O‘t pufagida tosh paydo bo‘lishining sabablari to’liq malumot oling
O‘t pufagida tosh paydo bo‘lishining sabablari
1. Yosh — xolelitiaz bilan kasallanish yoshga ham bog‘liq: 50 yoshdan oshganlarda kasallanish ehtimoli ortadi.
2. Ayol jinsiga mansublik — bunday patologiyani rivojlanish xavfi erkaklarga nisbatan 2-3 baravar yuqori, bu estrogenning litogen ta’siri bilan bog‘liq, ya’ni safro quyuqroq va yopishqoqroq bo‘lib, cho‘kib qolishiga sabab bo‘ladi.
3. Semizlik — o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish xavfini taxminan 20% ga oshiradi.
4. Qandli diabet (xavf 3 barobar ortadi) — yog‘lar metabolizmi buziladi va safroning litogenligi (tosh hosil bo‘lishi) kuchayadi.
5. Jigar kasalliklari — safro diskineziyasi, gepatit va jigar sirrozida xavf 10 barobar ortadi.
6. Tez ozish (uzoq vaqt ochlik, qat’iy diyetalar), bariatrik aralashuvlar (oshqozon hajmini kichraytirish jarrohligi xolelitiazni rivojlanish ehtimoli 30% gacha ortadi).
Qanday ovqatlar o‘t-tosh kasalligiga sabab bo‘ladi?
• fastfud;
• yog‘li go‘sht;
• qovurilgan ovqatlar;
• dudlangan mahsulotlar;
• shakar, shuningdek, tez hazm bo‘ladigan deb boshqa uglevodlar, masalan, gazli suvlar, xamir ovqatlar;
• kletchatkaning kamligi;
• diabetiklarni fruktozani suiiste’mol qilishi;
• dukkakli mahsulotlar;
• vitamin «C» yetishmasligi (ratsionda yangi sabzavot va mevalarning yetishmasligi).
👉 @ilmi_taom
Boshqa mavzular
O‘t pufagida tosh paydo bo‘lishining sabablari