O’yin dasturchisi: Bu kasbga qanday erishiladi ?

O’yin dasturchisi: Bu kasbga qanday erishiladi ?

Ushbu maqola kimlar uchun foydali ? Siz o’yin industriyasiga qiziqsangiz va qisqa fursatlar ichida ushbu sohaga kirib unda o’zingizni mahoratingizni ko’rsatishga intilsangiz lekin buning uchun aynan nimadan boshlashni , nima qilishni bilmasangiz u holda ushbu maqola siz uchun.

Nega o’yin sanoatida yillar davomida dasturchilar tanqisligi kuzatilmoqda?

Quyida InGame Job-dan 2021 yilning so‘nggi choragidagi bo‘sh ish o‘rinlari statistikasi keltirilgan. O’yinlarni ishlab chiqish bo’yicha barcha bo’sh ish o’rinlarining deyarli uchdan bir qismi dasturchilar uchun. Men so’nggi ma’lumotlarni 2020 yilgi Mehnat bozori tadqiqotlari bilan solishtirdim. O‘shanda dasturchilar deyarli bir xil 29% ni tashkil qilgan.

Quyida o‘yinlarni ishlab chiqish bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari joylashgan InGame Job platformasidan 2021-yilning so‘nggi choragidagi bo‘sh ish o‘rinlari statistikasi keltirilgan.

oyin dasturchisi bu kasbga qanday erishiladi 660f69deb9fad

Dasturchilar o’yinlarning «o’yin» bo’lishini belgilaydigan insonlar , bu sohada ish o’rinlari juda ko’p , o’yin uchun 3D obyektlarni chizish , musiqa bastalash , effektlar bilan ishlash lekin aynan dasturchilar o’yinlarga qaysidir ma’noda «jon» beradigan insonlardir. Personajlarning harkatlanishi va fizikasiga javobgar divijok, (engine) lar yozadigan kasb egalarisiz bugungi kunda hech qanday zamonaviy o’yinni tasavvur qilish qiyin.

-Juda soz! Nimadan boshlash kerak ?

-Asoslarni o’rganishdan. Unity ni tanlang.

Unity C# dasturlash tilidan foydalanadi. Unity shuningdek ‘Bolt’ vizual dasturlash tizimini qo’llab-quvvatlaydi, bu o’yin mantig’ini kodsiz yozishga yordam beradi. Bu o’yindagi mavjud mantiqlarni bir qator ham kod yozmasdan vizuallashtirish imkonini beradi lekin to’la qonli o’yin dasturchisi bo’lish uchun C# dasturlash tilini bilishingiz va dasturlash asoslaridan habaringiz bo’lishi kerak.

Unity-ning o’zida ham tilni, ham dvijokni o’zlashtirishga yordam beradigan ajoyib qo’llanmalar mavjud. Platforma «Unity Learn» deb nomlanadi. Bu orqali siz Unity dvijokida ishlashdan tashqari C# dasturlash tilini ham o’rganib olasiz.

Biror bir kurs orqali dasturlash asoslari va C# dasturlash tilini yaxshi o’zlashtiring, OOP tamoyillari tilning asosiy imkoniyatlari , algoritmlarga ko’proq urg’u bergan holda ko’niklaringizni asta sekin ko’paytirib boring.

StackOverflow — Unity bilan bog’liq muammolarning 99% yechimini shu yerda topish mumkin. Kimdir allaqachon ularga duch kelgan va bu haqda yozib qoldirgan.

Agar siz 99% foydalanuvchilar qatorida emas 1% ni ichida bo’lsangiz u holda boshqa Unity forumlari yoki tajribali dasturchilar ko’magidan foydalaning

Yangi boshlovchilar uchun yakuniy maslahat

Agar siz ushbu maqolani o’qigan bo’lsangiz, unda siz Unityni yuklab olish uchun yetarlicha motivatsiyaga egasiz. Shunchaki yuklab oling va boshlang. Kuniga 30-60 daqiqa vaqt ajrating va bu sizga yoqadimi yoki yo’qmi, qatiyat bilan o’rganing. O’zingizga kichik vazifalar qo’ying va har kuni bittasini bajaring.

Masalan:

  • bugun men Unity-ni yuklab olaman;
  • ertaga men har qanday bepul o’yinni o’rnataman va uni o’ynayman;
  • ertaga men o’yin kodining bir qismini o’qiyman va hokazo.
  • Vazifalar oddiy, lekin bajarilishi mumkin bo’lsin. Yulduzlar birlashadigan va bo’sh vaqt ko’p bo’ladigan sehrli soatlarni kutishni bas qiling.

Harakat qiling!

Unreal Engine haqida yozishimizni istaysizmi ? Fikr qoldiring.

Umumiy Dasturlash
O’yin dasturchisi: Bu kasbga qanday erishiladi ?