Ovulyasiya nima? to’liq malumot oling
Ovulyasiya nima?
Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni;
Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak;
Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi;
Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin.
Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.
Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan tuxum hujayralarning ozod bo’lishiga olib keladi, bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi.
Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin faqatgina 24 soat ichida urug’lantirilishi mumkin. Agar u urug’lantirilmasa, bachadon qobiq shilliq qavati rad etilishi sodir bo’ladi (tuxum hujayra bilan birga) va ayolda hayz boshlanadi. Ushbu vaqtda navbatdagi hayz sikli boshlanadi.
Boshqa mavzular
Ovulyasiya nima?