Ortiqcha vaznga egamisiz? haqida malumot
Buni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin. Tana og‘irligi ko‘rsatkichi – TOK ¹ = vazn (kg) : bo‘y (m) ². Masalan, vazningiz 90 kg, bo‘yingiz 1,68 m. TOK¹= 90:(1,68×1,68) = 32,1. Jadvalga qarasangiz, mazkur ko‘rsatkich, birinchi darajali semizlik holatini ko‘rsatmoqda. Demak, vazningizni kamaytirish choralarini boshlashingiz zarur.
Shu tartibda vazn va bo‘y o‘lchamingizni yuqoridagi formulaga solib, natijasini biling. Hosil bo‘lgan natija jadvalning qaysi ko‘rsatkichiga mos kelishiga qarab, vazn bilan bog‘liq muammongizni aniqlaysiz.
Vazn ko‘rsatkichi | Erkaklar uchun | Ayollar uchun |
Vazningiz me’yordan kam | 19 | 19 |
Me’yorda | 19-25 | 19-24 |
Ortiqcha vazn | 26-29 | 25-29 |
I darajadagi semizlik | 30-34 | 30-34 |
II darajadagi semizlik | 35-39 | 35-39 |
III darajadagi semizlik | 39 | 39 |
© Sugdiyona.uz nashri.
Kasalliklar
Ortiqcha vaznga egamisiz?