Ota haqida sherlar toʻplami
Boshda tojim yagona qizim! Bu dardlarim balki baxtim, Peshonada bori bu axr, Pinxon emas mening dardlarim, Sizga hamrox munis Onam! Men bechora boʻlib qolmayman, Sizga Shamshod boʻldi tashvish, Har qanday kun oʻtib ketadi, Ey umrim javhari davlatim Otam, Bu dunyo sinovli yolgʻonchi dunyo, Sochlariga oralagan oq, Xech kimsadan kam ham qilmagan, Yelkangiz oʻparkan quyosh ham bota, Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard, Gullar titrasada boʻston vahmida Bolam deb nigohi gʻunchadek soʻlgan, Biror lugʻati yoʻq yigʻlab nolishda, Sizga men shu bukun qoʻshigʻim aytdim, Mehringizni, boringizni ayamasdan, Kasal boʻlsam tabiblarga yugurdingiz, Qariganda umid qilib mexru-shafqat, Oqladimmi «farzand» degan buyuk nomni? Ota yoʻqligingiz bilindi bugun, Ota yoʻqligingiz bilindi bugun, Ota yoʻqligingiz bilindi bugun, Ota yoʻqligingiz bilindi bugun, Avvallari shu kunni intiq kutardim, Ota yoʻqligingiz bilindi bugun, Qiynoqlarga chidolmay abgor, Sindi sabri, tugadi toqat, Oʻz-oʻzidan kechmogʻi tayin, Har goʻshasi dardning oʻchogi, Ogʻir yukni kotardi, mana, Azob berar ayriliq qoʻli, Unutadi oʻzin qadrini, Kel bir zum chetga sur, dunyo tashvishin, Otangdek inson yoʻq koʻngli oq, halol, Holidan xabar ol takror va takror, Borligi bir neʻmat, soʻzi ming hikmat, Gar seni yoʻqlasa hozir boʻl darhol, Otangning sochiga tushibdi qirov, Yuragimga toʻlib ketdi oh dardlarim, Toʻylarimga bosh boʻlsangiz boʻlardiku, Togʻ edingiz men suyangan endi netay, Qaytib keldi qish ham oʻtib yana bahor, Chiroyli hayotni tuxfa aylagan. Xayotda goxi payt chekib zaxmatni. Jonini fidolar qilib yashaydi. Xizmatida boʻlay, dunyo turguncha. Gʻanimatmiz umr oʻtar yelday yelib, Derlar kimga vofo qildi dunyo azal, Millatimiz oʻzbek erur qoʻrgʻoni keng, Davlatlarning toji ekan, ota Uzoq qolmang maqsadi yoʻq safarlarda, Yaratganning marhamati biling cheksiz,Ota haqida sherlar toʻplami
DO`STLARGA ULASHING:
Faxr bilan aytasiz Ota!
Ikki óg’lim ikki qanotim,
Bir qanotiz xasta Ota!
Siz kuyunmang, siqilmang Ota!
Yigʻlaganim mening kulganim,
Dalda berib aldamang Ota!
Aybimiz yóq bizni Ota!
Kunlar kelib qilamiz faxr,
Menga omad kuladi Ota!
Oshkor qilib qoʻrqmadim Ota!
Yurakda bor katta armonim,
Sizga suyanch boʻlmadim Ota!
Umidingiz soʻnmasin Ota!
Xizmatizda Opam, Akam!
Gʻururingiz sinmasin Ota!
Bir kun orzu ushalur Ota!
Shu soʻzimni aniq aytgayman,
Vada berib bajargum Ota!
Ammo gʻamgin boʻlmadiz Ota!
Bólmang sira boʻlmang xomush,
Sizdeb oʻtar umrim Ota!Otajonim omon boʻlsangiz
Nigohlarim koʻklarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu koʻzlar, umrimga maʻno,
Jannatlardan bersin nur mavo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Ozor berib qildim koʻp gunoh,
Yoshlik qilib koʻp bo’ldim gumrox,
Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,
Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan koʻrasiz safo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo’lsangiz,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Sizlar menga armugʻon doim,
Panohingda asra Xudoyim,
Qo’lim ochib, yangrar duoyim:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Boʻlaman ha, albat oriyat,
Sizga hamroh boʻlsin ofiyat,
Har on boʻlar dilda bir niyat:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizsiz mening abadiy taxtim,
Bu soʻz mening buzilmas axdim,
Har lahzaki bud boʻlar baxtim
(Faqat mana shu mening baxtim)
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.
Oʻtgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim boʻlsada ammo,
Boʻlolmas siz kabi dartkashim Otam.
Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni eshitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib boʻlibman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.
Bogʻ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bogʻbon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qoʻli gul bogʻbonim Otam.
Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur koʻkdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda soʻzim,
Togʻ kabi sarviqor osmonim Otam.
Joningizga jon boʻlolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa edi berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bogʻim,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!Ota haqida sher: Dadam
Ko’rsatganlar hayotdan saboq,
Sizni rozi qildimmi yo yoʻq?
Shu savolga qo’yarman soʻroq.
Mehnat qilib sira tinmagan,
Unitgandir balki o’zini,
Ammo har dam bizni oʻylagan,
Katta yoʻlga qoʻyganda qadam,
Doyim meni qo’llagan dadam.
Yiqitganda beshavqat dunyo,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan dadam.Ota haqida sher: Temirdan qattiqroq qalqonim, ota
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Eʻzozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
Oʻzin yer aylagan osmonim, ota!
Ogʻir sinovlarda ne boʻlsa-boʻlgan…
Yuzi qaygʻursa-da, koʻzlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yigʻlagan tushda
Yillarga ulgʻaygan armonim, ota!
Qadringizni oʻylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan boʻlsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!Men siz uchun armon boʻldim
Bolamga deb yugurdingiz yeldingiz,
Odam boʻlsin, oʻqisin deb charchadingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.
Kechalari uxlamasdan tik turdingiz.
Alloxim, sen shifo ber, deb yosh toʻkdingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.
Qoʻpol soʻzni oldingiz-ku mendan faqat.
Farzandimni asragin, deb panox soʻrab,
Evaziga, onajonim nima berdim?
siz uchun-chi. otajonim nima qildim.
Ayadim-ku axir kulcha nonni.
Mexmon qilib yozmadim-ku dasturxonni,
Onajonim, men siz uchun nima qildim?
Otajonim, men sizlarga nima berdim?Ota yo’qligingiz bilindi
Yuragim yonmoqda yolgʻiz lovillab.
Yonimda edingiz toʻq edi koʻglim,
Uyimiz qoldiku sizsiz huvillab.
Hammayoq sukunat hamma yurar jim.
Charchab horib ishimdan keldim,
Bolam yaxshi keldingmi deb aytmadi hech kim.
Koʻchada yuribman bir oʻzim yolgʻiz.
Doim tergardingiz xavotir olib,
Qani qaytsa edi oʻsha dam essiz.
Sizni doim xotirlayman tunu kun.
Koʻnglimga qil xam sigʻmaydi bugun,
Bugun sizsiz tugʻilgan kunim.
Dadajonim kelar deb eshik poylardim.
Kuta kuta qolmadi tanamda jonim,
Bugun esa yoqsiz jon ota jonim.
Koʻzlarim kulsayu yurak yigʻlasa.
Bu dunyoda yashab ne qildim,
Sizsiz xayotimda mazmun bolmasa.Bolasidan ayrilgan ota
Umri oʻtdi dard bilan yota.
Koʻzyoshlari — tugalmas anhor,
Bolasidan ayrilgan ota.
Oʻziga ham qilmadi shafqat.
Tushida ham bolasi faqat,
Bolasidan ayrilgan ota.
Sogʻinch azob berar kun sayin.
Koʻzyoshlari tomadi mayin,
Bolasidan ayrilgan ota.
Yuragida armon pichogʻi.
Makonidir xasrat quchogʻi,
Bolasidan ayrilgan ota.
Dunyolar ham titradi yana.
Umri endi misli vayrona,
Bolasidan ayrilgan ota.
Makonidir Mashrabning choʻli.
Nadomatga eltar har yoʻli,
Bolasidan ayrilgan ota.
Togʻlar hayron koʻrib sabrini.
Bolasini yoʻqlar qabrini,
Bolasidan ayrilgan ota.Otang gʻanimatdir
Bir muddat oʻylama uy-roʻzgʻor ishin.
Yoʻlingga intizor eng yaqin kishing,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Topilmas onangdek mehribon ayol.
Bugun hayot boʻlsa, ertaga hayol.
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Erta ota onang topilmas zinhor.
Hatto asaldan ham shirindir diydor,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Ularning hayoti bizga dars, ibrat.
Borib duosin ol, fursat gʻanimat,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Xizmatin qilish hech kelmasin malol.
Erta afsus qilib yurma, quloq sol:
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Onangning yuzlari ajindan «bezov».
Hech bergan mehringni qilmagin oʻlchov,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang.Dadajonim
Na bolamga, na yorimga aytolmadim.
Erta ketib qolar deya oʻylamasdim,
Bilganimda sizla oʻtib lahza onim,
Jilmas edim yoningizdan dadajonim.
Gʻarib koʻnglim koʻz yosh toʻkmay yurardiku,
Nabirangiz bobojon deb suyardiku,
Sizsiz bugun omonatga oʻxshar jonim,
Yuragimga darmon boʻlgan dadajonim.
Dardlarimni koʻnglim ochib kimga aytay,
Judolikdan ayting ota qayga qochay,
Siz edingiz mening baxtim shuxrat shonim,
Obod boʻlsin oxiringiz dadajonim.
Sogʻinaman mayus koʻnglim chekar ozor,
Koʻrolmasman nahot sizni endi zinhor,
Tebratadi yeru koʻkni bugun ohim,
Tashlab ketdi deya meni dadajonim.Otamni, onamni asragin olloh
Farzandlarin shoxdek yuksak saylagan.
Oʻzini unutib bizni oʻylagan.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Sabr va shukurda qilgan mehnatni.
Sira aytmadilar biror minnatni.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Baxtni quchib, gʻamni ortga tashlaydi.
Biri quyosh, biri oyga oʻxshaydi.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Yoshim ulgʻayibdi, qadrin bilguncha.
Men xali ularni rozi qilguncha.
Otamni, onamni asragin Olloh.Duosini oling
Dunyoga bir sinchkov nazar soling doʻstlar,
Olisdasiz uyingizga qaytib kelib,
Otangizni duosini oling doʻstlar.
Uzoqdagi bugʻdoy nondan somon afzal,
Yoʻlingizga mayusgini boqqan oʻshal,
Otangizni duosini oling doʻstlar.
Imoni keng, dargohi keng, osmoni keng,
Bu dunyoda hech narsa yoʻq duoga teng,
Otangizni duosini oling doʻstlar.
Ota- ona umrlarning yozi ekan,
Ota rozi boʻlsa xudo rozi ekan,
Otangizni duosini oling doʻstlar.
Qaytmoqqa yoʻl bordir oʻsha shaharlarda,
Tahoratga suv ilitib saharlarda,
Otangizni duosini oling doʻstlar.
Siz Temursiz siz Bobursiz, Ulugʻbeksiz,
Mening uchun jigar aka ukadeksiz,
Otangizni duosini oling doʻstlar.
Ota haqida sherlar toʻplami