Oxirgi 20 yilda eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar ma`lum bo`ldi

Oxirgi 20 yilda eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar ma`lum bo`ldi

O`limga olib keluvchi kasalliklar bo`yicha JSST tomonidan  tadqiqot o`tkazildi.  Natijalarga ko`ra, so`nggi 20 yil ichida odamlar yuqumli bo`lmagan kasalliklar: yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va saraton kasalligidan ko`pchilik vafot etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Quyida 2 yil kesimida eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar bilan tanishishingiz mumkin (2019 yil bo`yicha):

  • yurak ishemik kasalligi;
  •  surunkali obstruktiv o`pka kasalligi;
  • quyi nafas yo`llari infeksiyalari;
  • yuqumli kasalliklar;
  •  traxeya, bronxlar va o`pka saratoni;
  • Alsgeymer kasalligi;
  • diareya (yuqumli kasallik);
  • qandli diabet;
  • buyrak kasalligi.

Yurak ishemik kasalligi  o`limning asosiy sababi bo`lib qolmoqda. Bu dunyodagi barcha o`limlarning 16 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, so`nggi 20 yil ichida ushbu kasallikdan o`lganlar soni 2 milliondan oshib, yiliga qariyb 9 millionga etdi.

Eng xavfli yuqumli kasallik quyi nafas yo`llari kasalliklari bo`lib qolmoqda, shu jumladan virusli pnevmoniya (ko`pincha bu COVID-19 o`limiga sabab bo`ladi) ham. 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Oxirgi 20 yilda eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar ma`lum bo`ldi