O`SMIR QIZLARGA GINEKOLOG TAVSIYaLARI
Hayz kelishidan bir necha oy avval qorinning pastki qismida biroz og`riq sezilishi, qindan rangsiz yoki oq ajralmalar kela boshlashi mumkin. Faqat bu ajralmalarda noxush hid borligini sezsang, albatta, onang yoki opangga aytishing lozim. Chunki, bu biror kasallik alomati bo`lishi ehtimoli bor. Ichki kiyimingda jigarrang ajralma izini ko`rsang, bilginki, bu birinchi hayz. Odatda, ilk hayzda bir necha tomchi qon keladi. Hayz har oy, ya`ni 28-30 kunda takrorlanadi va 3 kundan 7 kungacha cho`zilishi mumkin. Uning har oyda ma`lum bir vaqtda kelishi – salomatliging ko`rsatkichi hisoblanadi.
Toshkent viloyatida 14 yoshli qizning nomusiga teggan shaxslar jazosiz qolmoqda
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 2020-yilning sentabr oyida 14 yoshli qizni o‘g‘irlash, nomusiga tegish kabi mudhish jinoyat sodir etilgan shaxslar jazosiz qolmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning yoz oylarida qiz ammasining uyiga mehmonga borgan. Karantin tufayli ko‘chada transport harakati cheklangani uchun u taksida uyga qaytish maqsadida ko‘chada to‘xtagan yengil mashinaga o‘tirgan.
Mashina ichida bo‘lgan yana bir yigit qizni ko‘rib, uni tog‘li hududga olib qochgan. “Dacha”ga olib borib, qizga qandaydir dori ichirgan. Hushini yo‘qotgach esa uni turli xil alfozda rasmlarga tushirgan. O‘ziga kelganida uni avrab, “Bu yerga kelganingni hech kimga aytmasang, uyingga olib boraman”, degan. Shundoq ham qo‘rqib ketgan qiz rozi bo‘lgan va uyga kelgach, hech kimga hech narsa demagan.
Qo‘lida yetarlicha “dalillar”i bo‘lgan yigit kunlarning birida qizga qo‘ng‘iroq qilib, “Sumkang qolib ketibdi, chiqsang berib yuboraman”, deb aytgan. Qiz sumkasi uchun uydan chiqib borganida esa unga o‘sha suratlarni ko‘rsatib, birga ketmasa, suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Qattiq qo‘rqib ketgan qiz yana mashinaga o‘tirgan. Bu safar yigit qizni ko‘p qavatli uylardan biriga olib borgan. Qiz yo‘qolib qolganini bilgan oila-a’zolari uni qidirishga tushgan. O‘sha paytda Moskvada ishlayotgan otasi ham yetib kelgan.
Qizning otasi B.ning aytishicha, u farzandini bir hafta mobaynida qidirgan, bu haqda ichki ishlar organlariga ham murojaat qilgan. Qanchalik harakat qilmasin, u qizini topa olmagan. Oradan bir necha kun o‘tib, abgor bir ahvolda qiz uyiga kirib kelgan va otasining qistovi bilan hamma voqeani birma-bir so‘zlab bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz keyingi ikki kunni tashlandiq, kimsasiz bir hududda och-nahor o‘tkazgan. Zo‘rovon nafaqat uning nomusini toptagan, balki uning kimsasiz joyda o‘lib ketishini ham reja qilib, uni ovloq joyda bo‘lgan temir konteynerga qamab ketgan. Baxtli tasodif tufayli qiz konteynerdan chiqib, uzoq masofani piyoda yurib, uyiga qaytib kelgan.
Ota voyaga yetmagan qizini tahqirlagan, bu jarayonda ishtirok etgan shaxs haqida ma’lumotlarni to‘plab, 2020-yil sentabr oyining oxirlarida O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza bo‘yicha jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari boshlangan. “Biroq bu harakatlarning oxiri hali ham ko‘rinmagan. Ota ichki ishlar bo‘limiga qatnab charchaganidan so‘ng, ko‘plab yuqori tashkilotlarga murojaatlar yo‘llagan. Ammo murojaatlarga ‘tegishli organga yuborildi, natijasi haqida ma’lum qilamiz’, degan mazmunda javoblar kelgan, xolos”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, voyaga yetmagan qizaloqni tahqirlagan shaxslarga oradan olti oy o‘tgan bo‘lsa ham hozirga qadar hech qanday chora ko‘rilmagan.
Avvalroq Toshkentda 10 yoshli bolaning nomusiga tegishga uringani aytilgan taksi haydovchisi ushlangani, Yangiyo‘lda 8 yoshli maktab o‘quvchisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
- “Oyoq-qo‘llarimni bog‘lab qo‘yib, zo‘rlashdi”. Quvada 19 yoshli qizni uch kishi zo‘rlab nomusiga tekkani aytilmoqda
- Andijonlik qiz otasi uni muntazam zo‘rlab kelganini aytmoqda. Prokuratura holat yuzasidan tekshiruv boshladi
O`SMIR QIZLARGA GINEKOLOG TAVSIYaLARI
— Endi katta qiz bo`lib borayapsan, bolam, — deyman kundan-kun durkunlashib, bo`yi bo`yimga etib borayotgan qizimga qarab. Rosti, undagi bu o`zgarishlar meni bir tomondan quvontirsa, boshqa tomondan xavotirga ham soladi. Bunday hisni, aslida, har bir ona yuragidan o`tkazadi. Negaki, bolaning o`smirlik davri ota va ona zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Farzandimizning tabiati, fe`l-atvoridagi o`zgarishlardan boxabar bo`lgach, uning balog`atga etishi jarayonida nimalarga e`tibor qaratish kerakligini o`ylab shoshib qolamiz. Sir emaski, bunday paytda o`smir, ayniqsa, qiz bolaga do`stona maslahat zarur. Ammo onalar, ko`pincha, mazkur masalada qizlari bilan sirlashishga istihola qilishadi. Qiz bolaning opasi bo`lsa-ku, mayli, bu davrning “nozik” jihatlari haqida ogohlantirishi mumkin. Lekin bo`yi etayotgan qizning bunday maslahatgo`yi yo`q bo`lsa-chi? Unda quyidagi tavsiyalar asqotishi aniq.
“Qizil kunlar” nimadan darak?
Qiz bola 11-12 yoshga etganida u hayz ko`radi, ya`ni jinsiy a`zolaridan qon keladi. Qo`rqma, bu kasallik emas, balki ayol kishida har oy takrorlanadigan holat. Odatda, ona necha yoshda hayz ko`ra boshlagan bo`lsa, qizda ham xuddi o`sha yoshda yoki unga yaqin vaqtda ana shunday o`zgarish kuzatiladi. Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, qiz bolaning vazni 47 kg. ga etganida u hayz ko`rar ekan. Ya`ni, ozg`in qizlar, do`mboqlarga qaraganda kechroq etiladilar. Ammo yoshing 15-16 ga etib qolgan va haligacha hayz ko`rmagan bo`lsang, shifokor ko`rigidan o`tish zarur.
- Ilk alomatlar
- Og`riqlimi?
- Shifokorga borishdan avval.
- Tibbiy ko`rik qanday o`tadi?
- Necha yoshda hayz ko`ra boshlading? Ilk hayz necha kun davom etgan va so`nggi marta qachon bo`ldi? U har oyda bir vaqtda takrorlanadimi yoki bir necha oy hayz ko`rmaslik holatlari ham bo`lganmi?
- Hayz davrida og`riq his qilasanmi? Ko`p qon keladimi?
- Seni bezovta qilayotgan boshqa shikoyatlaring bormi?
Hayz kelishidan bir necha oy avval qorinning pastki qismida biroz og`riq sezilishi, qindan rangsiz yoki oq ajralmalar kela boshlashi mumkin. Faqat bu ajralmalarda noxush hid borligini sezsang, albatta, onang yoki opangga aytishing lozim. Chunki, bu biror kasallik alomati bo`lishi ehtimoli bor. Ichki kiyimingda jigarrang ajralma izini ko`rsang, bilginki, bu birinchi hayz. Odatda, ilk hayzda bir necha tomchi qon keladi. Hayz har oy, ya`ni 28-30 kunda takrorlanadi va 3 kundan 7 kungacha cho`zilishi mumkin. Uning har oyda ma`lum bir vaqtda kelishi – salomatliging ko`rsatkichi hisoblanadi.
Oy ko`rishingdan bir necha kun avval qorinda pastga tortuvchi og`riq his qilishing mumkin. Unutmaki, juda qattiq og`riq tursa, qon miqdori ko`p bo`lsa, buni yaqinlaring (ona, opa, xola)ga bildirib, ginekolog shifokor ko`rigidan o`tish zarur.
4. Necha yoshda ginekologga borish kerak?
Agar seni hech narsa bezovta qilmasa, 13 yoki 15 yoshda ginekolog shifokorga ko`rinishing mumkin. Ginekolog nafaqat ayollar kasalligini davolaydi, balki qizlar u yoki bu kasallikka chalinishining oldini olish bilan ham shug`ullanadi. Kasallikni davolashdan ko`ra, uning kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslik osonroq. Shu sababli yiliga bir marotaba ginekolog ko`rigiga borib turishing, salomatliging uchun foydalidir.
Ichki kiyimlaring toza bo`lishi kerak. Ertaga ginekolog ko`rigiga borishni rejalashtirgan bo`lsang, uyquga yotishdan avval tozalanish, jinsiy a`zolarni yuvish zarur. Ammo ginekologga borishdan bir necha soat avvalbunday qilish tavsiya etilmaydi. Nega deganda, yallig`lanish yoki shamollash alomatlari bo`lgan ajralmalar yuvilib ketishi mumkin.
Agar seni hech narsa bezovta qilmayotgan bo`lsa, shifokor suhbat jarayonida quyidagi savollarni berishi mumkin:
Ginekolog ushbu savollarga bergan javobingdan kelib chiqib, ko`krak bezlarini tekshirishi mumkin. Shuningdek, seni tibbiy ko`rikdan o`tkazish uchun maxsus ginekologik kresloga chiqishni buyuradi. Albatta, bu seni biroz xavotirga solishi tabiiy. Ammo yodingda bo`lsin, bu og`riqli jarayon emas, biroz yoqimsiz, xolos. Bundan tashqari, turmushga chiqmagan qizlarni shifokor ultratovush tekshiruvi yordamida ham tekshirishi mumkin. Shifokor a`zolarning qanchalik to`g`ri rivojlanayotgani va shamollash bor yoki yo`qligini ko`radi. Mabodo, ginekolog ko`rigi paytida og`riq his qilsang, buni darhol shifokorga bildirishing kerak.
Ginekolog shifokor ko`rigi sen tasavvur qilganingdek dahshatli hodisa emas. Shifokor salomatligingga zarar etkazadigan hech qanday harakat qilmaydi. U jinsiy a`zolar qanchalik to`g`ri rivojlanayotganini nazorat qilib, biror salbiy o`zgarish yo`qligiga ishonch hosil qilish uchun uni ko`zdan kechirishi lozim. Bu to`g`ri tashxis qo`yish uchun zarur va tekshiruv uzog`i bilan 2-3 daqiqa talab qiladi, xolos. Qo`rqma. Bordi-yu, hayajoningni enga olmasang, oyingdan qo`lingni ushlab turishini iltimos qilishing mumkin.
Yodingda tut: Ginekolog shifokor ko`rigiga borganing va qandaydir muolajalar olayotganing to`g`risida hatto eng yaqin dugonangga ham aytma. Qizlar bu kabi kichik sirlarning begonalar qulog`iga etishidan ehtiyot bo`lishlari kerak.
Hayz davrida qattiq og`riq his qilmasang va ko`p qon kelmayotgan bo`lsa, sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish mumkin.
Bunday paytda shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy amal qilish zarur. Ertalab va kechqurun iliq suv bilan jinsiy a`zolarni yuvish, ichki kiyimlarni yaxshilab dazmollanganiga almashtirish shart. Shuningdek, o`zingga tegishli alohida sochig`ing, sovun va mochalkang bo`lishi lozim. Hojatga chiqqaningdan keyin (yoki kechki payt), albatta, jinsiy a`zolarni to`g`ri yo`nalishda: old tarafdan orqaga qarata yuvish kerak.
Onalar uchun!
Qizingiz bo`yi etib, katta bo`lib qoldi. U bilan tengquridek bo`lmasa-da, yaqin insoni sifatida gaplashishingiz, maslahat berishingiz har ikkingiz uchun ham foydalidir. Chunki, siz bu bilan qizingizni bezovta qilayotgan muammolardan boxabar bo`lasiz va unga to`g`ri yo`l ko`rsatasiz. Bolangizning hali hayotda tajribasi bo`lmagan o`zi kabi dugonalari maslahatiga quloq tutib, ish ko`rishi to`g`ri emasligini unutmang.
Odatda, o`smir yoshdagi qizlar onasining kayfiyatini osonlik bilan o`ziga “yuqtiradi”. Va bu yoshda onalar farzandlaridan faqat o`zlariga ma`lum sabablarga ko`ra, uzoqlasha boshlaydilar. Natijada, yosh qiz o`z muammolari bilan yolg`iz qolib ketadi va o`ziga nisbatan ishonchi yo`qola boshlaydi. Shu bois, qizingizning bo`yi cho`zilishi bilan o`zingizning o`smir yoshingizni yodga oling. Farzandingizda ro`y berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarning tabiiy hol ekanligini unga tushuntiring. Qizingiz o`zini qiynayotgan barcha savollarga sizdan javob ola bilishini his qilsin. Va uning savollariga ortiqcha hissiyotga berilmay, vazminlik bilan javob qaytaring. Shu bilan birga qarshi jins vakillari bilan munosabatlarda ehtiyot bo`lishi kerakligini ham aytib o`ting.
Shu bilan birga o`smir yoshdagi qizingizni bolalar ginekologi ko`rigidan o`tkazish uyatli emas. Albatta, uni ko`rikdan o`tkazayotganingizni birovga ovoza qilishning hojati yo`q. Ammo, shu bilan birga, o`smir yoshdagi qizingizning to`g`ri rivojlanashi uning kelajak hayoti, homilador bo`la olishi, sog`lom farzand dunyoga keltira olishi uchun esa muhimligini unutmang. Shu sababli yilda bir bora bo`lsada, qizingiz bilan bolalar ginekologi ko`rigidan o`tib turish tavsiya qilinadi.
Maqola bolalar ginekolog shifokori Yoqut NURMUHAMMEDOVA bilan hamkorlikda Madina ZARIF tayyorladi.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi.
Qiziqarli malumotlar
O’smir qizlarga ginekolog tavsiyalari