ORQA ILI OLATOVI
ORQA ILI OLATOVI — Tyanshan sistemasidagi togʻtizmasi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston chegarasida. Uz. 350 km. Eng baland joyi 4973 m (Talgar choʻqqisi). Granit, konglomerat, ohaktosh va sla-neslardan tarkib topgan. Baʼzi choʻqqilari muzliklar bilan qoplangan (484 km2). Shim. yon bagʻirlaridan Ili daryosining chap irmoqlari oqib tushadi. Togʻ etaklari quruq dashtlardan iborat, balandrokda buta, dasht oʻsimliklari oʻsadi, oʻtloqlar va oʻrmonlar (olma, togʻterak, qoraqaragʻay) mavjud. Shim. etagida Olmaota sh. joylashgan.
Ensiklopediya.uz
ORQA ILI OLATOVI