ORENBURG
ORENBURG (1938-1957-y. larda Chkalov) — RFning Orenburg viloyatidagi shahar. Ural daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Aholisi 529,6 ming kishi (1998). Shahar sanoatida mashinasozlik yetakchi oʻrinda — temirchilik, presslash asbobuskunalari, parmalovchi jihozlar, past voltli apparatlar, stanok va b. ishlab chiqariladi; yoqilgʻi, kimyo va neft kimyosi, yengil (ipak gazla-malar, koʻn), oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼ-at muzeylari bor. Ilk bor 1735-y. da Oʻr daryosining Yoyiq (hoz. Ural)ga quyilish joyida vujudga kelgan (nomi shundan); 1743-y. dan hoz. oʻrnida. Orenburg 18-a. va 19-a. ning 1-yarmida harbiy chegara liniyasining asosiy istehkomi; 1744-y. dan Orenburg gubernyasi, 1782-y. dan Ufa no-ibligi (namestnichestvosi)ning markazi, 1796—1801 va 1865-y. dan gubernya markazi. Orenburg kazak qoʻshinlarining harbiy va maʼmuriy markazi (1748-y. dan). 1850—81 y. larda general gubernatorlik markazi. Rossiya imperiyasi bilan Oʻrta Osiyo xonliklari oʻrtasida 18 — 19-a. larda savdo va elchilik alokalari, asosan, Orenburg orqali oʻtgan. Oʻrta Osiyodan Orenburgga savdo va elchilik karvonlari qatnab turgan (q. Orenburg savdo Nuli). 1900—1906-y. larda Orenburg — Toshkent t. y. qurilgan. 1920—25 y. larda Qirgʻiziston Muxtor Respublikasi (oʻsha vaktlarda ruslar Qozogʻistonni Kirgiziya deb atagan) poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa darvozasi krldikdari (18-a.), karvonsaroy (1836—42) saklanib qolgan.
Ensiklopediya.uz
ORENBURG