Oy haqida sher oymomo eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Oy haqida sher oymomo eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Tun chirog‘i oy yani oymomo haqida kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘plamini qabul qiling.

Oy osmon uzra

Аtrofga nur sochadi,
Oʼziga yoʼl ochadi.

Yumib — ochsam koʼzimni,
Tongda koʼrdim oʼzimni.

Yulduzlar boʼlgan gʼoyib,
Qushlar kuylar ajoyib.

Qorongʼulik tark etgan,
Kunduz uni gʼarq etgan.

Quyosh nurini sochgan,
Аyting, oy qayga qochgan!

Tun chirog‘i oymomo

Qurullagan qurbaqa,
Balki qilgandir xafa?!
Suvda jimirlar shu’la,
Buloq aytar ashula:

«Oymomojon rom bo‘ldi,
Yulduz kulcha non bo‘ldi».
Oyni debmi shirmoy non,
Daydi it yig‘lar chunon.

Bu ishing bo‘ldi chakki,
Deb ukki berdi dakki.
Gulzorda nomozshomgul,
Oyga mahliyo butkul.

Taratar xushbo‘y ifor,
Atrof sokin, yo‘q g‘ubor.
Oy quyoshga dugona,
Bir-biriga hamxona.

Demak, go‘zal mohitob,
Do‘stin qidirar shitob.
Bo‘g‘zigacha to‘lib suv,
Hovuz yotar pastda – huv.

Oy sayr qilar hamon,
Suzadi hovuz tomon.
Tiniq suv bo‘lib ko‘zgu,
Oymomo ko‘rdi o‘zni.

Dedi, ko‘kdagi gulman,
Yerga g‘amxo‘r singilman.
Tun ham behad chiroyli,
Men borligim tufayli!

Sayrdan mamnun bo‘lib,
O‘zidan ko‘ngli to‘lib,
Sekin yorisharkan tong,
Oy qaytdi uyi tomon.

Ergashdi Zuhro yulduz,
Olamga qoldi kunduz.

Oy ona emish

Oy anhorda qulun toy

Atrofim to’la saf-saf,
Ming-ming yulduz ora man.
Barin sidirg’a chayqab,
Yerga sudrab boraman.

Yerda: novda, gul, barglar,
Aksi kashta singari.
Sel unutgan ko’lmaklar
Misli oyning singani.

Yonadi parcha-parcha.
Shabnam naq yel sochgan chog’.
Har nurda shodlik qancha,
Har soya sirga to’lig’.

Sayxonlar naq nur maydon,
Uyquda barcha tovush.
Inida uxlar nodon,
Latofatni sezmas qush.

O’zimga tashlayman ko’z:
Ko’ksim, qo’limda shu’la.
Osmonga tutaman yuz,
Yel silar yog’du qo’l-la.

Eh, umr yarmin yutib,
O’tgan tunlardami ayb?
Endi bu ko’rkni tutib,
Kunduzga bermasam hayf?

Oymomojon faqat sen kerak

Quvonch kelay desa yonimga,
Kulishmasin desam ayanchli ahvolimga.
Oymomojon soddaginam shunga sen kerak,
Shavqat qil kel aylan bahorimga…

Bilaman men senga kerak emas,
Sen doim tilagan tilak emas.
Qalbimni qiynab hayollarim ezar,
Soyabon bo’lmayman qayg’urmayman bo’ldi bas…

Oymomojon, oymomo

Yuzlari oq farishtam,
ham ozoda sarishtam.
Bir jonimga jon rishtam,
Volidamni qaytib ber!

Tinmas, ko’zlarimdan yosh,
Bo’ldim gumroh va bebosh.
Ham hilolim, ham quyosh,
Volidamni qaytib ber!

Duo qilib yursaydi,
Baxtimni but ko’rsaydi.
Mani jonim olsaydi,
Volidamni qaytib ber!

Kelinin ko’rib qolsin,
Qo’llaridan choy olsin.
Yuragimdan joy olsin,
Volidamni qaytib ber!

Xuvillab qolgan uyim,
O’g’irlab olgan o’yim.
Befayz o’tmasin to’yim,
Volidamni qaytib ber!

Dod deyman firoqlarda,
Ko’z yoshim qaroqlarda.
Yursa ham yiroqlarda,
Volidamni qaytib ber!

Ertayu kech rizq tergan,
Chaynab chaynab non bergan.
Farzand uchun jon bergan,
Volidamni qaytib ber!

Qo’llari qadoq edi,
Sochlari oppoq edi.
Shoirim meni derdi,
Volidamni qaytib ber!

Qaddim, qadrim bukilgan,
Qora sochim to’kilgan.
Taqdirimga bitilgan,
Volidamni qaytib ber!

Jannatdagi jannatim,
Duosi beminnatim.
Ko’rmay ketgan rohatim,
Volidamni qaytib ber!

Oymomojon oymomo,
Kelgin alla aytib ber.
Mayli mani jonim ol,
Volidamni qaytib ber!

Oymomoni izladim

Oy haqida sher oymomo eng sara sherlar to‘plami
oy haqida sher oymomo eng sara sherlar toplami 3

Necha bahorim o‘tdi gul atriga begona,
Shamoldayin shoshgani — yo‘l qadriga begona,
Qaysi oshiq, axir, ayt ishq dardiga begona,
Oymomojon, o‘zingni so‘roqlardan izladim.

Paykarmiding, bilmadim, suvlarda oqqim keldi,
Baliqlarga aylanib ortingdan chopgim keldi,
Eh, bilsayding, shunchalar o‘zingga yoqqim keldi,
Oymomojon, o‘zingni qirg‘oqlardan izladim.

Qaylarga uray boshim, dog‘larga yetolmasman,
Qadginamni dol qilgan tog‘larga yetolmasman,
Shunchalar sog‘intirgan yoqlarga yetolmasman,
Oymomojon, to‘zimni yiroqlardan izladim.

To‘zib ketdi xayolim, to‘zon bo‘lib qoldim men,
O‘z qalbimga sig‘mayin zindon bo‘lib qoldim men,
Hasratlarga ko‘milgan armon bo‘lib qoldim men,
Oymomojon, o‘zingni firoqlardan izladim.

Sherlar
Oy haqida sher oymomo eng sara sherlar to‘plami