Organizm uchun temir qanday ahamiyatga ega? haqida malumot
Organizmga temir oziq-ovqat bilan tushib, asosan ingichka ichakda so‘riladi. Odam organizmi bir sutkada 2-2,5 mg temirni o‘zlashtirishi mumkin. Bunda hayvon mahsulotlari tarkibidagi temir o‘simliklar tarkibidagiga qaraganda tezroq so‘riladi. Mevalar tarkibidagi temirning bor yo‘g‘i 3 foizi so‘rilganda go‘shtdagi temirning 18-22 foizi o‘zlashtiriladi.
Xulosa: meva-chevadan ko‘ra hayvon go‘shti qon elementlari shakllanishida unumliroq!
Temirtanqis kamqonlikda temirning o‘zlashtirilishi kuchayadi. Bu organizmning himoya reaksiyasi hisoblanadi. Temirning so‘rilishiga kalsiy halaqit berishi mumkin.
Xulosa: temirtanqis kamqonligi bor odamlarga sut mahsulotlarini kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi!
Gemoglobin parchalanganda temirning ko‘p qismi organizmda qolib, qon yaratishda yana qayta ishtirok etadi. Qolgan qismi esa axlat va siydik bilan, teri va shilliq qavatlarining kepaklanishi natijasida chiqib ketadi. Ma’lumotlarga qaraganda erkaklar sutkasiga 1 mg temir yo‘qotadilar. Ayollar esa shuncha temirni hayzdan, homiladorlikdan va emizishdan boshqa paytlarda yo‘qotadi. Temir tanqis anemiya tug‘ish (fertil) yoshdagi ayollarda ko‘p uchraydi.
Organizmda temir moddasi quyidagi vazifalarni bajaradi
- Kislorod almashinuvini ya’ni to‘qimalar nafas olishini ta’minlaydi;
- Asab tolalari va tanani o‘sishida ishtirok etadi;
- Nerv impulslari xosil bo‘lishida va ularni uzatilishida ishtirok etadi;
- Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi;
- Bosh miyani normal ishlashini ta’minlaydi;
- Immunitetni ushlab turadi.
Temir qaysi mahsulotarda ko‘p uchraydi
Temir zahiralarini eng ko‘p to‘ldiruvchi mahsulot bu hayvonlar jigari va go‘shti hisoblanadi. Kamroq qo‘y buyragida bor.
O‘simliklarda temir moddasini ko‘p tutish bo‘yicha quyidagicha tartib keltiriladi:
- karam;
- na’matak;
- bug‘doy;
- manniy yormasi;
- grechka;
- suli yormasi;
- o‘rik qoqisi;
- uzum;
- yong‘oq;
- oshqovoq danagi;
- olma;
- ko‘katlar;
- nok;
- shaftoli;
- xurmo;
- anor;
- kartoshka;
- sitrus mevalar.
Temir moddasini organizmda yaxshi o‘zlashtirilishi uchun hayvon go‘shtini o‘simlik tabiatli, ayniqsa C va B12 vitamini tutuvchi mahsulotlar bilan qo‘shib iste’mol qilish kerak. Shuningdek qahrabo kislotasi, sorbit va fruktoza ham temirni singishini yaxshilaydi. So‘ya oqsili esa aksincha temir so‘rilishini tormozlaydi.
Temir moddasini qabul qilish normalari
- Erkaklar: 10 mg;
- Ayollar: 18 mg;
- Qariyalar: 10 mg.
Organizmda temir tanqisligi belgilari
- Tez charshash va bo‘shashish;
- Bosh og‘rishi;
- Depressiya yoki ortiqcha qo‘zg‘aluvchanlik;
- Yurak og‘rig‘i va yurak urishi sonini buzilishi;
- Yuzaki nafas olish;
- Ishtaha va ta’m bilishni buzilishi;
- Infeksiyalar tez chalinuvchanlik;
- Og‘iz qurishi.
Organizmda temir ortiqchaligi belgilari
© «Gepamed-Ultra» XTK.
Gepamed.uz
Kasalliklar
Organizm uchun temir qanday ahamiyatga ega?