Ovqatdan zaharlanish — yoz muammosi! haqida malumot

Ovqatdan zaharlanish — yoz muammosi! haqida malumot

Ayni yoz oylarida havo isib, yeguliklarning tez buzilishi kuzatiladi. Bu esa ayniqsa yosh bolalarda ovqatdan zaharlanib qolish holatlarini keltirib chiqaradi. Chunki sifati buzilgan yeguliklarni bolalar bilib-bilmay iste’mol qilishadi, oqibatda oshqozon ishi buzilishi yoki ichak infeksiyalari bilan kasallanishlar ro‘y beradi.

Diagnostika va muolajalar

ovqatdan zaharlanish

Yozning issiq oylari boshlanishi bilan quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur:

  • Saqlanish muddati o‘tgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmang!
  • Ko‘cha-ko‘yda usti ochiq holda sotilayotgan yeguliklarni xarid qilmang!
  • Unutmang, uy sharoitida tayyorlangan muzqaymoq va kremli qandolat mahsulotlarining sifati buzilgan bo‘lishi mumkin!

Ovqatdan zaharlanish ayniqsa bolalarda tez rivojlanib boradi va ko‘pincha noxush oqibatlar bilan tugaydi. Buning bir qancha sabablari bor.

Jumladan:

  • bolalarda jigarning himoya faoliyati sust bo‘ladi;
  • ichaklarning me’yoriy mikroflorasi tez izdan chiqadi;
  • buyraklarining filtrlash qobiliyati sust rivojlangan bo‘ladi;
  • yosh organizm tashqi ta’sirlarga o‘ta sezuvchan hisoblanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan omillar bolalarda ovqatdan zaharlanishning kattalarga qaraganda ko‘proq uchrashi va ancha qiyin kechishini ifodalaydi. Kasallikning bir nechta belgilari borki, ular “Tez yordam” shifokori yetib kelguniga qadar ovqatdan zaharlanish tashhisini qo‘yishga yordam beradi.

Ovqatdan zaharlanish alomatlar quyidagilar:

Shunday holatlar ro‘y berganda bolani imkon qadar shifoxonaga eltish kerak. Aks holda qayt qilish va tana harorati ko‘tarilishi bolada ko‘p suv yo‘qotishni yoki umumiy holsizlik kelib chiqishini tezlashtiradi, ko‘ngil aynishi esa uzoq vaqtgacha ishtaha yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Bolalarda ovqatdan zaharlanishning profilaktikasi:

  • ovqatlanishdan avval har safar qo‘llarni sovunlab yuving;
  • umumiy hojatxonadan foydalanganda tozalikka rioya eting;
  • taomlarni har gal yangidan pishirib iste’mol qiling;
  • meva-sabzavotlar va ko‘katlarni yaxshilab yuvib, qaynagan suvda chaying;
  • do‘kondan olingan yeguliklar (jemli shirinkulcha, kremli pishiriqlar singarilar) ning qadog‘idagi saqlanish muddatiga e’tibor qarating;
  • pishirilgan taomlarni yoki xarid qilingan yeguliklarni albatta muzlatgichda saqlash zarur;
  • ko‘chadan uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olmang.

Bolalarning yoz faslida ovqatlanishini kattalar qat’iy nazorat qilishlari lozim. Shuningdek, oilada umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish juda muhim. Bu narsa bolalarda ovqatdan zaharlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

© Olga NIYAZOVA,
Toshkent tibbiyot akademiyasi
“Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish
gigiyenasi kafedrasi” mutaxassisi.
«Sihat-salomatlik» jurnali.

Kasalliklar
Ovqatdan zaharlanish — yoz muammosi!