OTALIKNI BЕLGILASH
OTALIKNI BЕLGILASH ⚡️SAVOL: ⚡️JAVOB; 👉 Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin bolaning o‘zi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi. ✅ Yuqoridagi asosga ko‘ra, Siz sudga bolaga otalikni belgilash uchun murojaat qilsangiz bo‘ladi. Buning uchun Sizga kimlarnidir roziligi kerak bo‘lmaydiOTALIKNI BЕLGILASH
DO`STLARGA ULASHING:
Men shar’iy nikoh bilan oila qurganman. Nikohimizdan bir nafar farzandimiz bor. Hozirgi kunda turmush o‘rtog‘im bilan birga yashamaymiz. Turmush o‘rtog‘im farzandimni o‘z otaligiga olmagan. Men uni alimentga beray desam avval otaligini belgilash kerakligini eshitdim. Farzandimga otalikni belgilash uchun sudga o‘zim ariza bersam bo‘laveradimi yoki yana kimlarnidir roziligi kerakmi ?
Oila kodeksining 62-moddasida, o‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, otalik sud tartibida belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
OTALIKNI BЕLGILASH