ORIFXONOVA Muharram Majidovna

ORIFXONOVA Muharram Majidovna

ORIFXONOVA Muharram Majidovna (1911, Chimkent — 1974, Toshkent) — botanik olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), biol. fanlari dri (1965), prof. (1968). Toshkent tibbiyot texnikumini tamomlab (1926—31), Margʻilon dorixonasida assistent-farmatsevt boʻlib ishlagan. Oʻrta Osiyo un-tining biol. f-tini tugatgan (1937). Shu un-t yuksak oʻsimliklar kafedrasida assistent (1942—43), dotsent (1944—68). Ilmiy ishlari, asosan, Fargʻona vodiysidagi oʻsimliklar qoplamini oʻrganishga oid. Orifxonova choʻl yaylovlarini oʻzlashtirish masalalariga qaratilgan bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar qatnashchisi.

Ensiklopediya.uz
ORIFXONOVA Muharram Majidovna