Ovqatdan zaharlanishning oldini oling

Ovqatdan zaharlanishning oldini oling

Ovqatdan zaharlanishning oldini oling

Mundarija скрыть
Ovqatdan zaharlanishning oldini oling
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Аyni yoz oylarida havo isib, yeguliklarning tez buzilishi kuzatiladi. Bu esa ayniqsa yosh bolalarda ovqatdan zaharlanib qolish holatlarini keltirib chiqaradi. Chunki sifati buzilgan yeguliklarni bolalar bilib-bilmay isteʼmol qilishadi, oqibatda oshqozon ishi buzilishi yoki ichak infektsiyalari bilan kasallanishlar roʼy beradi.
ovqatdan zaharlanish 624x351 1
Yozning issiq oylari boshlanishi bilan quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur:
Saqlanish muddati oʼtgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmang!
Koʼcha-koʼyda usti ochiq holda sotilayotgan yeguliklarni xarid qilmang!
Unutmang, uy sharoitida tayyorlangan muzqaymoq va kremli qandolat mahsulotlarining sifati buzilgan boʼlishi mumkin!
Ovqatdan zaharlanish ayniqsa bolalarda tez rivojlanib boradi va koʼpincha noxush oqibatlar bilan tugaydi. Buning bir qancha sabablari bor.
Jumladan:
bolalarda jigarning himoya faoliyati sust boʼladi;
ichaklarning meʼyoriy mikroflorasi tez izdan chiqadi;
buyraklarining filьtrlash qobiliyati sust rivojlangan boʼladi;
yosh organizm tashqi taʼsirlarga oʼta sezuvchan hisoblanadi.
Yuqorida sanab oʼtilgan omillar bolalarda ovqatdan zaharlanishning kattalarga qaraganda koʼproq uchrashi va ancha qiyin kechishini ifodalaydi. Kasallikning bir nechta belgilari borki, ular “Tez yordam” shifokori yetib kelguniga qadar ovqatdan zaharlanish tashhisini qoʼyishga yordam beradi.
Bunday alomatlar quyidagilar:
koʼngil aynishi va qayt qilish;
suyuq ich ketishi;
qorin boʼshligʼi sohasida ogʼriq;
bosh ogʼrigʼi;
tana haroratining koʼtarilishi;
ishtaha yoʼqolishi;
holsizlik;
ogʼiz qurishi;
bosh aylanishi.
Shunday holatlar roʼy berganda bolani imkon qadar shifoxonaga eltish kerak. Аks holda qayt qilish va tana harorati koʼtarilishi bolada koʼp suv yoʼqotishni yoki umumiy holsizlik kelib chiqishini tezlashtiradi, koʼngil aynishi esa uzoq vaqtgacha ishtaha yoʼqolishiga sabab boʼladi.
Bolalarda ovqatdan zaharlanishning oldini olishga yordam beradigan maslahatlarimiz quyidagicha:
ovqatlanishdan avval har safar qoʼllarni sovunlab yuving;
umumiy hojatxonadan foydalanganda tozalikka rioya eting;
taomlarni har gal yangidan pishirib isteʼmol qiling;
meva-sabzavotlar va koʼkatlarni yaxshilab yuvib, qaynagan suvda chaying;
doʼkondan olingan yeguliklar (jemli shirinkulcha, kremli pishiriqlar singarilar) ning qadogʼidagi saqlanish muddatiga eʼtibor qarating;
pishirilgan taomlarni yoki xarid qilingan yeguliklarni albatta muzlatgichda saqlash zarur;
koʼchadan uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olmang.
Bolalarning yoz faslida ovqatlanishini kattalar qatʼiy nazorat qilishlari lozim. Shuningdek, oilada umumiy gigiena qoidalariga amal qilish juda muhim. Bu narsa bolalarda ovqatdan zaharlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Olьga NIYaZOVА,
Toshkent tibbiyot akademiyasi
“Bolalar, oʼsmirlar va ovqatlanish
gigienasi kafedrasi” mutaxassisi.

Ovqatdan zaharlanishning oldini oling