OSHLOVCHI MODDALAR

OSHLOVCHI MODDALAR

OSHLOVCHI MODDALARteri va moʻynani oshlashda ishlatiladigan moddalar. Oshlovchi moddalar mineral va organik turlarga boʻlinadi. Xrom, alyuminiy, sirkoniy, titan, kremniy, temir birikmalari mineral Oshlovchi moddalarga kiradi. Bu birikmalarning koʻpchiligi sulfat kislota tuzlari boʻlib, suvli eritmalar holida ishlatiladi. Xrom birik-malari teri va moʻynalarning barcha turini oshlashda keng qoʻllanadi. Sirkoniy birikmalari terini chidamli va sirtini silliq qiladi.

Ensiklopediya.uz
OSHLOVCHI MODDALAR