ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING

ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING

ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING

Mundarija скрыть
ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING
DO`STLARGA ULASHING:
Eng ommaviy vosita Dezodorantlar Dezodorant — teridagi bakteriyalar bilan kurashib, ular tomonidan chaqirilgan yoqimsiz hidlarni bartaraf etuvchi vosita. Uning tarkibida infektsiya va bakteriyalardan xalos etuvchi talk, spirt va triklozan kabi moddalar mavjud. Dezodorant-antipersperantlar oddiy dezodorantlardan farqli ravishda hidni yo’qotish bilan birga, ter ajralishini ham ma’lum muddat to’xtatib turadi. Buning sababi vosita tarkibidagi alyuminiy tuzi teridagi teshikchalarni berkitishida. Bu muddat qisqa bo’lib, vositadan oddiy dezodorantga qaraganda ko’proq foydalanish talab etiladi. Turlari Dezodorantlarning sepiladigan (sprey), stik, rolikli turlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilib kelinmoqda. Sprey ta’sir etish vaqti juda qisqa, ko’p hollarda kiyimda o’z «iz»ini qoldiradigan vosita. Shunga qaramasdan, foydalanish uchun eng qulay va ommabop dezodorant turi hisoblanadi. Rolikli turdagi dezodorantlar odatda emulsiya yoki geldan tashkil topadi. Bu vosita teriga tezda singib, uzoq vaqtgacha terlash bilan bog’liq muammolardan xalos etadi. Qattiq turdagi dezodorantlarning asosiy afzalliklaridan biri kiyimda hech qanday dog’ qoldirmasligidir. Ular yuqori ta’sirga ega bo’lib, odatda kuchli terlashdan aziyat chekayotgan kishilarga tavsiya etiladi. Agar siz ta’sirchan teri sohibasi bo’lsangiz, tarkibida spirt miqdori kam bo’lgan yoki umuman bo’lmagan turdagi vositalarni tanlang. Va yana dezodorant tanlashda, umuman hidga ega bo’lmagan turdagisini tavsiya etamiz. Shunda vositaning ifori atiringiz bilan aralashib ketmaydi. Halq tabobati Terlash bilan bog’liq muammoning ajoyib echimi moychechak damlamasi hisoblanadi. Bunda 5 osh qoshiq gullarni 2 l suvda damlab, 1 soatcha o’rab olib qo’ying. Shundan so’ng 2 osh qoshiq ichimlik sodasini solib, har kuni 6-8 marta damlama bilan qo’ltiq ostini yuvish tavsiya etiladi. Yomon hiddan qutulish uchun esa eman daraxti po’stlog’ini qaynatib, suviga limon sharbatini qo’shamiz va qo’ltiq ostini har kuni bir necha bor artib turamiz. Bu muolaja ortiqcha terlashning oldini olib, xushbo’y limon ifori taralib turishiga sababchi bo’ladi. Issiq-sovuq (kontrast) dush ham muammoni echishda samarali muolaja hisoblanadi. Ammo bu muolajani muntazam — ertalab va kechqurun bajarib turish talab etiladi.

DO`STLARGA ULASHING:

Kunlar isishi bilan istaymizmi-yo’qmi, terlay boshlaymiz. Aslida organizmdan ajraladigan ter rangsiz va hidsiz bo’lib, bizga muammo keltirmaydi. Yoqimsiz hid paydo bo’lishiga esa terida yashovchi bakteriyalar sababchi bo’ladi. Terlashdan butunlay qutulib bo’lmasa ham uni nazorat qilish, badbo’y hidning oldini olish mumkin.
ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING
ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING
Eng ommaviy vosita
Dezodorantlar Dezodorant — teridagi bakteriyalar bilan kurashib, ular tomonidan chaqirilgan yoqimsiz hidlarni bartaraf etuvchi vosita. Uning tarkibida infektsiya va bakteriyalardan xalos etuvchi talk, spirt va triklozan kabi moddalar mavjud. Dezodorant-antipersperantlar oddiy dezodorantlardan farqli ravishda hidni yo’qotish bilan birga, ter ajralishini ham ma’lum muddat to’xtatib turadi. Buning sababi vosita tarkibidagi alyuminiy tuzi teridagi teshikchalarni berkitishida. Bu muddat qisqa bo’lib, vositadan oddiy dezodorantga qaraganda ko’proq foydalanish talab etiladi.
Turlari
Dezodorantlarning sepiladigan (sprey), stik, rolikli turlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilib kelinmoqda. Sprey ta’sir etish vaqti juda qisqa, ko’p hollarda kiyimda o’z «iz»ini qoldiradigan vosita. Shunga qaramasdan, foydalanish uchun eng qulay va ommabop dezodorant turi hisoblanadi. Rolikli turdagi dezodorantlar odatda emulsiya yoki geldan tashkil topadi. Bu vosita teriga tezda singib, uzoq vaqtgacha terlash bilan bog’liq muammolardan xalos etadi. Qattiq turdagi dezodorantlarning asosiy afzalliklaridan biri kiyimda hech qanday dog’ qoldirmasligidir. Ular yuqori ta’sirga ega bo’lib, odatda kuchli terlashdan aziyat chekayotgan kishilarga tavsiya etiladi. Agar siz ta’sirchan teri sohibasi bo’lsangiz, tarkibida spirt miqdori kam bo’lgan yoki umuman bo’lmagan turdagi vositalarni tanlang. Va yana dezodorant tanlashda, umuman hidga ega bo’lmagan turdagisini tavsiya etamiz. Shunda vositaning ifori atiringiz bilan aralashib ketmaydi.
Halq tabobati
Terlash bilan bog’liq muammoning ajoyib echimi moychechak damlamasi hisoblanadi. Bunda 5 osh qoshiq gullarni 2 l suvda damlab, 1 soatcha o’rab olib qo’ying. Shundan so’ng 2 osh qoshiq ichimlik sodasini solib, har kuni 6-8 marta damlama bilan qo’ltiq ostini yuvish tavsiya etiladi. Yomon hiddan qutulish uchun esa eman daraxti po’stlog’ini qaynatib, suviga limon sharbatini qo’shamiz va qo’ltiq ostini har kuni bir necha bor artib turamiz. Bu muolaja ortiqcha terlashning oldini olib, xushbo’y limon ifori taralib turishiga sababchi bo’ladi. Issiq-sovuq (kontrast) dush ham muammoni echishda samarali muolaja hisoblanadi. Ammo bu muolajani muntazam — ertalab va kechqurun bajarib turish talab etiladi.

ORTIQCHA TERLASHNI OLDINI OLING