OSTEOMIYELIT

OSTEOMIYELIT

OSTEOMIYELIT (osteo… va yun. myeolos — magʻiz, koʻmik) — koʻmikning yalligʻlanishi. Bunda yalligʻlanish jarayoni hech qachon koʻmik bilan cheklanmay, suyakning qattiq (kompakt) qismiga va pardasi (periost)ga tarqaladi (q. Periostit). O. koʻpincha, odam skeleti gʻovak suyaklarining boʻgʻimga yaqin joyida uchraydi. Yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) koʻpincha Osteomiyelitga (nospetsifik Osteomiyelit) sabab boʻladi. Mikroblar suyak toʻqimasiga uzoqdagi yiring oʻchogʻidan, mas, chipqondan, anginada yalligʻlangan murtak bezlaridan, yangi tugʻilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi bilan (gematogen yoʻl b-n) kelishi mumkin. Osteomiyelit sil, zaxm kasalliklari oqibatida xam paydo boʻladi (spetsifik Osteomiyelit).

Ensiklopediya.uz
OSTEOMIYELIT