OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM BO‘LISH to’liq malumot oling
OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM BO‘LISH OTANI BOLAGA ALIMЕNT TO‘LAMASLIGIGA SABAB BO‘LADIMI.
⚡️SAVOL;
Turmush o‘rtog‘im otalik huquqidan mahrum qilindi. Endi u voyaga yetmagan farzandimning ta’minoti uchun aliment to‘lamaslikka haqqi bormi ?
⚡️JAVOB;
Oila kodeksining 81-moddasida, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o‘z bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi deb ko‘rsatilgan.
❗️Bu nima degani ? Agar ota yoki ona bolasiga nisbatan ota yoki onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda xam o‘sha ota-ona bolaga aliment to‘lash majburiyatidan ozod qilinmaydi. Ya’ni, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning bolaga sud qarorida belgilangan miqdorda aliment to‘lab borish majburiyati saqlab qolinadi.
Yuridik
OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM BO‘LISH