OVQAT HAZM QILISH
OVQAT HAZM QILISH — odam va hayvonlar organizmida ovqatning mexanik va kimyoviy qayta ishlanish jarayoni, bunda oziq moddalar soʻrilib hazm boʻladi, parchalanish mahsulotlari va hazm boʻlmay qolgan moddalar esa organizmdan chiqariladi. Ovqat hazm qilish natijasida murakkab kimyoviy moddalar organizm oson oʻzlashtira oladigan oddiy moddalarga aylanadi. Ovqat hazm qilishning hujayra ichida va hujayradan tashqarida sodir boʻladigan xillari bor. Hujayra ichida Ovqat hazm qilish (IM. Mechnikov kashf etgan) bir hujayralilar, ayrim tuban koʻp hujayralilar (gʻovaktanlilar), yuksak koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari (leykotsitlar, mononuklear fagotsitlar va b.) uchun xos. Bu jarayonda hujayra oziq moddalarni faol yutib, sitoplazma fermentlar yordamida Ovqat hazm qilish vakuolalari ichida parchalaydi.
Ensiklopediya.uz
OVQAT HAZM QILISH