OVCHI QUSHLAR

OVCHI QUSHLAR

OVCHI QUSHLAR, ovga oʻrgatilgan qushlar — yirtqich hayvonlar va parrandalarni ovlash va havaskorlik sporti maqsadida foydalaniladigan yirtqich qushlar (burgut, lochin, qarchigʻay, qirgʻiy). Oʻrgatilgan Ovchi qushlar bilan ov qilish Oʻrta Osiyoda 10 — 17-a. larda, ayniqsa, ommaviy tus olgan. Hoz. paytda bunday ov Abxaziya va Ajariyada (qir-gʻiy bilan bedana ovlash), Qirgʻiziston va Qozogʻistonda (burgut b-n tulki, quyon va boʻri ovlash, qarchigʻay b-n oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul va quyon ovlash), Turkmanis-tonda (baloban bilan oʻrdak, tuvaloq, quyon ovlash) saqlanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
OVCHI QUSHLAR