Osiyodagi eng yaxshi universitetlar
Osiyodagi eng yaxshi universitetlar
DO`STLARGA ULASHING:
Xitoy
Pekin universiteti – 1898-yilda tashkil etilgan bo’lib, Xitoyning ikkinchi darajali universiteti. U AQShning Ayvi Ligasining xitoycha ekvivalenti bo’lgan nufuzli C9 Ligasining a’zosi.
Xitoyning boshqa taniqli universitetlari orasida: Fudan universiteti, Xitoy Fan va texnologiyalar universiteti, Shanxay Jiao Tong universiteti, Nanjing universiteti va Zhejiang universiteti.
Yaponiya
Yaponiya kuchli ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sanoati tufayli dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiy mamlakatidir. Yaponiyada ixtisoslashgan va kasb-hunar maktablarini o’z ichiga olganda 800 ga yaqin universitet mavjud. Tokio universiteti Yaponiyaning milliy universitetlaridan biri.
Yaponiyaning eng nufuzli universitetlaridan bo’lgan Kioto universiteti 1897 yilda tashkil topgan. Kioto hozirgi kunda Yaponiyaning eng faol shaharlaridan biri bo’lib, universitet o’ziga xos xususiyatlarga ega. U o’zining texnologiyalari bilan tanilgan va iqlim o’zgarishi kabi dolzarb xalqaro masalalarda innovatsion tadqiqotlar olib bormoqda.
Yaponiya hukumati 2020-yilga kelib mamlakatda 300.000 chet ellik talabalarni qabul qilishni maqsad qilgan. Yaponiyaning boshqa taniqli universitetlari qatoriga: Osaka universiteti, Kioto Texnologiya instituti, Tokio Texnologiya instituti, Toxoku universiteti va Nagoya universitetlari kiradi.
Janubiy Koreya
Seul-talabalar shahri. Bu mamlakatda Seul milliy universiteti, Sungkyunkwan universiteti, Koreya universiteti va Yonsei universiteti kabi eng yuqori martabali universitetlari joylashgan. Seul milliy universiteti 1946-yilda, poytaxtdagi 10 dan ortiq oliy o’quv yurtlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Bir qator xalqaro universitetlar talabalari uchun 800 dan ortiq akademik almashinuv dasturlari mavjud.
Janubiy Koreya, shuningdek, Koreyaning ilg’or fan va texnologiyalar instituti va Poxang fan va texnologiya universiteti kabi universitetlari bilan mashhur. KAIST 1971-yilda Koreya hukumati va Amerika akademiklari va siyosatchilari jamoasi tomonidan tashkil etilgan. POSTECH Kaliforniya Texnologiya Institutida modellashtirilgan.
Tayvan
Tayvan dunyodagi yetakchi texnologiyalarga ega mamlakat. Shuningdek, kuchli oliy ta’lim dasturlari tufayli «Osiyo yo’lbarslari» nomiga (Osiyoda o’z iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlantirayotgan to’rtta davlatga) ega bo’ldi.
Xsinchu Ilmiy instituti, Milliy Tsing Xua Universiteti va Milliy Cheng Kung Universiteti kabi universitetlar mavjud. Uchchala universitet ham texnologiyalarni o’rganish uchun yaxshi maskan. U yerda ta’niqli: fizika va kimyo bo’yicha Nobel mukofoti laureatlari, sobiq va hozirgi prezidentlar, kompaniyaning bosh direktorlari bilim olishgan.
Boshqa yuqori martabali universitetlarga quyidagilar kiradi: Milliy Yang-Ming Universiteti, Taypey Tibbiyot Universiteti, Tayvan Milliy Fan va Texnologiya Universiteti, Taypey Milliy Texnologiya Universiteti, Milliy Chengchi universiteti va Fu Jen katolik universiteti.
Gonkong
Gonkongda kam sonli universitetlar mavjud, ammo ularning barchasi yuqori sifatli ta’lim berish bilan tanilgan. Gonkong universiteti eng yaxshi universitet bo’lib, o’qitish va ilmiy izlanishlar bo’yicha tan olingan oliygohdir. Universitet ayniqsa, stomatologiya, tilshunoslik, geografiya va ijtimoiy siyosatdan ta’lim berishi bilan boshqalaridan ajralib turadi.
Gonkongning diqqatga sazovor boshqa universitetlari: Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti, Xitoy Gonkong universiteti va Gonkong shahar universitetidir.
Osiyodagi eng yaxshi universitetlar