Ovqat mazali bo’lishi uchun 5 tavsiya

Ovqat mazali bo’lishi uchun 5 tavsiya

Ovqat mazali bo’lishi uchun 5 tavsiya

DO`STLARGA ULASHING:

  1. Qozonga yog’ solishdan avval uni biroz olovda toblang. Shunda qozondagi namlik ketib mikroblardan forig’ bo’ladi.
  2. Sabzavotlar tobida qovurilishiga ahamiyat bering. Hatto ovqat masalliqlari ham yaxshi qovurilsa mazali chiqadi.
  3. Suyuq ovqatga ziravor solishga shoshilmang. Aksariyat ayollar sho’rvani ham zira, murch va kashnich urug’i bilan siylab, asl ta’mini buzib qo’yishadi.
  4. Ovqat suzishdan sal avval unga maydalangan sarimsoqpiyoz va ko’kat qo’shing. Shunda ular o’z ta’mini yo’qotmay, ovqatga ta’m beradi.
  5. Nihoyat ovqatni suzish onlari ham yaqinlashmoqda. Uning tuzini avval o’zingiz tatib ko’ring, so’ng suzing. Eng muhimi, ovqatning ko’rinishi a’lo bo’lishi lozim. Uni ko’katlar bilan ham siylash yodingizdan chiqmasin.
e8115831 c26e 4920 a299 49dfb2618d48
164918449

Kotletlar yaxshi qizarishi uchun

Kotletlar yaxshi qizarishi va mazali bo’lishi uchun qiymaga mayda to’g’ralgan, xom va salgina qovurilgan piyoz (teng miqdorda) hamda biroz xom kartoshka qo’shish kerak. Qolaversa, kotletni qovurishda avvaliga olov baland bo’lishi kerak. Bu kotletlar usti qizarib, po’stloq hosil qilishi va ichidagi shirasi oqib ketmasligini ta’minlaydi. Ikkala tomoni shu usulda qizartirib olingach, o’rtacha olovda pishirishni davom ettirish lozim.

Baliqni maromiga etkazib qovuramiz.

Uy bekalari ko’pincha baliqni qovurayotganda uning maydalanib ketishidan nolishadi. Baliq tilla rangga kirib mazali pishishi uchun qovurishdan 10-15 daqiqa oldin uni sochiq bilan artib, quritib, darhol tuzlab qo’yish kerak. Shuningdek baliq qovurayotganda hidi juda kuchli bo’lmasligi uchun o’simlik moyiga bitta xom kartoshka (tozalangani)ni bo’laklarga bo’lib solish kerak.

Ovqat mazali bo’lishi uchun 5 tavsiya