ORKESTRATOR
ORKESTRATOR — elektron musiqa cholgʻu asboblaridan biri. Klaviatura va boshkarish pulti, tovush generatorlari, modulyatorlar, filtrlar, elektron xotira, dinamiklar va b. dan ibo-rat. Yakka ijrochi Orkestrator yordamida har qay-si kuyning koʻp ovozli aranjirovka-sini yaratib, uni «yoʻq» orkestr (ansambl) tomonidan chalinayotganday tuyulishiga erishadi. Bunga Orkestratorning elektron xotirasida saklanayotgan 100 dan ortik, standart tayyor usullar, elektron sintez yoʻli bilan paydo boʻla-yotgan 600 dan ortiq tovush tembr (tus-)lari imkoniyat yaratadi. Orkestrator 1980-y. lar oxirida sintezator va ritmboks musika moslamalari negizida yaratilgan. Hozirda Korg, Yamaha, Roland va b. kompaniyalar ishlab chiqqan Orkestratorlar havaskor musiqachilar, ayniqsa, pop-musiqada keng joriy etilmokda.
Ensiklopediya.uz
ORKESTRATOR