O’tkan kunlar kitob pdf

O’tkan kunlar kitob pdf

Буюк аллома Берунийнинг минг йиллик тўйини ўтказиш биргина бу олижаноб сиймонинг тантанаси бўлибгина қолмай, балки бутун фан ва маданиятимиз тантанасидир. Чунки Абу Райҳон Беруний Ўрта Осиё фанини Шарқ фани ютуқлари билан ҳар томонлама чуқур эгаллаб маълум юксакликка эришди, замонасида ва ундан олдин, кейин ҳам ҳеч ким етолмаган чўққига чиқди.

“O`TKAN KUNLAR” ROMANIDA UFURIB TURGAN MILLIY RUH

Barchamizga ma’lumki, ijodkor o’zining “O’tkan kunlar” asari bilan o’zbek romanchiligiga salmoqli hissa qo’shdi va romanchilikka asos soldi. Milliy ruhni to’laqonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror bir vosita badiiy adabiyotga tenglasha olmaydi. Buni chuqur anglab yetgan adib “O’tkan kunlar” romanida mana shu milliy ruh nafasini singdirdi. Va aynan shu milliy ruh asar qahramonlarining taqdirlarida ham o’z ifodasini topdi. Davlatimiz rahbari ham adabiyot haqida gapirar ekan milliy adabiyot, avallo milliy ruhni aks ettirmog’i lozimligini bot-bot o’z nutuqlarida takrorlab keladilar. Hozirgi davr adabiblaridan ham o’zi yaratayotgan asarlarida milliy ruh nafasini har bir qahramonlar timsoli va taqdirlarida namoyon qilishlari lozimligini, milliy ruhini saqlab qolgan millat esa abadiy yashashini alohida ta’kidlaydilar.

Har bir ishiga sitqidildan yondashadigan, talabchan adib barchaga birdek qadrli bo’lgan asar yaratish uchun, puxta tayyorgarlik ko’rish kerak degan g’oyani ilgari surdi va 1917-1918-yillardan boshlab “O’tkan kunlar” romani uchun material yig’ishga kirishdi. Yozuvchi xalqning hayoti, ahvoli, ruhiyatini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. Adib romanni 1919-yildan yoza boshladi. 1922yil “Inqilob” jurnalida romanning dastlabki parchalari chop etildi 1925-yil IIbo’lim, 1926-yilda III-bobi nashr etildi. 1938-yilda esa qadrdon va qadrli bo’lgan asarimiz ilk bora Boku shahrida dunyo yuzini ko’rdi.

Adib o’z asari haqida: “Yozmoqg’a niyatlanganim ushbu – “O’tkan kunlar”, yangi zamon ro’monchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kecha turgan qusur va xatolardan chochib turmadim Moziyg’a qaytib ish ko’rish xayrlik deydilar. Shunga ko’ra mavzuni moziydan, yaqin o’tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlarida bo’lg’an keyingi “xon zamonlari” dan belguladim” , – deydi.

Xon zamonlari va mustabid shurolar hukmronligi davrida xalq butunlay qoloq va achinarli ahvolga kelib qolgan edi. Buni teran anlagan buyuk ma’rifatparvar adiblarimiz o’z harakatlari va yozgan asarlari bilan mudrab yotgan xalqni uyg’otishga da’vat etar ekanlar, ularni mavjud mustabid tuzum amaldorlari tomonidan vatan xoini, xalq dushmani degan tamg’a bilan Sibrga va mehnat tuzatish lagerlariga yuborilganligini Xamza, Behbudiy, Fitrat kabi buyuk adiblarimizning asarlarini o’qib, ularning hayot yo’llarini o’rganish davomida chuqur anglab yetayapmiz. Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari ham aynan ilmga va ma’rifatga chorlovchi asar bo’lganligi uchun shunday ta’ziqlar ostida qoldi. Ya’ni, asar dastlab chop etilganda uni kamsitish va buzib talqin etish hollariga yo’l qo’yildi. M.Sheverdin asar haqida qarashlarini: “Roman avvalo aholining quyi sinf tabaqasi to’g’risida tasavvur bermaydi. Romanni o’qir ekanmiz,o’sha vaqtlarda mehnatkashlarning qanday kun kechirganlari, ularning ahvoli, mafaatlari haqida biror xulosa chiqaraolmaymiz. Aksincha Qo’qon xonligining barcha fuqarolari savdogar bo’lgan va badavlat yashagan, deb o’ylash mumkin” –desa, tanqidchi Sotti Husayn “O’tkan kunlar” haqida yozgan maqolalarida A.Qodiriyni novatorligini 4 payqamay, uni arab yozuvchisi Jo’rji Zaydonning taqlidchisi deb asossiz ravishda ayblaydi. Professor Sobir Mirvaliyev esa adib ijodini puxta o’rganib, xaqiqatdan ham Qodiriy Jo’rji Zaydonni o’zining ustozi deb bilganini alohida ta’kidlab o’tadi ammo u: “ A.Qodiriy iste’dodi, mahorati va tasvirlash uslubi jihatidan ustozidan anch yuqorida edi. Agar J.Zaydon tarixni tavsif etish yo’lidan borsa, A.Qodiriy uni tasvirlash, ko’rsatish yo’lidan bordi. U J.Zaydon kabi tarixchi-xronikachi emas,yozuvchi-san’atkor sifatida maydonga chiqdi. Bu yozuvchining novatorligi edi. Buning ustiga jo’rji zaydon romanlari qahramonlari o’z tili muallifnutqida bir ovozda harakterga keltirsa, Abdulla Qodiriy romanida realistik epik nasrga xos ko’p ovozlik ustivorlik qiladi”,- deydi.

1968-yilda Germaniyaning Berlin shahrida “O’tkan kunlar’’ romani “Toshkentlik sevishganlar” nomi bilan nemis tilida nashr etilgan o’zbekning shoh asarida obrazlari orqali taqdir mavzusi juda chiroyli yoritilgan. Aynan bosh qaxramonlarning emas, balki epizoddagi har bir obrazlar ularning hayot yo’llari va taqdirlari nihoyatta chiroyli va ishonarli qilib tasvirlab berilgan. Bunga biz asarni o’qish jarayonida amin bo’lamiz. Yana bu roman shunisi bilin ham ahamiyatliki, asarda milly tarovat ufurib turadi. Bu xususiyat obrazlarning ichki va tashqi qiyofasida ham, peyzaj va sujet tasvirida ham yaqqol ko’rinadi. Romanda ifodalangan milliy tarovat asar ta’sirligini kichaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kitobxonga xalqimizning urf – odatlari, rasm – rusumlari, mehmon kutish, to’y qilish kabi marosimlariga oid juda ko’p qiziqarli ma’lumotlar beradi Esimni tanibmanki, har doim Kumushning guzal xislatlarini qizlarga o’rnak qilib kelinadi.Agar kimning uyida qiz farzand dunyoga kelsa unga albatta Kumushbibi erkalatib Kumushoy deb ism qo’yishadi. Bu ham bo’lsa Kumushga bo’lgan cheksiz muhabbatdan nishonadir. Ammo meni bir narsa doimo qiynaydi nega hech birimiz Zaynabga havas qilmaymiz? Zaynabni Kumushning achchiq qismatida birinchi galdagi aybdor shaxs sifatida bilamiz-u, lekin hech o’ylab ko’rganmizmi aslida “ achchiq qismat” kimning taqdiri? Zaynabning emasmi!? Aslida u emasmi jabirdiyda!?

“O’tkan kunlar” shunday sehrli asarki, uni har o’qiganimizda xulosalarimiz o’zgarib boradi. Masalan, maktab yoshidagi bolalar o’qisa bolalarcha tushunadi, uni sal ulg’ayib o’z shaxsiy fikriga ega bo’lganda o’qisa ya’ni, kasb- hunar kollej, akademik litsey va oliy uquv yurtlari talabalari yoshiga yetganda yana bir marotaba mutolaaga kirishishsa, asar va uning qahramonlari haqidagi qarashlari butunlay bo’lmasada, qisman o’garadi. Mening o’zimda ham shunday holat yuz bergan. Maktabda o’qib yurga kezlarimda ko’pgina tengqurlarim qatori Kumushni sevib, Zaynabni mutloq qoralaganman. Kumushning yosh umri uvol bo’lishiga, uning taqdiri shu yusunda zavol topishida faqat va faqat Zaynabni aybdor deb bilganman. O’sha kezlarda mening bu fikrimni xech narsa, xech qachon o’zgartira olmasdi. Biroq yaqinda o’qib, Zaynabni ham tushunish kerak, Kumushning o’limida faqatgina u aybdor emas, bunda tantiq qizning o’zi va majnun oshiq Otabek ham qaysidir ma’noda sababchidir degan xulosaga keldim va meni qiynayotgan savollarga o’zimcha javob topgandek bo’ldim. Yo’q, o’zi aslida kimnidir qoralab, kimnidir yoqlay olmaymiz chunki bu- taqdir. Taqdirni esa biz emas, uni eng qudratli zot- Olloh belgilaydi. Ammo shunday bo’lsada, uni qay yo’lga burilishida qaysidir ma’noda o’zimiz sababchi bo’lamizda, keyin taqdirim shu ekan deb, ko’nib qo’ya qolamiz. Aslida taqdirimizdagi salbiy o’zgarishlarga sabab, o’zimizning oxirini o’ylamasdan qilgan xatti-harakatlarimizdir.

Qur’oni karimda yozilishicha inson ona qornida uch oylik bo’lganida unga yaratgan tomonidan taqdiri, hayot yo’li ayon qilinib, undan so’ng shu taqdirga rozi yoki rozimasligi so’ralar ekan. Agar o’sha go’dak o’z taqdiriga rozi bo’lsagina, bu yorug’ olam yuzuni ko’radi, aksincha bo’lsa… Balki shuning uchun ham taqdiri azal deyilar… Nima bo’lganda ham bu yorug’ olamda yashayapmizmi, demak bizning taqdirimiz kimlarningdir hayot yo’lidan yaxshiroq…

O’tkan kunlar kitob pdf

Абу Райҳон Беруний

Sab`ai Sayyor
Janrlar
Teglar
Eng ko’p o’qiladigan adabiyotlar
Ikki eshik orasi
Kichkina shahzoda

Sent-Ekzyuperi, Antuan de

Математика 6
Adabiyot fanidan majmua Ensiklopediya qo’llanma
Ufq

Ўйлар, ҳикматлар, нақллар, шеърлар

Абу Райҳон Беруний

Буюк аллома Берунийнинг минг йиллик тўйини ўтказиш биргина бу олижаноб сиймонинг тантанаси бўлибгина қолмай, балки бутун фан ва маданиятимиз тантанасидир. Чунки Абу Райҳон Беруний Ўрта Осиё фанини Шарқ фани ютуқлари билан ҳар томонлама чуқур эгаллаб маълум юксакликка эришди, замонасида ва ундан олдин, кейин ҳам ҳеч ким етолмаган чўққига чиқди.

Ўн аср олдин Хоразм вилоятида дунёга келган бу мўътабар зот жаҳон фани ва маданиятига чинакам улкан ҳисса қушди. Беруний 150 дан ортиқ асар яратди. Буларнинг баъзилари кичик-кичик рисола — китобча бўлса, кўпи бир-икки жилдли, тўрт юз- беш юз бетли, баъзилари минг бетли китобдан иборат.

Бу китобларни мавзуларга бўлиб чиқсак, Берунийнинг қайси фанга қанчалик эътибор берганлиги ва у билан қанчалар шуғулланганлиги манзараси кўз олдимизга келади. Ушбу китобда алломанинг баъзи асарларидан намуналар келтирилган.

Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar

Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi
davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq
va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari,
«Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda
majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan
tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning
ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining
yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana
shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va
xatolardan cho‘chib turmadim.
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin
o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon
zamonlari»dan belguladim.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy)

Birinchi bo‘lim
1. OTABEK YUSUFBEK HOJI O‘G‘LI

1264-inchi hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan,
tevarakdan shom azoni eshitiladir.
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni Toshkand,
Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish
bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab
hujralariga qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun
kunduzgiga qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab
kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek.
Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga
kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan
bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada
sham’ yona-dir, o‘zga hujralarda yengil tabi’atlik, serchaqchaq kishi-lar bo‘lg‘anida bu
hujraning egasi boshqacha yaratilishda.
Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ g‘avdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik,
mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va
jihoz yog‘idan, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. Qandog‘dir bir xayol

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

www.ziyouz.com kutubxonasi
2
ichida o‘lturg‘uchi bu yigit Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo‘lg‘an Yusufbek
hojining o‘g‘li — Otabek.
Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan biravi darboza yonidag‘i
kimdandir so‘radi:
— Otabek shu saroyga tushkanmi?
Bizga tanish hujra ko‘rsatilishi bilan ular shu tomonga qarab yurdilar. Bu ikki kishining
bittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar
chamaliq bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otliq
o‘g‘lidir, ikkinchisi: uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz
besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa
ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «Homid xotinboz» deb
shuhratlangan, kishilar Homid orqasidan so‘zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an laqabni
qo‘shib aytmasalar, yolg‘iz «Homidboy» deyish ila uni tanita olmaydirlar. Homidning
Otabek bilan tanishlig‘i bo‘lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh— Ziyo shohichining
qaynisi, Rahmatning tog‘asi.
Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelguchilarni ulug‘lab qarshiladi.
— Bizni kechirasiz, bek aka, — deb Rahmat uzr aytdi, — vaqtsiz kelib sizni
tinchsizladik.
Otabek ularga yuqoridan joy ko‘rsatar ekan, yoqim-liq bir vaziyatda:
— Tinchsizlamadingizlar, bil’aks quvontirdingiz-lar,— dedi, — shahringizga birinchi
martaba kelishim bo‘l-g‘ani uchun tanishsizliq, yolg‘izliq meni juda zeriktirgan edi.
Shu orada hujraga bir chol kirib ul ham mehmonlar bilan so‘rashib chiqdi. Bu chol
Hasanali otliq bo‘lib, oltmish yoshlar chamasida, cho‘ziq yuzlik, do‘nggiroq peshonalik,
sariqqa moyil, to‘garak qora ko‘zlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqlig‘iga
qaramasdan uning qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha o‘zgarish
yo‘q edi.
Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tquzib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi:
— Tuzukmisiz, ota?
— Xudoga shukur, — dedi Hasanali, — boyag‘idan bir oz yengilladim. Mazmuni is
tekkan ekan.
— Ba’zi yumushlar buyursam.
— Buyuringiz, o‘g‘lim.
— Rahmat, ota, bo‘lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.
— Xo‘b, begim.
Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qaytib sog‘liq so‘rashqandan keyin
so‘radi:
— Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradan
uzoqlatib so‘ngra javob berdi:
— Qulimiz.
Bu so‘zdan nima uchundir Homid ajablangan edi.
— Qulingiz?
— Shundog‘.
Hasanalini bolaliq vaqtida Erondan kishi o‘g‘irlab kelguchi bir turkman qo‘lidan
Otabekning bobosi o‘n besh tillo barobariga sotib olgan edi. Hasanalining Otabeklar
oilasida qulliqda bo‘lg‘anig‘a elli yillar chamasi zamon o‘tib, endi Otabeklar oilasining chin
bir a’zosi bo‘lib ketkan. Xo‘jasi Yusufbek hojiga, ayniqsa, xo‘jazodasi Otabekka itoat va
ixlosi tom bo‘lib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko‘rar edi. Hasanali
o‘ttuz yoshliq vaqtida sotib olg‘an bir cho‘riga uylantirilgan bo‘lsa ham, ammo o‘g‘il-

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

www.ziyouz.com kutubxonasi
3
qizlari bo‘lmag‘an, bo‘lsalar ham yoshliqda o‘lib ketkanlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak,
Otabekka ixlos qo‘yib, unga o‘z bolasi kabi qarar: «O‘lganimdan keyin ruhimga bir
kalima qur’on o‘qusa, bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi
kifoya» deb qaror bergan va hozirdan boshlab Otabekka bu to‘g‘rida sipo-rishlar berib,
undan samimiy va’dalar olib yurg‘uchi oq ko‘ngil bir qul edi.
Hasanali ustida bo‘lg‘an haligi gapdan keyin Rahmat so‘radi:
— Toshkanddan nimalar keltirdingiz, bek aka?
— Arzimagan narsalar: gazmol, qalapoy afzali va bir oz qozon.
— Marg‘ilonda gazmol bilan qalapoy afzalining bozori chaqqon, — dedi Homid.
Otabek miqrozi bilan sham’ so‘xtasini kesib tuzatdi. Orada yotsirashka o‘xshash bir
hol bor, nima uchundir bir so‘zlab ikki to‘xtar edilar. Bu o‘ng‘aysiz holatdan chiqish va,
so‘zg‘a ulab yuborish uchun Rahmat tirishkandek ko‘rinar edi.
— Marg‘ilonni qanday topdingiz, bek aka, xushlandingizmi, yo.
Bu savolning javobiga Otabek ikkilangandek va o‘ng‘aysizlang‘andek bo‘ldi.
— Nima desam ekan. Marg‘ilonni har holda. xush ko‘rdim, Marg‘ilon
Turkistonimizning to‘qug‘uchiliq hunarida birinchi shahridir.
Ikkilanib berilgan bu javobdan Homid bilan Rahmat bir-birlariga qarashib oldilar.
Otabek bu holatni sezdi va o‘zining so‘zini kulgulikka olib izoh berdi:
— Kelgan kunimdan Marg‘iloning‘izni xushlamay boshlag‘an edim. Chunki tanishlarim
yo‘q, musofirchilik bilinib qolayozg‘an edi. Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan
roziman, negaki, yo‘qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan.
— Kechiringiz, bek aka, — dedi Rahmat, — men sizning Marg‘ilon kelganingizni bu
kun otamdan eshit-dim. Yo‘qsa, albatta sizni zeriktirmas edim.
— Aniqmi?
— To‘g‘ri gap, — dedi Rahmat, — otam Toshkand borg‘anlarida to‘p-to‘g‘ri sizning
eshikingizga tushsinlar-da, siz saroyga tushing. Bu taraf bilan sizdan o‘pkani biz qilsaq
arziydir.
— Haqqingiz bor, — dedi Otabek, — ammo bi-rinchidan, sizning havlingizni so‘rog‘lab
topish menga qiyinroq ko‘rindi, undan so‘ng molimizni ortg‘an tuyakashlar shu saroyg‘a
tayinlang‘an edilar.
— Har holda bu uzr emas.
Hasanali dasturxon yozib qumg‘on kirgizdi. Odatiy takalluflar bilan dasturxon va
choyga qaraldi. Homid nonni shinniga bulg‘ar ekan so‘radi:
— Yoshingiz nechada, bek?
Otabekning labi qimirlamasdan choy quyib o‘tirgan Hasanali javob berdi:
— Bekka xudo umr bersa, bu yil hamduna bo‘lsa to‘ppa-to‘g‘ri yigirma to‘rt yoshga
qadam qo‘yadilar.
— Yigirma to‘rt yoshga kirdimmi, ota? — dedi bek. — Chindan ham necha yoshga
kirganimni o‘zim bilmayman.
— Yigirma to‘rt yoshga kirdingiz, bek.
Homid tag‘in so‘radi.
— Uylanganmisiz?
— Yo‘q.
Hasanali Otabekning yolg‘iz «yo‘q» bilan to‘xtashiga qanoatlanmadi va bu to‘g‘rida o‘z
tomonidan izohlar berishni lozim ko‘rdi:
— Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan bo‘lsa ham, — dedi, — avval
taqdir bitmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bo‘lg‘an qarshiliq-laridan bu
kungacha to‘y qilolmay kelamiz. Ulug‘ xo‘ja-mizning qat’iy niyatlari bu safardan
qaytg‘ach bekni uylandirishdir.

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

www.ziyouz.com kutubxonasi
4
— Manimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir, — dedi Rahmat va Otabekka
yuz o‘girdi. — Uylangach, xotining tab’ingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yo‘qsa,
munchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas.
Otabek Rahmatning bu so‘zini samimiyat bilan qarshiladi.
— So‘zingizning to‘g‘rilig‘ida shubha yo‘q, — dedi,— ammo shuni ham qo‘shmoq
kerakki, oladirg‘on xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida er ham xo-ting‘a
muvofiquttab’ bo‘lsin.
— Xoting‘a muvofiq bo‘lish va bo‘lmasliqni uncha keragi yo‘q, — dedi Homid
e’tirozlanib, — xotinlarga «er» degan ismning o‘zi kifoya. ammo jiyan aytkandek, xotin
degan erga muvofiq bo‘lsa bas.
Rahmat kulib Otabekka qaradi. Otabek ham isteh-zolik tabassum orasi Homidga
ko‘z qirini tashladi.
— Uylanishdagi ixtiyorimiz, — dedi Rahmat, — ota-onalarimizda bo‘lg‘anliqdan,
oladirg‘an kelinlari o‘g‘illarig‘a yoqsa emas, balki uning ota-onalari o‘zlariga yoqsa bas.
Bu to‘g‘rida uylanguchi yigit bilan er qilg‘uchi qizning lom-mim deyishka haq va
ixtiyorlari bo‘lmay, bu odatimiz ma’qul va mashru’ ishlardan emasdir. Masalan, men ota-
onamning yoqdirishlari bilan uylandim. ammo xotinim ota-onamga muvofiq bo‘lsa ham
menga muvofiq emas, siz aytgandek, ehtimol men ham xotinimg‘a muvofiq
emasdirman. So‘zingiz juda to‘g‘ri, bek aka.
Otabek Rahmatning so‘zini ixlos bilan eshitdi va «sen nima deysan?» degandek qilib
Homidga qaradi.
— Jiyan, — dedi Homid Rahmatka qarab, — boshlab uylanishing albatta ota-onang
uchun bo‘lib ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmas
ekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchunchisini ol. Xotinim
muvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishi-ning ishi emas.
Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, tog‘asig‘a javob berdi.
— Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin? — dedi. — Bir
xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng ma’qul ish. Masalan, ikki
xotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kuni janjal, bir daqiqa tinchlig‘ingiz yo‘q.
— Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchaliq qiladir, — deb kuldi
Homid. — Ko‘b xotin orasida azoblanish o‘zi nima degan so‘z? Qamchingdan qon tomsa,
yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki xotin o‘rtasida
turib janjalg‘a to‘ygunimcha yo‘q, ammo xotinni uchta qilishg‘a ham o‘yim yo‘q emas.
— Sizga taraf yo‘q, tog‘a.
Homid mag‘rur bir tusda Otabekka qaradi. Otabek uning so‘zidan kulimsiragan edi.
Hasanali palovg‘a urnash uchun tashqariga chiqdi. Otabek mehmonlarga choy quyib
uzatdi. Homidning haligi so‘zidan keyin oradag‘i bahs kesilgan edi. Uchovlari ham bir
narsaning xayolini surgandek ko‘rinar edilar. Bir necha vaqt shu holda qolishib Rahmat
tog‘asidan so‘radi:
— Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?
Bu savoldan nima uchundir Homidning chehrasi buzildi va tilar-tilamas javob berdi:
— Bundan xabarim bo‘lmadi. Gumonimcha, bermagandir.
Rahmat so‘zdan chetda qoldirmas uchun Otabekni ham orag‘a oldi:
— Bizning Marg‘ilonda bir qiz bor, — dedi, — shundog‘ ko‘hlikki, bu o‘rtada uning
o‘xshashi bo‘lmas, deb o‘ylayman.
Homid bir turlik vaziyatda yer ostidan jiyaniga qaradi. Tog‘asining holidan xabarsiz
Rahmat so‘zida davom etti:
— Shahrimizda Mirzakarimboy otlig‘ bir savdogar kishi bor, bu shuning qizidir. Balki
siz Mirzakarim akani tanirsiz, u bir necha vaqt Toshkandda qutidorliq qilib turg‘an ekan?

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

www.ziyouz.com kutubxonasi
5
— Yo‘q. Tanimayman.
Homidning yuzidagi boyag‘i holat yana ham kuchlanib go‘yo toqatsizlang‘andek
ko‘rinar edi, Rahmat davom etti:
— Uning havlisi poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O‘zi davlatmand bir kishi;
Toshkand ashroflarining ko‘blari bilan aloqador bo‘lg‘anliqdan balki otangiz bilan tanish
chiqar.
— Ehtimol, — dedi Otabek va nima uchundir g‘ayri-ixtiyoriy bir tebrandi. Uning yuzida
bir o‘zgarish va vujudida bir chayqalish bor edi. Undagi bu o‘zgarishdan Rahmat xabarsiz
bo‘lsa ham, ammo Homid uni yer ostidan ta’qib etar edi. Bu ta’qib Otabekdagi haligi
o‘zga-rishni payqabmi yoki tasodifiymi edi, bu to‘g‘rida bir mulohaza aytish, albatta
mumkin emas. Yana bir necha vaqt jim qoldilar.
— Endi biznikiga qachon mehmon bo‘lasiz, bek aka?
Rahmatning bu so‘zi bilan Otabek xayolidan bosh ko‘tardi:
— Xudo xohlag‘an vaqtda bo‘larmiz.
— Yo‘q, bek aka, — dedi Rahmat, — siz aniqlab bir kunni tayin qilingiz, biz bu yerga
sizni taklif qilg‘ali kelganmiz.
— Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor?
— Bunda ovora bo‘lish degan narsa yo‘q. Iloji bo‘lsa sizni bu saroydan havlig‘a
ko‘chiramiz. Hozirga bir kunni tayin qilib bizga mehmon bo‘ling-chi. Otam sizning bilan
o‘lturishib Toshkand ahvolotini so‘zlash-makka mushtoqdirlar.
— Bu saroydan sizlarnikiga ko‘chishim og‘ir, — dedi Otabek, — ammo otangizning
ziyoratlariga borishg‘a har qachon hozirman.
— Sog‘ bo‘ling, bek aka, boradirg‘an kuningizni ta-yin qila olasizmi?
— Ma’lumingiz, kechalari bo‘sh bo‘laman, shuning bilan birga otangiz qaysi vaqtni
ixtiyor qilsalar ijobat etishdan o‘zga choram bo‘lmas.
— Salomat bo‘lingiz, — dedi Rahmat, — shuni ham sizdan so‘rayin: o‘lturishka begona
kishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? Chaqirilg‘anda ham o‘zimizga yaqin
va ahl kishilar bo‘lur, masalan, Mirzakarim qutidor kabi.
Bu vaqt Otabekning tusiga ham haligidek o‘zgarish chiqdi ersada, lekin sezdirmaslikka
tirishib javob berdi:
— Manim uchun farqsiz.
Oshdan so‘ng mehmonlar bilan xayrlashib chiqdilar.
2. XON QIZIG‘A LOYIQ BIR YIGIT
Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan mundaki ikki yot kishini tanimaganliqdan bir-ikki qayta
ularni ko‘z ostidan kechirdi. Buni payqag‘an Ziyo shohichi Otabekka tanitdi:
— Amakilaringizni siz tanimag‘andirsiz albatta, — dedi. — Bu kishi otangizning yaqin
do‘stlaridan Mirzakarim qutidor. Bu zot Andijon savdog‘arlaridan Akram hoji.
Mirzakarim ismlik qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz,
yaxshig‘ina kiyingan bir kishi bo‘lib, Akram hoji elli besh yoshlar orasidag‘i bir keksa edi.
Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko‘zdan kechirdi.
— Ota qadrdonlari bilan tanishdirg‘aningiz uchun rahmat, amak, — dedi va Akram
hoji bilan Mirzakarim akaga tavozu’landi. — Otam sizlardek yaqin do‘stlariga salom
aytishni menga amonat topshirg‘an edilar.
— Rahmat, sog‘ bo‘lsinlar.
Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning meh-mondorchilig‘i uchun yig‘ilg‘an,
yuqorida ismlari o‘tkan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar.
Tanishdirishdan so‘ng Otabek bilan qutidorning ko‘zlari bir-birlariga tez-tez uchrasha

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

www.ziyouz.com kutubxonasi
6
boshladilar. Qutidor nimanidir Otabekdan so‘ramoqqa og‘zini jo‘plab tursa ham Akram
hoji bilan Ziyo shohichining allanarsa to‘g‘risidag‘i gaplari keti uzilmay davom etar edi.
Ularning ko‘zi uchunchi to‘qnashishida qutidor kulimsirab qo‘yib so‘radi:
— Meni eslay olasizmi, bek?
Otabek diqqat va e’tibor bilan qutidorni kuzatib javob berdi:
— Yo‘q, amak.
— Necha yoshg‘a bordingiz?
— Yigirma to‘rt yoshg‘a.
Qutidor o‘zicha nima to‘g‘risidadir hisob yuritdi-da:
— Voqi’an siz meni eslay olmassiz, — dedi. — Men Toshkandda qutidorlik qilg‘an
vaqtimda siz taxminan besh-olti yoshliq bola edingiz. Go‘yoki, men Toshkandda
kechagina turg‘andek va kechagina sizning havlingizda mehmon bo‘lg‘andekman.
Ammo, haqiqatda, oradan o‘n besh-yigirma yil o‘tib, siz ham katta yigit bo‘lgansiz, umr
— otilg‘an o‘q emish.
— Siz bizning havlida bo‘lganmisiz?
— Ko‘b martalab mehmon bo‘ldim, — dedi qutidor,— ul vaqtda bobongiz ham hayotda
edilar.
Bu ikkisining so‘zlariga quloq solib chetda o‘lturgan Hasanali ham gapga aralashdi:
— Amakingiz bizning havlig‘a kelib turadigan vaqtlarida siz yosh bola edingiz, bek, —
dedi. — Amakingiz sizni saroylarga ham olib tushar edilar.
Otabek uyaluv aralash kulimsirab qutidorg‘a qaradi:
— Taassufki, eslay olmayman, — dedi. Qutidor tag‘in nimadir aytmoqchi bo‘lg‘an edi,
Akram hoji unga yo‘l bermadi.
— Hoji akamiz bu kunda qanday ish bilan mash-g‘ullar?
Otabek:
— Toshkand begi yonida mushovir sifati bilan turadilar.
— Azizbek bu kunda ham Toshkandga hokimdir?
— Shundog‘.
— Sotqi bek ketsin, Aziz bachcha deng, — dedi Homid va Akram hojiga qarab kuldi. —
Yaqindag‘ina Musulmon cho‘loqning bazimi shu Aziz bachcha bilan qizir edi, — dedi,
ulug‘ bir narsa kashf etgandek mag‘rur, majliska qarab chiqdi. Homidning zaruratsiz ayb
tekshirishi majliska yotroq tuyilgan bo‘lsa kerak bir-birlariga qarashib oldilar. Bu o‘rinsiz
tekshirish majlisni bir oz sukutga yubordi-da, so‘ngra Akram hoji savolida davom etti:
— Hokimingiz juda zolim emish, bu to‘g‘ri so‘zmi?
— To‘g‘ri so‘z, — dedi bek. — Azizbek zulmidan aholi juda to‘yg‘an.
Otabekning bu javobidan yolg‘iz Akram hojigina emas balki, majlisning boshqa
a’zolari ham ajablandilar.
Otasining valine’mati bo‘lg‘an bir bekning zulmini iqror etish haqiqatan ham taajjubka
loyiq edi. Azizbekning Turkiston xonlig‘ining eng zolim va mustabid sanalg‘an beklarining
biri va uning o‘z qa-ramog‘ida bo‘lg‘an Toshkand aholisiga qilg‘an zulmlari Farg‘onaga
doston, ammo Akram hojining bu savoli Azizbekning eng yaqini bo‘lg‘an bir kishining
o‘g‘lini sinab ko‘rishlik uchun edi. Bu sinash natijasi Akram hojining taajjubini orttirdi va
buning sirrini bilishka qi-ziqsindi:
— Otangiz Azizbekning mushoviri ekan, — dedi Akram hoji, — nima uchun uni bir oz
bo‘lsa ham yo‘lg‘a solmaydir?
— Kechiringiz, amak, — deb Otabek kulimsiradi,— siz otamning mushovirlig‘ini
boshqacharoq ongla-g‘ang‘a o‘xshadingiz. Bizning beklarga hukm vaqtida ham
mushovir bo‘lmoq imkonsiz narsadir. Otam Azizbekning mushoviri va yaqin musohibi
sanalsa ham va lekin bu juz’iy ishlardaginadir, buning uchun sizga bir misol keltiray, bu

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

www.ziyouz.com kutubxonasi
7
ish shu yaqin oralardag‘ina bo‘ldi: Toshkanddagi jum’alik gap majlislaridan birida bir
kishi Azizbekni maxtar va bu maxtovg‘a qarshi ikkinchisi «nega munchalik maxtaysan,
Azizbekning asli bir bachcha-da» der. Ularning bu muzokaralarini chetda eshitib turgan
xufiyalardan biri bu so‘zni Azizbekning qulog‘iga yetkazur. Ertasiga Azizbek mazkur ikki
kishini o‘z huzuriga oldirib maxtovchig‘a ulug‘ mansab ato qilar va ikkinchisini o‘limga
buyurar. Bu hukm majlisida hozir turgan otam mahkumning gunohini so‘raganida
Azizbek jallodga baqirar: «Tezroq olib chiq!» Otam tag‘in qulliq qilg‘anida jallodg‘a
buyurar: «Qo‘ling-dag‘ini bo‘shatib, o‘rniga hojini olib chiq!» — Mana ko‘rdingizmi,
otamning qadru qiymatini.
— Bo‘lmasa aholi xong‘a shikoyatnoma yozmaydirmi?
— Nechanchi shikoyatnomani so‘raysiz, — dedi Otabek, — Azizbekdan zulm, jafo
ko‘rganlar bilan birgalikda endi o‘ninchi shikoyatnomamizni yuborg‘andir-miz. Lekin
xonning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an kishining o‘zi zulmda Azizbekdan bir necha zina baland
o‘rinni ishg‘ol etkuchi kimsa bo‘lsa, biz qandog‘ qilayliq. Ammo shunisi ham borki, shu
keyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi.
«Itoatdan bosh tortmasin. » degan mulohazada yozg‘an shikoyatlarimizdan markazning
ko‘z yumishi ham ehtimoldir. Har holda Toshkand aholisi Azizbek istibdodidan ortiq
to‘yindi, kimdan ko‘mak so‘rashg‘a ham bilmaydir.
Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram hojiga onglashilib, bu to‘g‘rida
ortiq bahs qilinmadi va so‘z boshqa xususlarga o‘tdi.
Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg‘anliqdan dasturxon qadrlik mehmonga maxsus
turlangan edi. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmatning har zamon mehmonlarni
dasturxonga qistashlari boshqalarning ishtahalarini ochishg‘a sabab bo‘lsa ham, ammo
bizning Otabekka sira ham asar qilmas, xayollanib o‘ltirar edi. Ul nima to‘g‘rida xayol
surib, qaysi to‘g‘rida o‘ylar edi — buni bi-lish qiyin bo‘lsa ham, biroq uning hozirgi ba’zi
harakatlari diqqatni jalb etarlik edilar: xayol surar ekan, uning ko‘zlari ixtiyorsiz kabi
qarshisidagi qutidorg‘a qaraydirlar, qutidorning ko‘zi o‘ziga tushdi deguncha ko‘zini
undan olib dasturxondagi ko‘ngli tilamagan narsalarga urina boshlaydir. Otabekning bu
holini majlisdagilar sezmasalar-da, ammo Homid uni ta’qib etkandek edi.
— Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?— deb qutidor so‘radi.
— O‘zimizning shaharlardan ko‘pini ko‘rdim, — dedi bek, — o‘ris shahardan
Shamayga ham bordim.
— Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? — deb Ziyo shohichi ajablandi.
— O‘tkan yil borg‘on edim, — dedi bek, — borishim noqulay bir vaqtga to‘g‘ri kelib
ko‘b mashaqqatlar chekdim.
— Chin savdogar siz emishsiz, — dedi qutidor, — biz shu yoshqa kelib hali o‘zimizning
kattaroq shaharlari-mizni ham ko‘ralmadik; siz o‘risning Shamayigacha borg‘ansiz.
— Yurgan daryo, o‘lturgan bo‘ryo emish, — dedi Akram hoji.
O‘ris shaharlariga borib savdo qilg‘uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo‘lib, chet
ellarni ko‘rgan Otabek majliska tansiqlandi. O‘rislar to‘g‘risida allaqanday xayoliy
rivoyatlar eshitib yurgan qutidor va Ziyo shohichilar-ning Otabekdan haqiqiy holni
bilgilari kelib, undan Shamayda ko‘rib, kechirganlarini so‘radilar. Otabek Shamay
xotirotini so‘zlab berdi. O‘rislarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini
eshitkuchilarni tongg‘a qoldirib, ortiq tafsiloti bilan aytib chiqg‘ach:
— Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukmdorlig‘i-mizni ko‘rib; boshqalar ham
shundaydir, deb o‘ylar edim, — dedi bek, — lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib,
o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘z
idoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim. Bizning
idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa holimizning nima bo‘lishig‘a aqlim yetmay

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

Qiziqarli malumotlar
O’tkan kunlar kitob pdf