OTLIQ ASKARLAR

OTLIQ ASKARLAR

OTLIQ ASKARLAR — qad. dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qoʻshin turi. Otliq askarlar paydo boʻlgunga qadar Misr, Xi-toy, Hindiston va h. k. yurtlarda otlar qoʻshilgan 2 gʻildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. Otliq askarlar alohida qoʻshin turi sifatida ilk bor mil. av. 9-a. da Ossuriya armiyasi tarkibida tashkil etiladi va soʻngra boshqa quldorlik davlatlariga tarqaladi. Mil. av. 6-a. dan eʼtiboran axomaniylar armiyasida Otliq askarlar qoʻshinning asosiy turi boʻlib, qilich va nayza bilan qurollangan ogʻir Otliq askarlar hamda kamon va oʻq bilan taʼminlangan yengil Otliq askarlar mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda Otliq askarlar mil. av. 1-ming yillik 1-yarmidan mavjud boʻlib, saklar, massa-getlar, sugʻdiylar, xorazmiylar qushi-nining asosini tashkil qilgan. Par-fiya Otliq askarlari xam deyarli shunday qurilishga va qurollanishga ega boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
OTLIQ ASKARLAR