OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH. to’liq malumot oling

OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH. to’liq malumot oling

OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH.

⚡️SAVOL;

Men turmush o‘rtog‘im bilan ajralishganman. Turmush o‘rtog‘im ikki nafar farzandim uchun sud qarori bo‘lsa xam aliment to‘lamay kelmoqda. Men uni otalik huquqidan mahrum qildirishim mumkinmi ?

⚡️JAVOB;

Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona yoki ulardan biri ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa xam otalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

🟢 Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sizni da’voyingizga asosan sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

✏️ Qisqa qilib aytganda otalik huquqidan mahrum qilish birgina sizni da’voyingiz bilan xammasi xal bo‘lmaydi. Sud ishni ko‘rayotganida to‘plangan xujjatlarga va ularning asosliligiga qarab masalani hal etadi.

Yuridik
OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH.