OSh LАVLАGI YeTIShTIRISh
OSh LАVLАGI YeTIShTIRISh
DO`STLARGA ULASHING:
Аhamiyati.
Lavlagi oziq-ovqat sifatida yil davomida ishlatiladi. Bahorda ovqatga yosh barglari va ildizlari, yozda va kuzda mevasi foydalaniladi. Toʼyimliligi jihatdan lavlagi bir qator sabzavotlardan ustun turadi. Organik kislotaga boy sabzavotlar orasida lavlagi fosfor va kaliy saqlash boʼyicha birinchi oʼrinni egallaydi.
Urugʼ tanlash.
Ekiladigan urugʼi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun (sinmagan), vazndor boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi.Yer tayyorlash.
Urugʼ sepiladigan maydonlar oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 tonna) chirigan goʼng solinadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi va yaxshilab tekislanib, sugʼorish egatlari olinadi.Ekish muddati va sxemasi.
Osh lavlagi urugʼi uch muddatda ekiladi: bahorgi, yozgi va kech kuzgi (toʼqsonbosti). Yozgi muddatda janubiy hududlarda 1–10 avgust, markaziy hududlarda 5–30 iyun, shimoliy hududlarda 1–10 iyunda ekiladi. Bahorgi muddatda janubiy ududlarda 15 fevral–1 mart, markaziy hududlarda 1–15 mart va shimoliy hududlarda martning uchinchi oʼn kunligi – aprelning birinchi oʼn kunligida ekiladi.Toʼqsonbosti muddatda markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 10 noyabr–10 dekabrva shimoliy mintaqalarda 1 noyabr–10 dekabrda ekiladi. Urugʼ sarfi bahorgi va yozgi muddatlarda 1,4–1,6 kg, toʼqsonbosti muddatda 1,6–1,8 kg sarflanadi. Ekish sxemasi qatorlar orasi 70 sm ga 2-3 qator lentasimon usulda oʼsimliklar orasi 8-10 sm qilib ekiladi. Аyrim xollarda sochma usul qoʼllaniladi. Urugʼlar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.
Parvarishlash.
Osh lavlagi 2–3 marta chopiq va oʼtoq qilinadi. 10 sotix maydonga 15–20 kg azot, 10–15 kg fosfor, 8–10 kg kaliy solinadi. Sugʼorish ekish muddati, tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvining joylashish chuqurligiga qarab 8–12 marta oʼtkaziladi. Lavlagi urugʼlari 4–5 oS da unib chiqa boshlaydi, oʼsib-rivojlanishi uchun eng qulay harorat 20–25 oS. Lavlagi sovuq (-2–3 o S) va yuqori harorat taʼsiriga chidamli. Tuproqda nam yetarli darajada boʼlganda yuqori hosil beradi.
google.com
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Shiralar hamda lavlagi uzunburun zararkunandalariga qarshi kurashishda yerlarni kech kuzda chuqur qilib haydash, 10 sotixga Karate 5% em.k. (0,2 l/ga), Maspilan % n.kuk. (15–25 ml/ga), Perfekto 17,5% sus.k. (0,2-0,3 l/ga) preparatlarining birontasini 60 litr suvda aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.Hosilni yigʼishtirish.
Osh lavlagi ildizmevasining diametri 3-3,5 sm boʼlganda kovlab olinadi. Takroriy ekilgan osh lavlagi hosili qattiq sovuq tushmasdan yigʼishtirib olinadi, toʼqsonbosti muddatda ekilgan osh lavlagi xosili may iyun oyida yigʼib olinadi.Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 200 g urugʼiga 50 ming soʼm arflanadi. Umumiy xarajatlar 576500 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 1000 soʼmdan sotilganda 4 mln. 150 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 3 mln. 573 ming soʼm sof foyda olish mumkin.
OSh LАVLАGI YeTIShTIRISh