ORENBURG SAVDO YOʻLI

ORENBURG SAVDO YOʻLI

ORENBURG SAVDO YOʻLIRossiya b-n Oʻrta Osiyo oʻrtasidagi savdo yoʻli. Rossiya hukumati 18-a. ning 30-y. larida Qozogʻiston yerlarini oʻzlashtirish va Oʻrta Osiyo bilan savdoni rivojlantirish maqsadida Yoyiq daryosiga quyiladigan Oʻr daryosi yonida harbiy qalʼa qurishga kirishib, K. Kirillov boshchiligida Orenburg ekspeditsiyasini tashkil etdi. Ekspeditsiyaga harbiy qalʼa qurish bilan birga oʻzbek xonliklari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda oʻzbek savdogarlariga imtiyozlar berish vazifalari yuklatiddi. Orenburg sh. kelajakda Rossiyaning Turkiston oʻlkasi bilan diplomatik, iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutishi lozim edi. Hukumat koʻrsatmasida Toshkent, Xoʻjand, Xiva, Buxoro bilan aloqani yuksak darajaga koʻtarishga alohida ahamiyat beriddi. Bu-xoroga 1-marta savdo karvoni yuborila-digan boʻldi, oʻzbeklarga Rossiyada doimiy yashashga ruxsat ham berildi.

Ensiklopediya.uz
ORENBURG SAVDO YOʻLI