Osteoporoz — rivojlanishi sabablari, tasnifi, alomatlari, davolash va oldini olish

Osteoporoz — rivojlanishi sabablari, tasnifi, alomatlari, davolash va oldini olish

Osteoporoz nima? Kasallik haqida umumiy ma’lumot

Osteoporoz — suyak to’qimalarining metabolik kasalligi bo’lib, suyak mikroarxitektonikasining buzilishi va ularning zichligi pasayishi bilan ifodalanadigan skeletning tizimli progressiv kasalligi hisoblanadi, bu suyuakning sinuvchan bo’lib qolishiga olib keladi.

svg%3EOsteoporoz

Osteoporoz: rivojlanish sabablari va omillari

Kasallik rivojlanishining sababi chekish, spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish, metabolik kasalliklar, oshqozon-ichak kasalliklari va boshqa omillarning uzoq muddatli ta’siri bo’lishi mumkin. Qariyalarda osteoporoz kaltsiy va ba’zi oziqa moddalarining yomon hazm bo’lishi tufayli rivojlanadi.

Osteoporozning eng keng tarqalgan sababi gormonal yetishmovchilikdir. Ayollarda osteoporoz odatda klimaks davrida qayd etiladi. Bu holatda kasallik tanada kaltsiy yetishmovchiligi tufayli emas (kaltsiy yetarli darajada bo’ladi), balki suyak hosil qiluvchi hujayralarning faoliyati buzilganligi tufayli rivojlanadi. Bu hodisalar esa gormonal muvozanatning buzilganligi tufayli yuzaga keladi, shuning uchun bunday holatda ayollar ginekologga murojaat qilishlari kerak va agar kerak bo’lsa, gormonal terapiya olishadi.

Yosh o’tgan sari suyaklarning mo’rtlashishi tabiiy fiziologik hodisadir. Biroq, ba’zi kishilarda bu jarayonlar jadal sur’atda yuz beradi. Bunga ayrim omillar sababchi bo’lishi mumkin, ulardan:

  • Ayol jinsiga mansublik;
  • Yevropoid yoki mongoloid irq;
  • Suyaklarning yupqaligi;
  • Qarilik (65 yoshdan katta);
  • Irsiy kasalliklar moyillik;
  • Vitamin D yetishmasligi;
  • Ayrim dorilarning tez-tez qabul qilinishi (masalan, kortikosteroidlar va antikonvulsanlar);
  • Kamharakat hayot tarzi;
  • Chekish;
  • Spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish;
  • Oshqozon tizimi kasalliklari;
  • Tuxumdonlar funktsiyalarining buzilishi;
  • Klimaks davrida uchraydigan gormonal fondagi o’zgarishlar;
  • Buyrak usti bezlarining faoliyatidagi tartibsizliklar;
  • Endokrin bezlarning boshqa kasalliklari.

Yosh bilan bog’liq (senil) osteoporoz esa kaltsiy tanqisligi sababli rivojlanadi — suyak to’qimasini parchalanish tezligi yangi suyak to’qimasini shakllanishi tezligidan ustun turganda. Osteoporozning ushbu shakli, odatda, 70 yoshdan katta odamlar uchun xosdir. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, senil osteoporoz ayollarda deyarli ikki barobar ko’proq uchraydi va 95% dan ko’proq hollarda klimaks davr bilan bog’liq.

Osteoporozning 5 foizdan kamrog’i boshqa kasalliklarga yoki muayyan dorilardan foydalanishga bog’liq. Bu suyak to’qimasining tuzilma-funktsional kasalliklariga olib keladigan buyraklar, endokrin bezlar va boshqa kasalliklarning oqibatida rivojlanib boruvchi ikkilamchi osteoporoz shaklidir.

Osteoporozning idiopatik shakli ham ajratiladi (asosan yoshlarda). Bu juda kam uchraydigan kasallik hisoblanib, uning sababi hozirda noma’lum bo’lib qolmoqda. Idiopatik osteoporoz chaqaloqlarda, barcha gormonlar normal bo’lgan bolalar va yoshlarda rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, bunday odamlarda osteoporoz rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar ham mavjud emas.

svg%3EOsteoporozda suyaklarning tuzilishi

Kasallikning turlari: osteoporozning tasnifi

Tarqalganligiga qarab quyidagilar ajratiladi:

  • Mahalliy osteoporoz;
  • Tizimli osteoporoz.

Nima sababdan rivojlanganligiga qarab osteoporoz quyidagi holatlarga bo’linadi:

Birlamchi (tanadagi tabiiy qarish jarayonlari bilan bog’liq):

  1. Postmenopauzal (I tip);
  2. Senil (II tip);
  3. Idiopatik (o’rta yoshdagi va balog’atga yetmagan bolalarda).

Ikkinchi darajali (kasallik yoki tashqi sabablarga ko’ra):

  • Revmatik kasalliklar, birikma to’qimalarining patologiyasi (tizimli qizil yugurigi, revmatoid artrit, Bexterev kasalligi);
  • Endokrin patologiyalarida;
  • Qon kasalliklari bilan;
  • Oshqozon-ichak traktining patologiyasi;
  • Buyraklar patologiyasi bilan;
  • Boshqa kasalliklar va holatlar bilan.

Morfologik mezonlarga ko’ra:

  • Trabekulyar (ko’mik modda yo’qolishi);
  • Kortikal (kortikal modda yo’qolishi);
  • Aralash.

Osteoporozning alomatlari: kasallik qanday namoyon bo’ladi?

Kasallik uzoq vaqt davomida yashirin bo’lishi mumkin. Ko’pincha kasallik umurtqa tanalariga ta’sir qiladi. Bitta umurtqa singanida kasallik ko’pincha alomatlarsiz tarzda kechadi va og’riq sindromi bir nechta umurtqa tanalari sinishi natijasida paydo bo’ladi. Osteoporotik umurtqa shikastlanishlarning eng o’ziga xos belgilari og’riq sindromi va umurtqa deformatsiyadir (qiyshayishi). Og’riq o’tkir tarzda paydo bo’lib, umurtqa oraliqlari bo’ylab qorin bo’shlig’ining old devoriga qadar tarqaladi. Odatda xurujlar tanani birdan burish, yo’talish, sakrash, aksa urish yoki og’irlik ko’tarish natijasida paydo bo’ladi. Ertalab og’riqlar sust bo’lib, kun davomida o’sib boradi va yotgan holatga o’tganda biroz kamayadi.

svg%3ENormal va osteoporoz suyaklar

Kasallikni bilvosita ko’rsatishi mukni bo’lgan osteoporozning alomatlariga:

  • Charchoq (bu umumiy zaiflashuv yoki modda almashinuvining yomonlashuvini ko’rsatadi);
  • Iyoqlarda tez-tez uchraydigan tortishishlar;
  • Tishlarda ortiqcha karash paydo bo’lishi;
  • Tirnoqlarning jiddiy mo’rtligi va ularni qavatlashishga moyilligi;
  • Suyaklar va dumg’aza sohasidagi og’riq;
  • Sochlarni erta oqarishi (bu alomat kamdan-kam kuzatiladi);
  • Umurtqalararo disk churrasi (suyak tuzilmalari mo’rtligi tufayli rivojlanadi);
  • Oshqozon tizimi kasalliklari;
  • Diabet oldi holati va qandli diabetning boshlang’ich alomatlari osteoporozning bevosita belgilaridan biridir;
  • Kuraklar orasi sohasida og’irlik hissi;
  • Bo’yning pasayishi;
  • Umurtqaning egrilanishi;
  • Mushaklarning kuchsizligi.

Kasallikning boshqa belgilariga vazn yo’qotish, qomatning o’zgarishi, jarohatlovchi ta’sirsiz ham tez-tez suyaklarning sinishi (odatda umurtqa tanalari, son, bilak suyaklari) kirishi mumkin.

Osteoporozda bemorning harakati

Kasallikning rivojlanishining oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Yugurish, yurish, raqs va boshqalar.
  • Shifokor tavsiyalarini bajarish va doimiy nazoratida bo’lish.
  • Kaltsiy, vitamin D yetarli bo’lgan sog’lom ovqatlanishga rioya qilish. Eriydigan shakldagi kaltsiyni ko’proq iste’mol qilish (sut mahsulotlari); qahva, tuzli ovqatlar, chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish yoki cheklash; magniy, kaliy, fosfor kaltsiyni o’zlashtirishda muhim rol o’ynaydi va bu elementlar uchun ratsion muvozanatli bo’lishi kerak; kremniy, rux, bor, mis, marganets, vitamin C, vitamin E, D, K ga boy mahsulotlarga afzallik berish kerak.

Osteoporozni tashxislash

Kasallikni tashxislash usullari:

  • Klinik tekshirish va anamnezni yig’ish;
  • Radiodiagnoz (rentgenografiya, tomografiya, dansitometrik usullar);
  • Biokimyoviy tadqiqotlar;
  • Biopsiyani o’rganish.

Osteoporozni davolash

Osteoporozni davolash suyaklarning baquvvatligini oshirishga qaratilgan. Kasallikning yengil shakllarida vitamin D bilan birga kaltsiy preparatlarini qabul qilish kifoya.

Ayollarning klimaks davridagi jiddiy yoki progressiv osteoporozda kasallikning rivojlanishini sekinlashtiruvchi estrogenlar buyuriladi. Davolash yoki oldini olish uchun estrogenlar ko’pincha progesteron bilan birgalikda buyuriladi.

Bisfosfonatlar (zoledron, ibandron, alendron, klodron kislota) shuningdek, osteoporozni davolashda ham samarali hisoblanadi. Ular suyak to’qimalarining siyrakligini kamaytiradi, suyak massasini ko’paytiradi, va sinish ehtimolini kamaytiradi. Ko’plab mutaxassislar umurtqasi singan kishilarga kaltsitonin qabul qilishni tavsiya qiladi.

Ftor birikmalari suyak zichligini oshirishga yordam beradi, ammo bu holda shakllangan suyaklar mo’rt bo’ladi. Osteoporozdan aziyat chekayotgan erkaklar qonida testosteronning past darajada bo’lganda, testosteron preparatlari buyuriladi.

Osteoporoz tufayli yuzaga keladigan bevosita suyak sinishlarini ham tuzatish kerak. Son suyagi singanda ko’pincha suyakning bir qismiga protez talab qilinadi. Umurtqa singan bo’lsa, immobilizatsiya amalga oshiriladi, og’riq qoldiruvchi va fizioterapiya qo’llaniladi, lekin ko’pincha og’riq uzoq vaqt davom etadi. Bilak suyaklari singanda suyak holati joyiga krltirilib, gipslab qo’yiladi.

Osteoporozning asoratlari va kasallikni oldini olish

Osteoporozning asosiy asoratlari — umurtqa va periferik suyaklarning sinishi bo’lib, bu noqulaylik, vaqtinchalik nogironlik va o’lim darajasining oshishiga olib keladi.

Jismoniy faoliyatni saqlash, spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish, to’yib uxlash, ratsionda kaltsiy miqdori (kuniga o’rtacha 1200-1500 mg) va vitamin D ni me’yorda saqlab qolish kasallikni oldini olishga yordam beradi. Shiningdek, quyosh nurlari yetarlicha ta’sir qilishi kerak.

Kasalliklar
alomatlari, davolash va oldini olish, Osteoporoz — rivojlanishi sabablari, tasnifi