Oshxona idishlari xaqida to’liq malumot oling
Choynak va chovgumlar
Chovgumda suv qaynatishdan avval uni tozalovchi filtrdan o’tkazish tavsiya etiladi. Toza suv qaynatilganda chovgum devorlarida qurum yig’ilmaydi. Shu bilan birga, bunday suv sog’liq uchun ham foydali. Agar filetr harid qilishga imkoningiz bo’lmasa, xech bo’lmaganda, vodoprovod suvini tindirib, keyin qaynatishga odatlaning. Chovgumda yig’ilib qolgan qasmoqlarni ketkazish uchun esa idishga tozalab yuvilgan kartoshka po’stlog’ini solasiz. So’ng ustidan suv quyib, qasmoq yumshaguncha qaynatasiz. Ko’p hollarda tez-tez choy damlanadigan sirli choynaklarning jo’mragi sarg’ayib, dog’ bo’lib qoladi. Ularni ketkazish uchun choynakka bir piyola kul va qaynoq suv quying. Dog’lardan asar ham qolmaydi.
Sirli idish tagiga olsa
Odatda ovqatni isitish uchun sirli idishlardan foydalaniladi. Agar ma’lum sababga ko’ra idish tagiga olsa, uni darrov pichoq bilan qirishga tushamiz. Natijada idishning ko’rinishiga putur etadi. Shu bois unga iste’mol sodasi solib (2 litr suvga 1 choy qoshiq miqdorida) suv bilan qaynatish kerak. Shundan so’ng idish tez tozalanadi. Bordi-yu istemol sodasi bo’lmasa, bunda sizga piyoz yordam beradi. Buning uchun istemol sodasi o’rniga 2-3 dona piyoz ishlatiladi.
Mikroto’lqinli pech: maxsus idishlardan foydalaning!
Mikroto’lqinli pechdan foydalanishda iloji boricha maxsus idishlarni ishlatgan ma’qul. Sizda bu borada muammolar paydo bo’lganda, shishali idishlar ishlatishni tavsiya etamiz. Hajm borasida esa dumaloq shakldagilari yaxshi tanlovdir. Avvalo, idishning qay darajada chidamli ekanligini sinovdan o’tkazing. Buning uchun shishali idishga suv solib, uni eng baland haroratga ko’tarib, mikroto’lqinli pech ichiga solasiz (5 daqiqaga). Ushbu jarayonda idishning o’zi qizib, suv sovuqligicha turgan bo’lsa, bunday idishlardan foydalanib bo’lmaydi. Aslo oltin suvi yuritilgan va metall qisqichli idishlarni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Foydali Maslahatlar
Oshxona idishlari xaqida