O‘t qopining vazifasi nima (kreativ) haqida to’liq ma’lumot oling

O‘t qopining vazifasi nima (kreativ) haqida to’liq ma’lumot oling

DO`STLARGA ULASHING:

O‘t qopining vazifasi nima (kreativ)

Tasavvur qiling uyingiz tomida qor bor. U oz-ozdan erib tarnovdan tushib turibdi. Tarnov tagida bir idish bor unda suv to‘planmoqda. Agar sizga suv kerak bo‘lib qolsa darhol idishda yig‘ilgan suvdan ishlataverasiz. Chunki tarnovdan tomib turgan suvni yig‘masdan turib bir ish qilish qiyin. Idishga esa suv yana kun davomida yig‘ilib turaveradi. Agar idish to‘lsa, tarnovdan tushgan suv borib bironta ariqqa quyiladi.

Organizmdagi jarayon ham xuddi shunday. Bu yerda idish vazifasini o‘t qopi bajaradi. Jigardan o‘t suyuqligi oz-ozdan tomib o‘t qopiga yig‘ilib turadi. Yog‘li ovqat yeganingizda o‘t qopi ovqat ustiga ko‘p miqdorda o‘t suyuqligini sepib yuboradi. Chunki yog‘ hazm bo‘lishi uchun o‘t suyuqligi kerak. Keyin sekinlik bilan o‘t qopi yana o‘t suyuqligi bilan to‘lishni boshlaydi. Agar o‘t qopi to‘lsa jigardan ajralgan o‘t suyuqligi to‘g‘ri 12 barmoqli ichakka quyiladi. Xuddi idish to‘lgandan so‘ng suv ariqqa borib quyilgandek.

Demak o‘t qopi o‘t suyuqligini to‘plab turadigan vaqtinchalik zahira organ.

Malumotlar
O‘t qopining vazifasi nima (kreativ)