ORATORIYA

ORATORIYA

ORATORIYA (lot. oratorium — ibodatxona) — yakkaxon xonandalar, xor va orkestr uchun yaratilgan,odatda, dramatik syujetga asoslangan yirik musiqa asari. 16—17-a. larda Italiyada diniy musika janri sifatida yuzaga kelgan. Opera va kantata bilan deyarlik bir davr (16—17a. lar)da Italiyada shakllangan. Lekin kantatadan yirikligi, muayyan syujetga asoslanganligi, operadan esa dramatik rivoj urniga bayon xususiyatlari yetakchiligi bilan ajralib turadi. Oratoriyaning keng kulamli mumtoz namunalarini G. Gendel yaratgan. U uz Oratoriya larida, asosan, Injil mavzulariga tayanib, xalq va uning qahramonlarini madh etgan. Oratoriya Yevropa kompozitorlari (I. S. Bax, Y. Gaydn, G. Berlioz, F. List, R. Shuman, A. Onegger, P. Dessau, K. Pende-reskiy, Yu. Shaporin, A. Shnitke va b.) ijodidan keng oʻrin olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida Q. Moddobosanov (Qirgʻiziston), G. Jubanova (Qozogʻiston) va b. ning Oratoriya lari mashhur. Oʻzbekistonda I. Akbarovning «Toshkentnoma» va «Nakshbandiya, F. Yanov-Yanovskiyning «Chili», M. Bafoyevning «Buxoronoma», «Hajnoma» kabi Oratoriyalari tanilgan.

Ensiklopediya.uz
ORATORIYA