Organizmda gijjani aniqlash usullari to’liq malumot oling

Organizmda gijjani aniqlash usullari to’liq malumot oling

Organizmda gijjani aniqlash usullari:

Bola zararlangandan keyin va birinchi belgilar paydo bo‘lganda, parazitlarga gumon qilinganda quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi shart:

Najas analizi 3 marta, oralig‘i bir necha kun bo‘lishi kerak;

Qonning gelmintlarga analizi;

Qonning umumiy tahlili (ostritsa tuxumlariga);

Qo‘shimcha tekshiruv sifatida:

Ichki a’zolar UTTsi;

Rentgenografiya;

KT va MRT;

Bu tekshiruvlar parazitlarning boshqa organlarda joylashgan joylarini aniqlab beradi.

Yodda tuting! Gelmintlarga tekshirish har doim ham musbat natija beravermaydi.

Gijjani davolash

Antigelmint preparatlar toksik, zaharli xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, bolaga zarar yetkazib qo‘ymaslik maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Shifokor gelmentga qarshi dori preparatlarini tavsiya qilganda, uni qachon, qancha miqdorda va qanday holatda ichish kerakligi haqida aniq ma’lumot oling. Va shunga qat’iy amal qilishingiz zarur. Eng asosiysi – o‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang! Dori preparatlarini faqatgina shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash shart. Ayrim hollarda bir necha dorilarni birgalikda bosqichma-bosqich qo‘llashga ham to‘g‘ri kelib qoladi.

Muhim: antigelment preparatlari nojo‘ya ta’sirlarga ega va buni e’tibordan chetda qoldirmang!

© Avitsennauz

Boshqa mavzular
Organizmda gijjani aniqlash usullari