Oybek (1905–1968)
Oybek (1905–1968)
DO`STLARGA ULASHING:
XX asr oʻzbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida boʻzchi oilasida dunyoga keldi.
Oldin oʻrta maktabda, 1922–1925 yillarda esa Toshkent taʼlim va tarbiya texnikumida tahsil oldi. Soʻngra Oʻrta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqishini davom ettirdi. 1930 yili universitetni tugatib, shu yerda siyosiy iqtisoddan dars berdi.
Yor ketdi, koʻzim bulogʻi qoldi,
Siynamda tirik firoqi qoldi.
Ishq xotirasi kabi sochimning
Yoshlikda koʻpaygan oqi qoldi…
deydi.
“Oltin vodiydan shabadalar” (1949) asarida xalqimizning urushdan soʻnggi davrdagi yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” (1958) romanida Ikkinchi jahon urushi fojialari oʻz ifodasini topgan. Adibning “Ulugʻ yoʻl” (1967) asari esa “Qutlugʻ qon” romanining mantiqiy davomi boʻlib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini koʻrsatadi.
Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, kurash va intilishlarini “Pokiston xotiralari” ocherklarida, qator sheʼrlari, “Zafar va Zahro”, “Haqgoʻylar” dostonlarida, nihoyat, “Nur qidirib” qissasida tasvirlagan. Adibning “Bolalik xotiralarim” avtobiografik qissasi 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, yaʼni Oybekning oʻzidir.
Oybek isteʼdodli shoir, yirik nosir boʻlibgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi, tarjimon va jamoat arbobi hamdir. Oʻzbek kitobxoni Pushkinning “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romanini, Lermontovning “Maskarad”, Molyerning “Tartyuf” dramalarini, shuningdek, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida oʻqishga muyassar boʻlgan.
Oybek 1943 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy aʼzo etib saylanadi va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar boʻlimining raisi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi boʻlib ishlaydi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashda katta hissa qoʻshgan ustozdir.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek 2000 yil oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.
Oybek (1905–1968)