salobatli ko‘rinadi! Bu mavsumda nafaqat xizmat yuzasida uchrashuvlarga, balki oyoq kiyimingizni norasmiysiga almashtirganda ham shahardagi kundalik ishlarga ham ajoyib tarzda mos keluvchi kamzulni tanlang. Kamzulni futbolka bilan ko‘ylaklar bilan kiyib chiqing.
Militari uslubi
Jumladan — mosh rang. Dizaynerlar bizga rang-baranglik bilan himoyalangan har qanday buyum dolzarb, ommaviy bo‘lishini ko‘rsatib berishdi. Hozirda do‘konlar ustki libosdan tortib oyoq kiyimigacha o‘z ichiga olgan ulkan tanlovni taqdim etmoqda. Militari uslubidagi shimlarda to‘xtaymizmi?! — Ajoyib! Ularni okford yoki kamzullar bilan uyg‘unlashtiring. Agarda issiq mavsumda parkani (mo‘ynali kiyim) tanlagan bo‘lsangiz, uni denim (jinsi) va krossovka bilan uyg‘unlashtiring. Agarda ish joyingizda dress-kod amalda bo‘lsa — mosh rangdagi klassik liboslar: to‘g‘ri chiziq tushirilgan shim, erkin bichimdagiko‘ylak yoki kamzullarni ishonch bilan tanlayvering.
Bermudlar
Quyosh qizdirib, tashqarida issiq havo hukmron bo‘lishi bilan bermudlarga bo‘lgan talab orta boshlaydi. Biroq shuni tushunib olingki, ular dam olishlarda kiyib olinadigan shortilar emas. Zig‘ir yoki paxta tolasidan tayyorlangan klassik ko‘rinishdagi bermudlarni tanlaganingiz ma’qul. To‘g‘ri bichimdagi bermudlar ko‘plab vaziyatlarda risoladagidek ko‘rinishingizga yordamlashadi.
Denim
Hozirgi kunimizni denimli kiyimlarsiz tasavvur qilolamizmi? Bu klassika. Keling, ushbu mavsumda yangi mutanosibliklarni sinab ko‘ramiz. Bir xil yoki o‘xshash ranglar uyg‘unligidagi jinsi va ko‘ylaklardan denim ko‘rinish tuzing. Shuningdek, smart-casual uslubidagi qiyofani yaratish hamda kundalik ko‘rinishni to‘ldirishda yordam beruvchi jinsili kurtkalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Oyoq kiyimlar
2017 yilgi bahor-yoz mavsumidagi erkaklar modasi o‘zining qulayligi va ajoyib mutanosibligi bilan ajralib turadi. Dizaynerlar oyoq kiyimlar borasida turli xil omillarni qorishtirib, dadil yechimlarni ko‘rsatishdi. Bu har doim yangi va ajoyib ko‘rinadi. Garderobingiz bilan mos tushadigan tabiat belgilarini tanlang. Yoz uchun dadillik bilan printlangan yoki yorqin sliponlarni oling. Shuningdek, e’tiborni jalb qilmaydigan rangdagi yumshoq mokasinlarga ham e’tibor qarating.
Aksessuarlar
Bir qarashda diqqatni o‘ziga tortadigan mayda detallar ham borki, ular erkaklar garderobidan o‘rin egallashi lozim. Ehtimol bu sevimli brendingiz ostidagi qo‘l soati yoki ko‘zoynak bo‘lishi mumkin. Ular sizning qanchalar nozik did sohibi ekaningiz haqida so‘zlaydi. Eng oddiy qiyofadagi jinsi yoki futbolka bilan ham mutanosib ko‘rinishni yuzaga keltiradigan o‘ziga xos kamarda to‘xtashingiz mumkin. Nima bo‘lganda ham, bunday detallar mukammal obrazni yaratishingizda ko‘maklashadi.
Bizning kanal: Erkaklar Modalari
Комментариев нет:
Отправить комментарий
Подписаться на: Сообщения (Atom)
Страницы
- Главная страница
- Jigarrang aksessuarlar qora rangli poyabzalga mos .
- Stil ikonasidan 20 ta ko’rinish
- ERKAKLAR MODALARI
Страницы
- Главная страница
- Stil ikonasidan 20 ta ko’rinish
- ERKAKLAR MODALARI
Архив блога
Страницы
- Главная страница
- Stil ikonasidan 20 ta ko’rinish
- ERKAKLAR MODALARI
- Jigarrang aksessuarlar qora rangli poyabzalga mos .
Страницы
Erkaklar Modalari
Odatda erkaklar, to‘g‘ri kiyinish faqatgina ayollarga taalluqli deb hisoblaydilar. Ammo bunday fikr favqulodda noto‘g‘ri bo‘lib, erkaklar kiyimidagi mutanosiblik ham ma’lum did va malakani talab qiladi.
Bejirim va zamonaviy kiyinishni har birimiz hohlaymiz, biroq bu boradagi bilim, did va madaniyat borasida turlicha saviya va qarashlarimiz bizni har doim ham jamoatchilik orasida o‘zimizni qulay his qilishimizga imkon beravermaydi. Bugungi kunda axborot almashinuv jarayonining keskin sur’atlarda rivojlanishi va dunyo bo‘ylab juda tezkorlik bilan yoyilishi natijasida ijtimoiy, madaniy iqtisodiy globallashuv jarayonlari yuz bermoqda. Bu esa har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy qadriyatlari tizimida sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Shunday ekan kiyinish madaniyati xususida chuquriroq o‘ylab ko‘rish, uni ijtimoiy voqelik sifatida qabul qilish zarur deb hisoblayman.
Keling birinchi saboqni kostyum tugmalarini qadashdan boshlaymiz.
Demak kostyum tugmalarini qadashning oddiy qoidalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat (1-rasm).
Kiyinish masalasida mening shaxsiy fikrim shunday: Muhimi did, moda emas. Did bu avvalo keng tarqalgan va modaga mos kiyimlar orasidan, aynan sizning qaddi-qomatingizga, tashqi ko‘rinishingizga, hayot tarzingizga, an’ana, odatlaringizga va qiziqishlaringizga mos keladiganini tanlay olish qobiliyati, mahoratidir.
Kostyumning o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha yo‘riqnomalarda asosan yengining uzunligi, yelka kengligi, ko‘krak to‘laligi va kostyumning o‘zining uzunligi haqidagi qat’iy tavsiyalarini topishingiz mumkin. Bu borada shunday mashhur ibora mavjud: “Kostyum yopishib turishi zarur” (ya’ni qaddi-qomatiga mos kelishi zarur).
Demak tavsiyalarga qaytamiz. Xo‘sh kostyumning o‘lchamini qanday tanlash kerak? Rasmga diqqat qiling va o‘zingiz xulosa chiqaring (2-rasm).
Kostyum, galstuk va ko‘ylakning bir-biriga mosligi ham bugungi kun moda olamida muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Xo‘sh ularning mutanosibligini qanday qilib to‘g‘ri tanlasa bo‘ladi? Bu borada sizga quyidagi maslahatlarni berishni lozim topdim. Ular sizga kostyum, galstuk va ko‘ylakning ranglari, bezaklarini ham to‘g‘ri tanlashingizda asqotadi.
Dastlab ko‘ylak rangiga mos gulstukni tanlang, so‘ngra esa kostyumga o‘ting . Holbuki ideal holatda ushbu uchtalik bir-biriga mos kelishi zarur bo‘lsada, bu juda ham muhim emas. Bu borada galstuk va ko‘ylakning bir-biriga mos kelishi muhimroq. Nima uchun? Chunki siz kostyumni yechishingiz mumkin, bu holda ko‘rinishda faqat ko‘ylak va galstuk qoladi, shuning uchun kiyimni tanlashda aynan mana shu narsaga e’tiboringizni qarating.
Agar rang tanlashda qiynalsangiz, yaxshisi bir rangdagi ko‘ylakni tanlang. Agar qanday ko‘ylak kiyishni bilmasangiz, oq rangni (och ranglar, ayniqsa och zangori rang ko‘ylaklar) tanlang, chunki u amaliy jihatdan barcha galstuklar va kostyumlarga mos kelaveradi.
Klassik ranglarni tanlang. Aynan ushbu ranglarda kostyumlar yarashiqli bo‘ladi, buning ustiga yorqin rangdagi kostyumlar hammaga ham yarashavermaydi (bu yorqin ranglarni kiymang degani emas – faqat buning uchun mos keladigan tashqi ko‘rinish ham kerak). Bu borada eng muvaffaqiyatli variantlar qora, kul rang, to‘q ko‘k va ba’zida jigar rang hisoblanadi. Bu ranglar ulug‘vorligi tufayli rasmiy tadbirlar uchun ideal darajada mos keladi, ular turli ranglardagi ko‘ylaklar va galstuklar bilan ham mos kelaveradi.
Pastdagi chizmada: kostyum markazda, markaz bilan chetki doira o‘rtasida ko‘ylak va tashqi tomonda ularga mos keladigan galstuk tasvirlangan (3-rasm).
Yaxshi ko‘ylak va galstukni va kostyumni tanlab bo‘ldingiz deylik, biroq bu hali ish oxiriga yetdi degani emas. Endi siz, aynan o‘zingizga mos keladigan shimni topishingiz zarur, bu ham oson ish emas. Xo‘sh shimning o‘lchamini qanday tanlash kerak?
Kostyum bilan kiyiladigan shimlar belda, tos suyagidan yuqorida, kindik tagida turishi kerak. Kiyganingizda shimning orqa tomoni juda ham yopishib turmasligi, shu bilan birga barcha joylari osilib ham turmasligi zarur. Cho‘ntaklari qappayib qolmasligi, dazmol chizig‘i “sinmasligi” zarur. Barchasi tekis va sizning harakatlaringizni cheklamasligi kerak. Rasmga diqqat qiling (4-rasm).
Shimlarni sizning did va ta’bingizning mohiyatini belgilovchi elementlardan biri desam adashmayman. Ammo ko‘plab hollarda yosh yigitlar va ba’zan katta kishilar ham shimni qanday qilib to‘g‘ri tanlash kerakligini bilishmaydi. Mening nazarimda ko‘pchilik erkaklar birinchi, yoxud juda borsa ikkinchi bo‘lib uchragan shimni albatta sotib olishadi, sotuvchi esa tomog‘ini yirtib “Ushbu shimlar aynan sizga mos, boshqa hech kimga emas” deb ishontirishadi. Nima, siz o‘zingizdan ham, ko‘proq begona odamga ishonasizmi? O‘ylaymanki yo‘q. Men aynan shuning uchun ham ushbu maqolani yozishga qaror qildim.
Shimlar qanday mos kelishi zarur degan masalani batafsil qarab chiqishdan oldin sizning e’tiboringizni shimning pastki qismidagi taxiga (qat, buklangan joyi) qaratmoqchiman. Mening fikrimcha bu borada aniq qoida yo‘q. Barchasi shimni tanlashdagi didga, sizning kiygan poyabzalingizga va albatta bo‘y-bastingizga (gavda bichimi, qaddi-qomat, jussa, bichim) bog‘liq. Shimning taxi masalasida quyidagi 4 ta qoida mavjud: to‘liq qatlangan, yarim qatlangan, chorak qat va qatsiz. Bu yerdagi farqni anglash uchun poyafzalning orqa tomoniga qarash zarur bo‘ladi. Agar shim qatsiz bo‘lsa, shimning pochasi poyabzal orqa tomonini ozgina qoplaydi. To‘liq qatlangan holatda esa pochalar poyabzalning orqa qismini to‘liq egallaydi va poyabzal tagining bir qismigina ko‘rinib turadi (5-rasm).
Agar siz qatlanmaydigan shimni tanlagan bo‘lsangiz, u holda yurgan paytingizda shimingiz bir oz ko‘tariladi va poypoqlaringiz ko‘rinadi. Stulda o‘tirgan paytingizda ham xuddi shunday bo‘ladi. Bunday vaziyatda poypoqlar uzunroq bo‘lishi tavsiya qilinadi, chunki oyoqlarning yalong‘och qismi ko‘rinishi kerak emas.
Agar siz qatlanadigan shim tanlagan bo‘lsangiz. Yurgan paytingizda u to‘g‘irlanadi va o‘tirgan paytingizda poypoqlaringizning ko‘rinadigan qismi ochilmaydi.
An’anaviy shimlarni tanlashda qo‘shimcha ravishda quyidagilarni maslahat berishim mumkin. Shimlarning o‘lchamlari alohida tanladi, faqatgina bir nechta eslatmalarni beraman.
Tugmalari qadalgan shim va kiygan ko‘ylagingiz orasidagi joy ko‘p bo‘lmasligi ma’qul. Ikkita barmoq kirsa yetarli bo‘ladi. Aks holda kamarni tortganingizda shimning belida turli tirishlar va deformatsiyalar yuzaga keladi.
Agar shimning uzunligini tanlashda qiynalsangiz, pastki qismida qatlanish ko‘p bo‘lmaydiganini tanlang va poyafzalingizning orqa qismini yarim yopib tursin.
Agar siz cho‘kkalab o‘tirganingizda ortiqcha torlik/kenglikni his qilsangiz, bilinki bu sizning o‘lchamingiz emas.
Agar o‘z o‘lchamingizni topa olmasangiz, boshqa ishlab chiqaruvchini izlang. Lekalo va bichim (andoza) hammada har xil. Albatta boshqa tikuvchida sizbopi topiladi.
Imkoni boricha beldagi qatlanishlar bo‘lmagani ma’qul.
Mana kostyum va shimning o‘lchamlarini ham tanlab bo‘ldik. Endi navbat poyabzalga. Bu yerda asosiy mohiyat poyabzal va kostyumning ranglarini mos keltirishda. Demak rasmga e’tiboringizni qarating (6-rasm).
Bugungi kunda turli rangdagi fotbolkalar, ko‘ylaklar, sviterlar, jinsilar va turli bichimdagi shimlar yoshlar va katta yoshdagi kishilar orasida ham ommalashib bormoqda. Ammo ularni kiyishda ham o‘ziga xos ko‘rinmas chegaralar mavjud.
Ko‘pchilik orasida axmoqxona ko‘rinmaslik uchun katta yoshdagi kishilar uchun yana bir nechta tavsiyalarim bor. Rasmga e’tiboringizni qarating (7-rasm).
Yuqoridagi maslahatlar asosan tana tuzilishi barvasta (ortiqcha semirmagan) erkaklar uchun qo‘l keladi. Shuni unutmangki, juda ko‘p narsalar har birimizning o‘zimizgagina xos bo‘lgan o‘ta shaxsiy xususiyatlarimizga bog‘liq bo‘lib, qaysidir qoidalar yaxshiroq, qaysi birlari esa kamroq ish berishi mumkin.
So‘ngi so‘z o‘rnida shuni aytishim mumkinki, doimo o‘zingizning o‘lchamngizni tanlashga va o‘zingizning “tikuvchingiz”ni topishga harakat qiling. Chunki kiyim-kechak tikuvchilar turli leklalalar bilan ishlaydilar va odamning tana tuzilishiga nisbatan har birining o‘ziga xos me’yorlari mavjud.
Turk kiyimlarining o’lchamini tanlash uchun qo’llanma
Turkiya kiyimlarining o’lchami (razmeri) uchun alohida tizim mavjud emas. Turk brendidagi kiyimlar Yevropa o’lchov tizimidan foydalanadilar. Kiyim tanlash uchun esa uning o’lchami muhim ahamiyatlidir.
Turkiyadan kiyim buyurtma berish uchun tovar ssilkasini ko’chirib oling. Uni pastdagi formaga joylab qolgan qatorlarni ham to’ldiring. Biz uni sotib olib uyingizga yetkazib beramiz.
Turk brendidagi kiyim o’lchamini tanlash
Kiyim o’lchamini aniqlash uchun sizga quyidagi parametrlar kerak bo’ladi:
- ko’krak qafasi aylanasi uzunligi (sm);
- bel aylanasi uzunligi (sm);
- toz suyagi (kindikdan ozgina pastda joylashgan) aylanasi uzunligi (sm);
- qo’l uzunligi (sm)
Barcha brendlar santimetr o’lchov birligidan foyladalanadi. Mana shu o’lchamlarni bilsangiz, sizga hech qanday kiyim tanlash uchun moslama kerak bo’lmaydi. O’lchamlarni aniq xisoblashingiz uchun har biri haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Ko’krak qafasi aylanasi uzunligi – qo’ltiq ostidan sal pastroq qismni, ko’krakning qavariq qismi bilan birga qo’shib o’lchanadi.
Bel aylanasi uzunligi – qorinning suyagi yo’q yumshoq qismi aylanasi o’lchanadi.
Toz suyagi aylanasi uzunligi – bu qism kindikdan ozgina pastda joylashgan bo’ladi. Qo’l bilan paypaslaganda bo’rtgan suyakni sezasiz. Ana o’sha qismning aylana uzunligi tushuniladi.
Qo’l uzunligi – buni o’lchash qiyinchilik tug’dirmasa kerak. Faqat o’lchashda yelkadan kaftning boshlanishigacha xisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kiyim o’lchami aniq bo’lishi uchun yuqoridagi o’lchashni 2-3 marta takrorlang. Agar qo’lingizda o’lchovchi santimetrli tasma bo’lmasa, u holda, qalinroq ipdan foydalaning. Avval ip bilan uzunlikni belgilab olib, so’ng uni oddiy lineyka yordamida uzunligini aniqlash mumkin.
Yanada aniq bo’lishi uchun o’lchov tasmasini siqib, tarang tortib o’lchamang. Tasmani salgina bo’sh tutib so’ng o’lchash maqsadga muvofiq. Quyidagi rasmlarda yanada tushunarli qilib ko’rsatilgan.
Qiziqarli malumotlar
Oyoq kiyimlar 2023 erkaklar uchun