Organizmda gijjani aniqlash usullari
Organizmda gijjani aniqlash usullari: Najas analizi 3 marta, oralig‘i bir necha kun bo‘lishi kerak; Ichki a’zolar UTTsi; Yodda tuting! Gelmintlarga tekshirish har doim ham musbat natija beravermaydi. Gijjani davolashOrganizmda gijjani aniqlash usullari
DO`STLARGA ULASHING:
Bola zararlangandan keyin va birinchi belgilar paydo bo‘lganda, parazitlarga gumon qilinganda quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi shart:
Qonning gelmintlarga analizi;
Qonning umumiy tahlili (ostritsa tuxumlariga);
Qo‘shimcha tekshiruv sifatida:
Rentgenografiya;
KT va MRT;
Bu tekshiruvlar parazitlarning boshqa organlarda joylashgan joylarini aniqlab beradi.
Antigelmint preparatlar toksik, zaharli xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, bolaga zarar yetkazib qo‘ymaslik maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Shifokor gelmentga qarshi dori preparatlarini tavsiya qilganda, uni qachon, qancha miqdorda va qanday holatda ichish kerakligi haqida aniq ma’lumot oling. Va shunga qat’iy amal qilishingiz zarur. Eng asosiysi – o‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang! Dori preparatlarini faqatgina shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash shart. Ayrim hollarda bir necha dorilarni birgalikda bosqichma-bosqich qo‘llashga ham to‘g‘ri kelib qoladi.
Muhim: antigelment preparatlari nojo‘ya ta’sirlarga ega va buni e’tibordan chetda qoldirmang!
© Avitsennauz
Organizmda gijjani aniqlash usullari