Orif To‘xtash
Orif To‘xtash
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.
O‘z kasbiga sodiqlik –
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.
Ilmingiz ziyosidan –
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Bizga munosib xizmat,
Sizga e’zoz yarashar.
Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba‘zida
Kuyingansiz, tolgansiz.
“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin –
Namoyon etar ko‘zgu!
Siz aytganday, hur Vatan –
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon, mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bo‘lsin!
Bolalar
Orif To‘xtash