OVULYATSIYA

OVULYATSIYA

OVULYATSIYA (lot. orum — tuxum) — tuxum hujayralarining tuxumdondan tana boʻshligʻiga chiqishi. Urgʻochi sut emizuvchi hayvonlarda va ayollarda Ovulyatsiya vaqtida yetuk tuxum hujayrasi boʻlgan Graaf pufakchasi yoriladi va Ovulyatsiya davri kechadi. Ovulyatsiyani, asosan, gipofiz gormonlari boshqaradi. Homiladorlik boshlanishi b-n O. toʻxtaydi (yana q. Hayz).

Ensiklopediya.uz
OVULYATSIYA